ⓘ Kaliy, Kaliy - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39.0983. Ikkita barqaror izot ..

Gidrosulfidlar

Gidrosulfidlar - sulfid kis-lotaning nordon tuzlari, mas, kaliy gidrosulfid KHS. Ishqoriy metallarga H2S tasir etdirilganda G. hosil boladi: 2K+2H2S-*2KHS+H2t.

                                     

ⓘ Kaliy

Kaliy, Kaliy - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39.0983. Ikkita barqaror izotop - 3"K, 4|K, shuningdek, radioaktiv izotop 40Kdan iborat. Ingliz fizigi va kimyogari Kaliy Devi 1807 yilda Kaliy gidroksid ni elektroliz qilib, Kaliy metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 yildan u "kaliy" deb atala boshladi. Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar tarkibida uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. Kaliy tabiatda keng tapqalgan, Yer postidagi miqdori ogirlik jihatidan 2.41%. Suyuqlanish temperaturasi 63.51°, qaynash temperaturasi 76G, zichligi 862.9 kg/m3. Birikmalarda bir valentli, atom radiusi 0.2313 nm, ion radiusi K+ 0.151 nm, 0.152 nm, 0.160 nm, 0.165 nm. Kumush kabi oq, yumshoq, yengil metall. Kaliyni presslash, pichoq bilan kesish mumkin. Havoda tez oksidlanadi ; shuning uchun Kaliy kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi. Suv bilan reaksiyaga kirishib, Kaliy gidroksid, vodorod bilan birikib, Kaliy gidrid, metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Sanoatda Kaliy KON yoki KCI ga Na metali tasir ettirish usuli bilan olinadi. Suyultirilgan KON yoki KS1 dan elektroliz usuli bilan ham Kaliy olish mumkin. Kaliy birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, ogit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.

Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid uyuvchi kaliy, KON - rangsiz kristall modda, kuchli ishkrr. Suyuqlanish temperaturasi 380°, qaynash temperaturasi 1325°, zichligi 2.044 g/sm3. Gigroskopik modda. Suvda eruvchanligi 49.4% 0° da, etanolda 27.9% 28° da, metanolda 35.5% 28° da. kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliyning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO2 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va b. uchun qurituvchi sifatida qollaniladi.

Kaliy oksid, K2O - rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 740°; zichligi 2.32 g/sm3. Havoda SO2 ni yutib K2SO3 ga aylanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, KON hosil qiladi. Spirt va efir bilan tasirlashadi.

Kaliy kaliyga KON, K2O2, KNO2 yoki KNO3 tasir etgirib olinadi.

- KNO2+3K=2K2O+1/2N2; 3KN3+KNO2=2K2O+5N2K.o. - maxsus shishalar komponenti, NH3 sintezida faollovchi modda sifatida qollaniladi.

Kaliy xlorat, Bertolle tuzi, KS1O3 - xlorat kislota NSYU3ning kaliyli tuzi. Rangsiz kristall modda, zichligi 2.32 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 356°. Suvda oz eriydi. Qizdirilganda parchalanadi va kislorod ajralib chiqadi. Organik moddalar va fosfor tasirida portlaydi. Zaharli. Gugurt sanoatida, pirotexnikada va tibbiyotda ishlatiladi.

Kaliy sianid, KCN - rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 634.5°; zichligi 1.56 g/sm3. Suv, glitserin, formalin, metanol va suyuq ammiakda eriydi. Etanolda yomon eriydi, uglevodorodlarda erimaydi. KON tasir ettirib olinadi. Madanlardan oltin va kumushni ajratib olishda, analitik kimyoda kumush, nikel va simob miqdorini aniqlashda, platinani kumushdan ajratib olishda ham galvanik usulda oltin va kumush yugurtirishda qollaniladi. Ota zaharli, nafas yollari toqimalarini falaj qilib qoyishi natijasida odam va hayvonlarning bogilib qolishiga olib keladi.

Stalina Qosimova.

Kaliy - unsurlar davriy jadvalining 19 unsuri, ishqoriy metall.