ⓘ Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali. Ozbekiston Prezidentining 27-iyul 2017-yil farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 27-iyul Toshkent viloya ..

                                     

ⓘ Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali

Ozbekiston Prezidentining 27-iyul 2017-yil farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 27-iyul" Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi Qarorlariga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda" Konchilik ishi va metallurgiya”," Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi." Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti" Konchilik ishi”," Metallurgiya”," Umumkasbiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa" Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”," Kimyoviy texnologiya”," Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oz ichiga oladi.Ayni vaqtda kunduzgi bolimda Mashinasozlik texnologiyalari, mashinasozlik ishlab chiqarilishini jihozlash va avtomatlashtirish, Konchilik ishi, Metallurgiya, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kabi bakalavriat ta’lim yonalishlari boyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Joriy oquv yilidan boshlab Konchilik elektr mexanikasi hamda Texnologik mashinalar va jihozlar nomli yangi yonalishlar ochildi. SHuningdek, oliygohimizda kechki va maxsus sirtqi bolimlar ham tashkil etilib, ushbu bolimlarda 400 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Filialimizning kunduzgi va kechki bolimlariga abiturentlarning hujjatlari umumiy belgilangan tartibda qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bolimga esa kamida uch yillik amaliy ish staji hamda" Olmaliq KMK” AJ," Navoiy KMK” DK," Ozbekiston metallurgiya kombinati” AJ," Ozbekkomir” AJ Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va meneral resurslar qomitasining tavsiyanomalari talab etiladi.Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy labaratoriya jihozlarisiz tasavvur etib bolmaydi. Mazkur masalada Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi jumladan Metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, Kimyoviy texnologiya, Gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, Mashinasozlik hamda Favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oquv-laboratoriyalarini belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oqituvchilarning oz ilmiy-tadqiqot yonalishlari mavjud bolib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, oquv-uslubiy qollanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. SHuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli otkazishmoqda. Otgan yilda ikki nafar professor-oqituvchi oz dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, fan doktori ilmiy darajalariga ega bolishdi. Joriy yilda esa yana tort nafar professor oqituvchilarimizning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini otkazish asosiy maqsadimiz sifatida belgilangan. Bu doirada oz ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan bir guruh yosh iste’dodli professor –oqituvchilarimizdan – Olmos Boltaev, Obid Xasanov, Vazira Ahmedova, Nazira Madusmonova, Rusana Sinjapova, Jahongir Turdibaevlarni misol keltirish mumkin. Ularning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib orin egallashida bor bilim va tajribasini orgatib, ma’nan boy avlodlar bolib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qoshib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. SHu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, Respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tolaqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular ortasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, oqish va darsdan bosh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-oqituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.

                                     

1.1. Fakultetlar Fakultet kafedralari

Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti Mutaxassislik kafedralari

  • Konchilik ishi kafedrasi
  • Metallurgiya kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari

  • Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

Energetika va mashinasozlik fakulteti Mutaxassislik kafedralari

  • Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
  • Kimyoviy texnologiya kafedrasi
  • Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari

  • Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
  • Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
                                     

