ⓘ Galliy, Ga - Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; atom massasi 69.72; barqaror izotoplari: Ga va Ga71. Suniy ..

                                     

ⓘ Galliy

Galliy, Ga - Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; atom massasi 69.72; barqaror izotoplari: Ga" va Ga71. Suniy radioaktiv izotoplaridan Ga72 radioaktiv indikator sifatida qollaniladi. Galliyni 1875 yilda fransuz kimyogari Lekok deBuabodran kashf etgan va Fransiyaning lotincha nomi bilan "galliy" deb atagan. Galliy kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda nodir minerallar: zengeit Ga3 gallit CuGaS2 va boshqa holida uchraydi. Galliy Yer postlogida ogirlik jihatidan 1.8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O"5% ni tashkil qiladi.Atom radiusi 0.139 nm-. Qattiq Galliyning zichligi 5.904 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 29.5°; qay-nash temperaturasi 2205°. Galliy kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda oxshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda bilan qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda Galliy suv bilan birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid Ga3 amfoter. Galliy oddiy sharoitda mineral kislotalar bilan tasirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari bilan reaksiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona temperaturasida xlor va ftor bilan, brom bilan esa - 35° dayoq, qizdirilganda yod bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor bilan birikmalar hosil qilmaydi. Galliy kopgina metallar bilan gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. Galliy margimush, fosfor, surma bilan birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur bilan 600 - 1100° da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 - oq, och sariq yoki toq sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1125°. Ga2S2 - sariq rangli kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 1015°; zichligi 3.75 g/sm3. Ga2Se2 - toq qizil kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 960°, zichligi 5.03 g/sm3; yarimotkazgich sifatida qollaniladi. Ga2Te3 - qora rangli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 810°; zichligi 5.582 g/sm3. Galliy va uning birikmalariga 1050 - 1200° da ammiak tasir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuqlanish temperaturasi -1700°; zichligi 6.1 g/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qollaniladi. Galliy, asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil boladigan chiqindilardan olinadi. Galliy yuqori temperaturalarni olchaydigan termometrlar, yarimotkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.

Rustam Marupov.