ⓘ Damashq - Suriya Arab Respublikasining poytaxt shahri. Damashq muhofazasining mamuriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. Iqlimi su ..

Damashq podsholigi

Damashq podsholigi - Suriyadagi qad. davlat. Ossuriya-Bobil va Misr manbalari hamda Bibliyada koproq tilga olingan. D. p.ni mil. av. 11 - 10-asr boshlarida oromiylar tuzgan. Mil. av. 10-asr boshlarida Isroil podsholigiga boysungan, keyinchalik mustaqil bolib ajralib chiqqan. Shoh Tabrimmon va Ben-Adad I davrida Suriya, Falastinni ham oziga qaratib olgan. D.p. bir necha davlatlardan iborat ittifoqqa rahbarlik qilgan. Shoh Gazail davrida D.p. Ossuriyaga boj tolab turgan. Mil. av. 8-asrda D. p. qudratli davlatga aylangan. Bu vaqtda unga Suriyadagi 17 podsholik boysungan, ossuriyaliklar hujumi ...

Ibn al-Arabiy Abu Bakr Muhammad

Ibn al-Arabiy Abu Bakr Muhammad - arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning kozga koringan namoyandasi. Falsafiy dunyoqarashiga vaxdat ul-vujud talimoti xos bolib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy substansiya dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga kongilni poklash orqali erishishni tan olgan. Uning "al-Futuhot al-Makkiyya", "Fusus alhikam", "Kitob as-saba", "Mafotih al-gayb", "Kitob alhaq" kabi 400 ga yaqin asari bor.

Bilol ibn Raboh

Bilol ibn Raboh toliq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy - islom tarixidagi birinchi muazzin. Baland, shirali, tasirli ovozga ega bolgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan bolib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, Bilolga toqat qilib bolmas azoblarni bergan. Abu Bakr Siddiq Bilolni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. Paygambar bilan Madinaga hijrat qilgan. 622-yil Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi bolib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad ...

Ibn Bibi Nasruddin Yahyo Ibn Majiduddin Mahmud

Ibn Bibi Nasruddin Yahyo Ibn Majiduddin Mahmud - tarixchi va adib. Bir muncha vaqt Jaloliddin Manguberdi xuzurida yashagan, song Damashqqa borib sulton Alouddin Kayqubod saroyida tarjimonlik qilgan va shu bois elda "Yahyo tarjimon" nomi bilan tanilgan. Qator tarixiy asarlar yaratgan, chunonchi uning saljuqiylar tarixiga doir "Al-Avomir al-aloniyya fil-umur il-aloiyya" asari koproq mashhur bolib, Alouddin Kayqubodga bagishlangan. Bu asar turk, nemis va shved tillariga tarjima qilingan. Uning qolyozma nusxalari Moskvadagi Osiyo xalqlari muzeyi, Turkiyadagi AyoSofiya va Germaniyadagi Drezden ...

Al-Musnad

"al-Musnad" – Imom ash-Shosiyning toligicha hadislarga bagishlangan asaridir. Bu asarning yagona qolyozma nusxasi yaqin vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi "az-Zohiriya" kutubxonasida 277 raqam ostida saqlangan, keyinchalik Damashqdagi nodir qolyozmalar saqlanadigan "Maktabat al-Asad" nomli kutubxonaga otkazilgan. 192 varaqdan iborat ushbu qolyozma hijriy 558 yilda hattot al-Hofiz Ziyouddin al-Muqaddasiy tomonidan nasx xatida kochirilgan. Ushbu asar 1992-yilda Dubay shahrida yirik hadisshunos olim, doctor Mahfuz ar-Rahmon Zaynulloh tomonidan tadqiq etilib, bir necha jildda Madinai Muna ...