1.2. Fakultetlar Fakultetlar xaqida malumotlar

Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti

Оtgan asrning 50-yillarida Оzbekistonda yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, ularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bоlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati," Оzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq оtga chidamli va qiyin eruvchi metallar volform va molibden ishlab chiqrishga mоljallangan kombinat faoliyat kоrsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa bilan Toshkent politexnika instituti Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti Konchilik fakulteti shugullanar edi. 1961- yil Olmaliq shahrida kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilib, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi. Fakultet dekani etib, dotsent U.A. Isomuxammedov, dekan muovini etib I.Inagamov tayinlandi. Sobiq Sovet davlat rahbarining N.S. Xrushchev" Oliy оquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga kоchirilsin” degan qarorga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963 yil sentabrida Olmaliq shahriga kоchiriladi. Fakultet Olmaliqqa kоchirilgandan keyin U.A.Isomuxammedov оquv ishlari bоyicha prorektor lavozimiga оtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga dotsent Xoroshev dekan etib tayinlandi, dekan muovini etib, I. Inogamov tayinlandi. 2-3 yildan keyin esa Xoroshevning оrniga, I.Inogamov dekan etib tayinlanadi. 1967 yil sentabrda Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bоlimi qayta Toshkentga kоchiriladi. Olmaliq shahrida esa, ToshPIning kechki" Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” tashkil qilinib, kechki bоlimida оqiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari" Rangli metallar metallurgiyasi”," Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa kafedralar" Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida" Foydali qazilmalarni boyitish”," Marksizm-leninizm”," Umummuhandislik”," Chet-tillari”, hamda" Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan edi.”Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga oldin dotsent V.N. Chazov keyinroq M.Asqarov rahbarlik qilganlar. 1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov D.S. dekan vazifasida ish yuritdi. 1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagamovich I.I.dekan vazifasida ish yuritdi. 1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev A.A. dekan vazifasida ish yuritdi. 1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov M.M. dekan vazifasida faoliyat olib bordi. 1995 yili Prezident qarori bilan Oliy оquv yurtlarining viloyatlardagi kechki bоlim va fakultetlari hamda filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham. 2001 yillarda Ozbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog-metallurgiya kombinatini xamda Respublika sanoatining tog-metallurgiya sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflarini inobatga olinib, hamda ta’lim muassasalariga qabil qilish bоyicha Davlat komissiyasining 2001 yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Rektorining 2001 yil 2-avgustdagi 1/68 –sonli buyrugiga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan. Osha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus korsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent Y.P.Isomatov, dotsent A.M.Mutalova va texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar. 2001-2012 yillarda A.S.Xasanov dekan vazifasida faoliyat yuritdi. 2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov 2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov OKMF dekani vazifasida faoliyat yuritdilar. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, rivojlantirish, shuningdek sanoatning tegishli bolimlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va taminlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida" Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” negizida Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali ochildi. 2017yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq fililalida 2 ta" Konchilik ishi va metallurgiya” hamda" Energetika va mashinasozlik” fakultetlari tashkil qilindi." Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetida 2019 yil avgustgacha Abdusattorov D.N dekan vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat ko’rsatdi. 2019 yil sentyabrdan buyon" Konchilik ishi va metallurgiya” faklteti dekani vazifasida dotsent Y.P. Isomatov faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet kafedralari

ToshDTUning Olmaliq filiali" Konchilik ichi va metallurgiya” fakekteti tarkibida 2 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxasis kafedralari mavjud.

Mutaxassislik kafedralari 1. Konchilik ishi kafedrasi 2. Metallurgiya kafedrasi

Nomutaxassis kafedralari 1.Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

Fakultetlarning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki bolimlarda olib boriladi.

Energetika va mashinasozlik fakulteti

1958-1961 yillar Toshkent politexnika institutining ToshPI Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qomitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan. XX asrning 50-yillarida Ozbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bolib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati," Ozbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, CHirchiq otga chidamli va qiyin eruvchi metallar volьfram va molibden ishlab chiqarishga moljallangan kombinat faoliyat korsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi bolimga" Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi boyicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan orinbosari I.I.Inagamov bolgan. Rahbariyatning" Oliy oquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga kochirilsin” degan buyrugiga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga kochiriladi. Fakultet Olmaliqqa kochirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov oquv ishlar boyicha prorektor lavozimiga otkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961 yil A.P.Turchits tayinlandi. 1963-1967 yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi bolimlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagamovich Inagamov dekan vazifasida ish yuritdi. 1967 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi bolimi ToshPIga otkazildi kechki, sirtqi bolimlarda Olmaliqda foliyat olib borildi. 1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi. 1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagamovich Inagamov dekan vazifasida ish yuritdi. 1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi. 1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995 yillarda ishlagan professor -oqituvchilar B.A. Stepanov V.N.CHazov, R.SHaripkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.CHazova, M.I.SHupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.YUsupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.YAkubov, A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.

1995 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi. 2000 yillarda Ozbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog-metallurgiya kombinatining tegishli bolimlarini va qolaversa Respublika sanoatining tog-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. Osha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus korsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent A.M.Mutalov va Fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar. Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 02.08.2001 yildagi №1/68 sonli buyrugi bilan Olmaliq kon-metallaurgiya fakulteti ochilgan. 2001 yilda birinchi bosqichga talabalar oqishga qabul qilingan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, ancha rivojlanganligi shuningdek sanoatning tegishli bolimlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va taminlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. ToshDTUning Olmaliq filiali" Energetika va mashinasozlik” fakekteti tarkibida 3 ta mutaxassislik kafedralari mavjud.

