ⓘ Kobalt, Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58.9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda s ..

                                     

ⓘ Kobalt

Kobalt, Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58.9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha Kobaltni rudadan ajratib olish mumkin bolmagan, shuning uchun Kobold deb atalgan.

Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59 Co 99.83% va 57 Co 0.17%. Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5. Poling boyicha elektromanfiyligi 1.9; atom radiusi 0.125 nm. Kobalt massa jihatidan yer postining 4-10~3% ini tashkil qiladi, okean suvlaridagi miqdori 0.005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, kobaltin CoAsS, safflorit CoFeAs2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pN2O, eritin Co3AsO42-8H2O, sferokobaltit CoCO 3 va h.k. Sof kobalt rudalari juda kam. Kobalt, asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganets bilan birikma holida uchraydi. Kobalt - kumushsimon oq, qizgishochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°, kaynash temperaturasi 2960°, zichligi 8.90 g/sm³. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel boyicha qattiqligi 470 - 1230 MPa. Zichjoylashgan Kobalt havo tasiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi Kobalt havoda oz-ozidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga tasir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota Kobaltning faolligini susaytiradi oksidlaydi. Oddiy haroratda galogenlar G dan tashqari bilan birikmalar hosil qiladi. Oyuvchi ishqorlar Kobalt eritmalariga tasir ettirilganda havorang CoOH 2 chokmaga toshadi, havo tasirida esa u CoOH 3 ga otadi. Kobalt anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, kopgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kobalt metalini Kobalt rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga otkaziladi. Kobaltni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida Co 3 O 4 olinadi. Uni komir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi Kobalt olinadi.

Hozirgi ajratib olinayotgan Kobaltning taxminan 65%i maxsus qotishma va polatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qollaniladi. Kobalt birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boyoqlarni quritishda, chiroyli va turgun emal va boyoqlar, yarimotkazgichlar CoSb2, CoSb3 va ota kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Songgi yillarda radioaktiv 60 Co "Kobalt lushkasi" tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qollanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham Kobaltdan foydalaniladi.

                                     

1. Adabiyot

  • Bolshakov Kobalt Kobalt, Ximiya i texnologiya kobalta, Kobalt, 1981; Borbat Kobalt Kobalt, Volkov Kobalt Kobalt, Kaza nekiy Kobalt Kobalt, Proizvodstvo kobalta iz sulfidnix rud, Kobalt, 1983; Axmetov Kobalt S Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Kobalt, 1998.

Saidjamol Eshonxojayev.