ⓘ Indiy, In - Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, atom massasi 114.82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumsho ..

                                     

ⓘ Indiy

Indiy, In - Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, atom massasi 114.82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Ik-kita - ||31p va ||51p izotopi bor. 1|51p kuchsiz radioaktiv Atom radiusi 0.166 nm., ion radiusi In3+ uchun 0.076 nm, 0.094 nm, 0.106 nm. 1863 yil nemis olimlari Indiy Reyx va Indiy Rixter rux minerali - sfaleritni spektral analiz yoli bilan tekshirayotib, nomalum elementning spektr chizigini topishgan. Spektr chizigi indigo rangida bolgani uchun bu yangi element Indiy deb ataldi. Uchta minerali - sof Indiy, rokezit va indit, jalindiy In 3, sakuranit 3 S4 bor, lekin ular kam uchraydi. Indiy ning zichligi 7.31 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 156.78°; qaynash temperaturasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 valentli. Indiy kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda ozgarmaydi. Yuqori temperaturada oksidlanadi, 800° dan yuqorida kokbinafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall - Indiy oksid hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan oson birikib, galogenidlar, oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi. Galogenidi va qora oksidi juda kuchli qayta-ruvchilardir. Indiy birikmalaridan Indiy sulfat In23, Indiy nitrat In3-4.5 N2O va Indiy ortofosfat 1pRO4 lar ahamiyatlidir. Indiy qorgoshin, rux, qalay ishlab chiqarishdagi chiqindilardan olinadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim otkazgichlar texnikasida ishlatiladi.

                                     

1. Adabiyot

Fedorov P. I., Moxosoyev M. V., Alekseyev F. P., Ximiya galliya, indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yasenkos. P., Indiy; svoystva i primeneniye, M., 1987.