Fakultet kafedralari 1- Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi 2- Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi 3- Kimyoviy texnologiya kafedrasi Fakultetlarning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki bolimlarda olib boriladi.   Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi Davlat Komissiyasining 2001 yil 18 iyuldagi 4-sonli majlis bayonnomasi, NavDKI ilmiy kеngashining 2001 yil va rеktorning 1.68-sonli buyruqi asosida Olmaliq kon-mеtallurgiya fakultеti ochildi va" Gumanitar fanlar” kafеdrasi tashkil topdi. 2001 yil 26 dеkabrda qayd raqami № K1632.1 Navoiy davlat konchilik institutining Nizomida qayd etilganidеk, Olmaliq kon-mеtallurgiya fakultеti tarkibida" Gumanitar fanlar” kafеdrasi tashkil topdi. Yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurini o’stirish, mustaqil O’zbеkistonning ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy hayotida sodir bo’layotgan voqеa-hodisalarni tushuntirish, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishda kafеdra jamoasining xizmati kattadir. Fakultеt tashkil etilgan kundan boshlab kafеdrani Z.T.Xudoybеrdiеva, I.A.Yuldashеva, T.O’.Mirzaqulovlar boshqarib kеldilar. Bu davrda kafеdraning moddiy-taminot bazasi mustaxkamlandi, o’z sohasini yaxshi biladigan profеssor-o’qituvchilar ishga qabul qilindi. 2011-2016 o’quv yillarida kafеdrani dots. M.A.Bayjumanov boshqardi. Bu davrda kafеdrada f.f.d. profеssor T.O’.Mirzaqulov, dots. G.O.Ernazarova, dots. K.A.Kraxmal, dots. M.S.Mamarazaqov, t.f.n. Maxmudov B.X., i.f.n. N.Mamadaliеva, katta o’qituvchilardan I.A.Yuldashеva, L.A.Kim, N.T.Abdulxakimova, D.S.Yusupov, Sh.A.Ro’zmatov, R.T.Urazovalar, assistеntlardan M.Qosimova, M.A.Vaxobova, B.Mamatkarimova, D.Azimov, X.Xasanova, S.Eronov, A.Murodqosimovlar ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlardan saboq bеrib, manaviy-marifiy ishlar bo’yicha turli mavzularda tadbirlar o’tkazib kеldilar. 2014 yildan boshlab" Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dеb nomlandi. Kafеdrada 1 fan doktori, profеssor, 4 fan nomzodi, 2ta dotsеnt ishladi va kafеdraning ilmiy salohiyati 26.5 %ni tashkil etdi. 2017 yil 2 sentyabrdan IGF kafedrasi I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tarkibida faoliyat yurita boshladi. Kafеdra profеssor-o’qituvchilari fakultеtda" Manaviyat va marifat” soatlari," Manaviyat kuni” munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarda talabalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyasini ular ongiga singdirishdеk ezgu ishlar hamda" O’zRni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Strategiyasi”ni targ’ib qilish va amalga tatbiqini ta’minlash vazifalarini amalga oshirmoqda. Kafеdraning ilmiy yo’nalishi: O’zbеkistondagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, til va jamiyat, pеdagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari, sport-sog’lomlashtirish sohalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlar hisoblanadi. Shu davrga qadar ular tomonidan 10 ta monografiya va o’quv qo’llanmasi, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Katta o’qituvchi R.Urazova 2017 yil 16 noyabrda tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedraning professor-o’qituvchilari xalqaro, Respublika miqyosida, universitetda õtkazilgan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilarining diqqat markazida doimo talabalarning ta,lim-tarbiyasi, muammolari bо’lgan hamda shu maqsadda fakultetlarda, ijarada yashovchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar o’tkazilmoqda. Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan farmoyishlar mazmuni bilan talabalar muntazam ravishda tanishtirib borilmoqda. Hozirgi paytda kafedra oliygohimiz miqyosida salmoqli, nufuzli, kõp profilli bilim va tarbiya dargohiga aylangan va Vatanimiz uchun yuksak malakali, ma,naviyatli, ma,rifatli, jismonan va ma’naviy etuk kadrlarni tayorlashda munosib hissa qo’shmoqda.