                                     

ⓘ Damashq

Damashq - Suriya Arab Respublikasining poytaxt shahri. Damashq muhofazasining mamuriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subtropik, yanvarning ortacha temperaturasi 7 - 8°, iyulniki 26 - 27°, yillik yogin 227 mm. Aholisi 3 mln. kishi, kopchiligi arablar; shuningdek, arman, kurd, cherkas, grek va boshqa ham yashaydi. Qad.da Misr, Falastin, Iroq, Arabiston yarim orolga karvon yollari Damashq orqali otgan. Damashqning besh ming yildan ortiq tarixi bor. Qadimda u Timaski, Temasgi, Dimaska, Karanaski deb ham yuritilgan. Orta asr tarixchilari uni "Dunyo jannati", "Sharq jannati" deb atashgan. Misr firavnlari, oromiylar, ossuriylar, bobilliklar, forslar, makedoniyalik Iskandar, Rim imperiyasi, Vizantiya, arab va turklar Damashqni birbir egallab otganlar. Damashq umaviylar davri da xalifalik markazi bolgan. Bu vaqtda shaharda hashamatli qasrlar, masjidlar qurilgan. Movarounnahr va Sharqning yirik faylasufi Abu Nasr Forobiy Damashq madrasalarida dars bergan. Damashqda abbosiylar, tuluniylar, fotimiylar, saljuqiylar hukmronlik qilgan. 1260 yilda Damashq mamluklar, 1401 yilda Amir Temur tasarrufiga otgan. Mamluklar davrida Damashq - savdo va hunarmandchilik hamda islomning tayanch markazlaridan bolgan. 1516 yildan 1918 yilgacha Usmoniylar saltanati tarkibida bolgan. 1918 yil 1 oktabrda Hijoz qomondoni amir Faysal askarlari Damashqni egalladi. Suriya 1920 yilda Fransiya mandatligiga otgach, Damashqga fransuz askarlari bostirib kirdi. Shu sababdan shahar chetidagi Maysalun degan joyda qattiq jang boldi; 1943 yilda Suriya mustaqillikka erishgach, Damashquning poytaxti bolib qoldi.

Damashq - yirik savdosanoat va moliya markazi, muhim transport yollari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatdagi kopgina shaharlar hamda Bayrut, Ammon va Bagdod shaharlari bilann transport yol va havo yollari; Yevropa, Osiyo va Afrika bilan xalqaro havo yollari orqali boglangan. Shaharda toqimachilik, gilam toqish fabrikalari, sovungarlik, farmatsevtika, elektrokabel, sement, oyna zavodlari, oziq-ovqat, avtomobil remonti, tikuvchilik, boyoq, konchilik korxonalari; mis, oltin, kumushga badiiy ishlov berish, qurolaslaha tayyorlash ustaxonalari va boshqa bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati rivojlanmoqda. Damashq aholisi millati va diniga qarab mahallalarga bolingan. Shaharda Damashq va Arab akademiyalari, Suriya universiteti 1923, Sharq musiqasi instituti, Oliy pedagogika va Oliy politexnika bilim yurtlari, Harbiy akademiya, Milliy muzey 1919, Sharq turmushi muzeyi, butun Sharqqa mashhur bozor va rastalar, kutubxonalar, teatrlar va boshqa bor. Memoriy yodgorliklardan arab-islom madaniyati durdonasi bolmish Umaviylar masjidi 705 - 715 yillar, Sulaymoniya masjidi va boshqa saqlangan.

                                     

Damashq polati

Damashq polati - yuqori sifatli guldor quyma polat. Orta asrlarda asosan qilich yasashda ishlatilgan. Yoruqqa solib qaralganda "xol tashlab" tovlanib turadi. Suriyadagi Damashq sh. nomidan kelib chiqqan, chunki shu yerda bunday polat i. ch. rivojlangan edi.

                                     

Shom (manolari)

Shom: Shom - Suriya davlati va Damashq shahrining Sharq qolyozmalarida uchraydigan tarixiy nomi. Shom payt - Quyosh botib, qorongulik boshlangan payt va shu vaqtda oqiladigan namoz.