ⓘ Germaniy, Ge - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; atom massasi 72.59. Barqaror izotoplari beshta: 7Ge, 72Ge, 73Ge, 7 ..

                                     

ⓘ Germaniy

Germaniy, Ge - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; atom massasi 72.59. Barqaror izotoplari beshta: 7"Ge, 72Ge, 73Ge, 74Ge va 76Ge. Germaniyning juda kop suniy radioaktiv izotoplari olingan. Germaniy mavjudligini 1871 yilda Germaniy Mendeleyev oldindan aytdi; uni "ekasilitsiy" deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1886 yilda nemis kimyogari Germaniy Vinkler argirodit nomli mineral tarkibida osha vaqtda malum bolmagan element borligini topdi va unga vatani - Germaniya sharafiga Germaniy deb nom berdi. Germaniy tarqoq element. Yer postida ogirlik jihatidan 7-10~4* ni tashkil qiladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Qushimchalar holida temir, pyx, nikel-volfram rudalarida, toshkomir, torf, neftda, termal suvlarda, suv otlarida va silikatlar tarkibida boladi. Asosiy minerallari: germanit, argirodit, reniyerit va plyumbogermanit. Erkin Germaniy kulrang tusli metall; zichligi 5.33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 938.25°, qaynash temperaturasi 2850°. Olmos tipida kristallanadi. Atom radiusi 1.39 Germaniy mort, uni mexanik ishlash qiyin. Germaniy tipik yarimotkazgich. Havoda barqaror; chog holatigacha qizdirilganida oksidlanib GeO2 ga aylanadi. Germaniyga suyultirilgan xlorid va sulfat kislota tasir etmaydi. Nitrat kislota Germaniyni GeO2 ga qadar oksidlaydi. Germaniy oz birikmalarida +2 va +4 valentli boladi. 500 - 700° gacha qizdirilganda GeO va GeO2 gacha oksidlanadi. Germaniy -oksid GeO2 - kristall holdagi oq modda. 1035° gacha tetragonal panjarali a-GeO2 holatda turgun. Suyuqlanish temperaturasi 1086°, zichligi 6.277 g/sm3. 10.35° dan yuqorida a=GeO2 geksagonal panjarali, zichligi 4.280 g/sm3 bolgan 3-GeO2 ga aylanadi. Germaniy -oksid Germaniy olishda oraliq mahsulot; maxsus shishalar, sirlar, emallar, optik tolalar ishlab chiqarishda, muxim Germaniy birikmalari, germanatlar va b. olishda ishlatiladi.

Germaniy oltingugurt bilan 600-700°da GeS, 10001100° da GeS2, selen bilan 500° da GeSe hosil qiladi. Galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishib, tetragalogenidlar beradi. Azot, kremniy, vodorod, uglerod bilan bevosita birikmaydi. Germaniy va uning birikmalari yarimotkazgich materiallar, turli xil diodlar, tranzistorlar, detektorlar, termoelektrik va termoemission materiallar, zargarlik mahsulotlari va maxsus krplamalar tayyorlashda qollaniladi.