Kimyoviy texnologiya kafedrasi" Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 2004 yil sentyabr oyida NDKIning Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida" Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” nomi bilan kafedra tashkil qilinadi. Kafedra mudiri lavozimiga prof. S.Abduraxmonov tayinlanadi. 2010 yilda esa fakultetda" Kimyoviy texnologiya” yonalishi boyicha talabalar qabul qilinganligi va shu yonalish boyicha mutaxassislar tayyorlash" Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi" Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga ozgartiriladi. Bundan tashqari kafedra professor-oqituvchilariga matematika, fizika, kimyo, ekologiya, hayot faoliyati xavfsizligi, axborot texnologiyalari, foydali qazilmalarni boyitish kabi fanlaridan fakultet talabalariga ma’ruza va mashgulotlar olib borish topshiriladi. Kafedra tashkil topgandan boshlab dotsentlar - SH.K.Qurbonov, Srojidinov I, Xakimov E, Raxmonkulov R, Mutalova M, Jumakulov T, Xasanov A hamda oqituvchilar - Shimina G, Toshkqodirova R.E, Asqarova N.M 2010 yildan boshlab esa dotsentlar - Xolikulov D.B, Mamatkulov N.N, Ikramova M.E, Kamolov T.O, Amanov R.O, oqituvchilar - Mirzaeva E.I, Kuchkarova N.X, Safarov O.O, Jumaev M.N, toliq shtatda, orindoshlik asosida - OKMK mutaxassislaridan – Karimov Q, Roziqulov Q, Niyazmetov B;" Ammofos-Maksam” korxonasi mutaxassislaridan – Mamasoliev I, Isaev R, Rustamov B; shaxar favkulotda vaziyatlar bolimidan – Toshmatova U;" OZGEORANGMETALLITI” institutidan I.Raxmonovlar talabalarga saboq berib kelmoqda va kafedraning shakllanishiga katta xissa qoshishmoqda. 45ta fandan oquv-uslubiy majmua, amaliy va laboratoriya tajriba mashgulotlariga uslubiy korsatmalar va 2ta oquv qollanma mavjud. Kafedra professor-oqituvchilari 3 ta davlat granti mavzusi boyicha, 4 ta xojalik shartnomasi asosida ilmiy ishlar olib bordilar, natijada 50 ga yaqin ilmiy maqolalar va tezislar, 2 ta monografiya nashr qilindi. Professor Abduraxmanov S. rahbarligida 2ta nomzodlik SH.K.Qurbonov, N.Doniyorov va 2ta doktorlik A.S.Xasanov, A.A.Qurbonov dissertatsiyalari himoya qilindi. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish maqsadida kafedrada" Yosh metallurg” va" Yosh kimyogar” togaraklari tashkil qilinib, to’garakda talabalar ustozlar bilan birgalikda ilmiy maqolalar, tezislar chop etishmoqda va bitiruv malakaviy ishlarini ilmiy mavzuda bajarishmoqda. Shulardan Bekbutaev U. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bolgan. Kafedra talabalari fan olimpiadalari hamda sport musobaqalarida faol. Jumladan, Munosibov SH. – Tarix fanidan respublikada uchinchi orinni olgan, Ne’matov A. – Belbogli kurash boyicha Osiyo chempioni bolgan. 2017 yil iyul oyida Navoiy davlat konchilik instituti tasarrufidagi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tugatilib, uning orniga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali tashkil qilinadi. Olmaliq filiali tarkibida mustaqil" Metallurgiya” va" Kimyoviy texnologiya” kafedralari tashkil qilinadi.

