ⓘ Rodiy, Rh - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi ..

                                     

ⓘ Rodiy

Rodiy, Rh - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi 102.905. 1 ta barqaror izotopi bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha bolgan bir necha izotopi hosil boladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803 yilda metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer postining massa jihatidan 110"7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonkokish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1960°, kaynash temperaturasi 4500° ga yaqin, zichligi 12.42 g/sm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa chog holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga otadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli boladi. Kopincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh3 tarkibli sulfidlari, Rh3 2 H2O, Rh23 15H2O tarkibli tuzlari malum.

Rodiy platina affinajida hosil boladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qollanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora boyoq olishda foydalaniladi.