ⓘ Kadmiy, Cd - Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112.40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd, l ..

                                     

ⓘ Kadmiy

Kadmiy, Cd - Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112.40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd, l, n0Cd,mCd, ll2Cd,mCd, ll4Cd va n6Cd. Atom radiusi 0.146 nm, ion radiusi Cd2+ 0.092 nm, 0.101 nm, 0.109 nm, 0.117 nm, 0.145 nm. Poling boyicha elektromanfiyligi 1.7.

Kadmiyni 1817 yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi "Kadmeia" bilan atalgan. Tabiatda rux, qorgoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy - siyrak element; uning yer postidagi ortacha miqdori ogirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0.00011 mg/l. Kadmiyning selenid CdSe, otavit CdO3 va monteponit CdO, grinokit CdS kabi nodir minerallari malum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali ZnS tarkibida 0.01 - 5.0%, galenitda 0.02% gacha, xalkopiritda 0.12%, piritda 0.02% uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, osimliklarda ham bor. Kadmiy - kumushdek oq, yumshoq, choziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogir metall. Zichligi 8.65 g/sm1 20° da Maos boyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320.9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qongir rangli kadmiy oksid CdO hosil qiladi. Kadmiy HCl, H 2 SO 4 da, ayniqsa, HNO 3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qorgoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.