Elektrotexnik va elektromexanika kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2004 yil 1 iyundagi 1/61 – sonli buyrugi bilan 2004 yilning 1 – sentyabridan Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining" Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi oz faoliyatini boshlagan. Kafedraga 2003-2006 yillar t.f.n. dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich, 2006-2011 yillar katta oqituvchi Anarboev Sulton Akkulovich rahbarlik qildi. 2011-2015 yillarda esa katta oqituvchi Mominov Maxmudjon Umurzakovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat korsatdi." KI va KEM” kafedrasi institut rektorining 09.07.08 yildagi 1/150 – sonli buyrugiga asosan alohida" Konchilik ishi” va" Konchilik elektr mexanikasi” kafedralariga bolindi. 2011 yildan boshlab" Konchilik elektrmexanikasi” yonalishi vazirlik buyrugiga asosan" Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” deb nomlandi. Ushu kafedrani 2015 yil yanvar oyidan 2017 yil avgust oyigacha t.f.n. Rayxanova Galiya Eleubaevna boshqarib kelgan. 2017 yil sentabr oyidan hozirgi kungacha" Elektr texnika va elektr mexanika” kafedra mudiri lavozimida G’aniyev Sarvar Tursinboyevich faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib" Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasida 1 ta dotsent, 1ta professor, 7ta katta o’qituvchi va 3ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra tog’-kon sanoati tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Xususan, OKMK AJ bosh mutaxassislari ham talabalariga o’z bilim va ko’nikmalarini berib kelishmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilari kaferda ahllik bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda jips bo’lib ishlab kelishmoqda. Oхirgi yillarda yosh kadrlar kafedraga jalb qilinmoqda. Kafedrada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan uyishtirilayotgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining" Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 1 iyun 2004 yildagi 1/61 – sonli buyrugi bilan tashkil qilingan bolib, 2004 yilning 1 – sentyabridan oz faoliyatini boshlagan. Kafedraga 2004 yil 2 sentyabrdan texnika fanlari nomzodi, dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich rahbarlik qilgan. Mutalov Abduhamid Mutalovich kafedraga 2004-2006 yillarda rahbarlik qilgan. NavDKI rektorining 2008 yil 9 iyuldagi №1/150 buyrug’iga asosan" Konchilik ishi va kon elektromexanikasi” kafedrasini ikkita ixtisoslashtiruvchi" Konchilik ishi” va" Kon elektromexanikasi” kafedralariga bo’lindi. 2006-2011 yillarda" Kon elektromexanikasi” kafedrasiga katta o’qituvchi Anarbayev Sultan Akkulovich rahbarlik qildi. 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga binoan" Kon elektromexanikasi” mutaxassisligi" Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar” 5310700 ga qayta nomlandi va keyinchalik kafedrani" Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar” kafedrasi deb nomlana boshlandi. 5320200 –" Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishi shu kafedra tarkibida bo’lgan. 2011-2015 yillarda katta oqituvchi Mominov Maxmudjon Umurzakovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat korsatdi. 2015 yil yanvar oyidan 2017 yil avgust oyigacha" Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasini t.f.n. Rayxanova Galiya Eleubaevna boshqarib kelgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyul 2017 yildagi PP-3153 №516 buyrug’iga asosan" Elektrtexnika, elekrtomexanika, elektrtexnologiyalari” kafedrasini ikkita ixtisoslashtiruvchi" Elektrotexnik va elektromexanika” va" Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralariga bo’lindi. Hozirda" Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasiga esa t.f.d. B.Q.Tilabov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1ta t.f.d., 1 ta dotsent, 4 ta katta o’qituvchi va 4 ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra tog’-kon sanoati tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Xususan, OKMK AJ bosh mutahassislari ham talabalarga o’z amaliy bilimlarini berib kelishmoqda. Yosh kadrlar kafedraga jalb qilinib, yetakchi va malakali ma’ruzachi professor-o’qituvchilar boshchiligida soha va yo’nalishlarga oid o’quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda." Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tomonidan uyishtirilayotgan har xil respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy texnik konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi" Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi 2017 yil 2 sentyabr Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Energetika va Mashinasozlik fakulteti tarkibida tashkil topgan. 2017 yildan texnika fanlari nomzodi, dotsent Musayev Muhammadjon Usarovich kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi. 2018-2019 yildan Turdibayev Jaxongir Eraliyevich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada matematika, fizika, kimyo, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanlaridan dars beriladi.

Konchilik ishi kafedrasi" Konchilik ishi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2008 yil 9-iyuldagi № 1/150 sonli buyrugiga asosan tashkil etilgan. 2008 yil kafedraga dots. A.S.Xasanov rahbar qilib tayinlandi. Kafedraga akademik X.A.Akbarov, Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, t.f.d.professor B.R.Raimjonov, professor B.Sh.Shakarovlar taklif etildi. Shtat boyicha kafedrada prof. Xasanov A.S., dotsent Yu.P.Isamatov, dotsent M.A.Mutalova, katta oqituvchi M.Q.Shamayev, assistent O.A.Xasanovlar faoliyat korsatib kelishdi. Kafedraning 201 yildan birinchi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Musayev Muhammadjon Usarovich bo’ldi. 2015-2019 yildan professor B.Sh.Shakarovlar kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2018-2019 yildan M.Q.Shamayev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Metallurgiya kafedrasi Kafedra 2004 yil Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida" Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” nomi bilan tashkil topgan. Kafedraning 2004-2010 yillar davomidagi birinchi mudiri texnika fanlari doktori, professor Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich bo’lgan. 2010 yilda kafedraning nomi" Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga o`zgartirilib, 2010-2015 yillar davomida kafedrani kimyo fanlari nomzodi R. Amanov boshqargan. Bu vaqtda kafedra ikkita" Metallurgiya” va" Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlagan. 2017 yil avgustda NDKI tasarrufidagi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tugatilib, uning o`rniga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali tashkil qilinadi va" Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” kafedrasi ikkiga bo`linib, mustaqil" Metallurgiya” va" Kimyoviy texnologiya” kafedralari tashkil qilinadi. 2015-2018 yillarda kafedraga t.f.d. professor S. Abduraxmonov raxbarlik qilgan. 2018-2019 yillarda Boltaev O kafedra raxbarlik qilgan. 2019 yildan Sunatov J kafedra raxbarlik qilib kelmoqda.

Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi" Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining strukturasiga ko’ra 2017 yilning sentyabrdan boshlab alohoda kafedra sifatida o’z faoliyatini boshladi. Unga texnika fanlari nomzodi, dotsent T.T.Adilov mudir etib tayinlandi.