ⓘ Ruslan Chagayev. Ruslan Shamilovich Chagayev - ozbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi versiyasi boyicha superogirvaznda jahon chempioni. Ogir vaznda h ..

                                     

ⓘ Ruslan Chagayev

Ruslan Shamilovich Chagayev - ozbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi versiyasi boyicha superogirvaznda jahon chempioni. Ogir vaznda havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.

Bokschi, "Ozbekiston iftixori" 1998, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan sportchi 2000. Andijon respublika olimpiya orinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan 1991 - 1997, Andijon universitetini tugatgan 2002. 91 kg vazn toifasida Ozbekiston 1996, 1999, 2000, 2001, Markaziy Osiyo oyinlari, Osiyo 1995, 1999, Toshkent, Osiyo oyinlari 1998, Bangkok, jahon 1997, Budapesht chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni bolgan 2001, Belfast. 2001 yildan professional bokschi. Gamburg GFRning "Universum boks promoshn" klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini otkazib keladi 2004. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan 2001.

Boyi: 1.85 m.

1997-yilgi havaskorlar ortasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni maglubiyatga uchratib, oltin medalni qolga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev "Ozbekiston xizmat korsatgan sportchi", "Ozbekiston iftixori" faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boyicha galaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida maglubiyatga uchramagan edi.

Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm nem. Michael Timm. Uylangan, bir ogli bor.

Ruslan Chagaev 2008 yilning 19 yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boyicha galaba Ruslan Chagaevga berildi va u oz chempionlik kamarini yana bir marta ozida saqlab qoldi.

Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga kora, Chagaev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilgan. Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagaevning sogligi yomonligi sabab bolgan.

Ruslan Chagaev 2007-yilda "rossiyalik dev" laqabli Nikolay Valuevni engib, ilk bor professional boksning WBA yonalishi boyicha eng ogir vazn toifasida Jahon chempioni bolgan va oshanda Ozbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olgan.

                                     

1. Havolalar

  • Profayl Ruslana Chagaeva na boxing.de Arxivlandi 2008-09-16Wayback Machine saytida.
  • Ruslan Chagaev zaщitil titul protiv Metta Skeltona
  • Intervyu i video s Ruslanom Chagaevim
  • Ofitsialniy sayt Ruslana Chagaeva
  • Profayl Ruslana Chagaeva na boxrec.com
  • Match-revansh Valueva s Chagaevim naznachen na 31 maya
  • Luchshie boi Ruslana Chagaeva Arxivlandi 2007-10-06Wayback Machine saytida.