ⓘ Ittriy, Y - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 39, atom massasi 88.9059. Tabiiy Ittriy ning bitta barkaror izoto ..

                                     

ⓘ Ittriy

Ittriy, Y - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 39, atom massasi 88.9059. Tabiiy Ittriy ning bitta barkaror izotopi 39Y malum. Yer postida massa jihatidan 2.0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l Ittriy bor. Ittriy boshqa nodir metallar bilan birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Ittriy - oqish kumushrang metall. Zichligi 4.45 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 1528°, qaynash temperaturasi 3320° atrofida. Brinell boyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. Ittriy havoda yupqa mustahkam oksid parda bilan qoplanadi. Metall holdagi Ittriy ilk bor Ittriy Vyoler tomonidan 1828 yilda ajratib olingan. Ittriy qaynoq suvda havo kislorodi tasirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar bilan oson reaksiyaga kiri-shadi. Quyida Ittriyning eng muhim birikmalari haqida malumot keltirilgan.

Ittriy Sh-o ks id. Y2O3 - rangsiz kris-tallar. Suyuqlanish temperaturasi 2430°, qaynash temperaturasi 4300° atrofida; zichligi 4.85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Ittriy ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800 - 1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Ittriy Shtoksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, ota otkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qollaniladi.

Ittriy Sh-ftori d - rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1155°, qaynash temperaturasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda Ittriy olish uchun ishlatiladi.

Ittriy Sh-xlorid - rangsiz, gigroskopik kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 721°, qaynash temperaturasi 1482°; zichligi 2.8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof Ittriy olishda ishlatiladi.

Ittriy polat va choyanlarga legirlovchi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qoshimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olishda qollaniladi.