ⓘ Kripton, Kg - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, atom massasi 83.80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta ..

                                     

ⓘ Kripton

Kripton, Kg - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, atom massasi 83.80. Havodan ajratib olingan Kripton 6 ta izotopdan tuzilgan; 78Kg, 80Kg, 82Kg, 83Kg, 84Kg va 86Kg. Uran minerallaridan ajratib olingan Kriptonning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalanganda radioaktiv izotoplar, mas, 85Kg ham hosil boladi. Oksidlanish darajasi +2, at. radiusi 0.198 nm, kovalent radiusi 0.109 nm. Kripton - bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 119.80 K; qattiq Kripton ning zichligi 3000 kg/sm³, suyuq Kripton niki 2412 kg/m³, gaz holatdagi Kriptonniki 3745 kg/m³ Diamagnetik. Suv va organik moddalar bilan koshimchali birikmalar hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdarda qollaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar malum.

Atmosferada hajmi jihatidan 1.1410~~4% Kripton bolib, uning atmosferadagi zahirasi 5.3-1012 ga teng. Tarkibida uran bolgan mineral gazlarda 2.5 - 3.0% Kripton bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilgilarida 0.04% gacha Kripton boladi. Koinotda 6-107 atom Ne ga 1 atom Kripton togri keladi. Kripton ning kimyoviy birikmalaridan faqat kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF", KrH+, Ta2 F~ olingan. Kripton havoni parchalashda oraliq mahsulot sifatida hosil boladi. Choglanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni toldirishda qollanadi. Kripton ning radioaktiv izotopi 85Kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tekshirishda, detallarning yedirilishini nazorat qilishda qollanadi.

Kripton - unsurlar davriy jadvalining 36 unsuri, inert gaz.