ⓘ Headbang yoki headbanging heavy metal musiqasi ostida tushiladigan bir raqs turi bolib, unda boshni musiqa ritmiga monand tebratiladi. Headbang qilayotgan odamg ..

                                     

ⓘ Headbang

Headbang yoki headbanging heavy metal musiqasi ostida tushiladigan bir raqs turi bolib, unda boshni musiqa ritmiga monand tebratiladi. Headbang qilayotgan odamga headbanger, deyiladi. Headbangerning sochi uzun bolsa, raqs ayniqsa effektli korinadi. Headbangdan song alkogol tasiriga oxshagan sarhush kayfiyat paydo bolishi kuzatiladi. Bu ham headbang qilishning sabablaridan biridir.

                                     

1. Tarix

Bosh silkitib raqsga tushish ibtidoiy zamonlardan beri malum, u ritual bazmlar paytida odamlar trans holatida tushayotgan raqslarining bir qismini tashkil qilgan. Lekin rock musiqaga "headbang" raqsi va atamasi 1968 yili Led Zeppelinning Bostondagi konserti paytida kirib kelgan, deb hisoblanadi. Osha konsertda birinchi qatorlarda turgan tinglovchilar boshlarini musiqaga monand ravishda silkitishni boshlashgan.

                                     

2. Usullar

Headbangning kopgina usullari bor, jumladan:

  • Whiplash: up-and-down usulining tezlashgan korinishi. Metallica va Rammstein musiqachilari bazida qollashadi.
  • Drunk style: boshni mast-alast kimsadek betartib silkitish.
  • Side-to-side yoki No-no bang: boshni chap-ong tomonlarga tebratish xuddi "yoq" deyotgandek. Static-X, Children of Bodom, Slipknot, System of a Down, Metallica va HIM musiqachilari ishlatishadi.
  • Up-and-down: keng tarqalgan usul, bunda headbanger boshini pastga va tepaga silkitadi.
  • Half-circle: boshni yarim aylana boyicha u yoqdan bu yoqqa silkitish. Slayer musiqachilari tomonidan qollaniladi.
  • Windmill yoki Helicopter: boshni parraklar kabi aylantiriladi. Cannibal Corpse, Cradle of Filth va Slipknot musiqachilari tomonidan kop ishlatiladi.
                                     

3. Sogliqqa tasiri

Headbang boyin va umurtqa ogriqlarini keltirib chiqarishi mumkin, lekin bu ogriqlar bir-ikki kunda otib ketadi. Biroq, agar headbangdan avval kerakli tayyorgarlik korilmasa, boyin mashqlari qilinmasa, tomir tortishib qolishi mumkin. Uning miyaga zarari bor ekanligi ham davo qilingan, ammo bu isbotlanmagan. Lekin har ehtimolga qarshi headbangli konsertlarga haftasiga bir marotabadan kop bormaslik tavsiya etiladi.

                                     
  • bir - birlariga urilishib, bir - birini itarib harakat qilishadi. Odatda, slam dagilar headbang ham qilishadi. Slam 1970 - yillarda Los Anjeles punk rock konsertlarida paydo