ⓘ Magniy, Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24.305. Tabii ..

                                     

ⓘ Magniy

Magniy, Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24.305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg, 25Mg, 26Mg. Uchta suniy radioaktiv izotopi olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829 yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugi tasir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer postining 2.35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari bolib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining tasirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit ra otadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari tasirida dolomitga MgCa2 aylanadi. Ozbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.

Dengiz suvida 0.38%; bazi kollar suvida 30% magniy xlorid boladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650°, kaynash temperaturasi 1105°. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda kozni qamashtiruvchi oq shula chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman kokimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bugi bilan 400° da shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va boshqa metallmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400 - 500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. Magniyni 500 - 600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S bilan qizdirilganda sulfid MgS hosil boladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy bikarbonat va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi. Magniyning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. Magniy kopgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.

Magniy osimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Bazi suv otlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar Magniy konsentratlari hisoblanadi ular tarkibida 3 - 4% gacha Magniy boladi. Magniy osimliklarning yashil pigmenti - xlorofill tarkibiga kiradi.

Barcha osimliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshritsa Magniy borligi aniqlangan. Magniy fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida boladi. Odam va hayvonlar organizmi Magniyni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda Magniyga ehtiyoji 0.3 - 0.5 g. Ovqatda Magniy tuzlari yetarlicha bolmasa, nerv sistemasining normal qozgaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida Magniy yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.

Sanoatda Magniy elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar bilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo bolib dolomit, qaytargich bolib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda Magniy MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.

Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar, mustahkam choyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.

                                     

1. Adabiyot

  • Eydenzon Magniy Magniy, Magniy, Magniy, 1969;Ivanov Magniy Magniy, Lyandres Magniy Magniy, Prokofyev Magniy Magniy, Proizvodstvo magniya, Magniy, 1979.

Temir Otaqoziyev.

Magniy - unsurlar davriy jadvalining 12 unsuri, ishqoriy metall.