ⓘ Kozoynak koz nurini yaxshilash yoki uni himoya qilish maqsadida kozlar roparasiga linza tutib turuvchi romchalardir. Kozoynak linzalari shisha, plastmassa kabi ..

                                     

ⓘ Kozoynak

Kozoynak koz nurini yaxshilash yoki uni himoya qilish maqsadida kozlar roparasiga linza tutib turuvchi romchalardir. Kozoynak linzalari shisha, plastmassa kabi materiallardan tayyorlanadi.

Kozoynak - kozning korish qobiliyatidagi nuqsonlarni tuzatish, uni mexaniq shikastlanishdan, yoruglik, chang va boshqalardan himoya qilish uchun qollaniladigan oddiy optik asbob. Birinchi K. 13-asrda niderdandlarda ishlatilgan. K. linza oynak va gardishdan iborat. Bosh fokusining holatiga qarab oynak yoki linza yiguvchi qanariq va sochuvchi botiq xillarga bolinadi. K.da ishlatiladigan linzalar sferik sirtining botiklik yoki qavariqlik darajasi egrilik radiusi turlicha boladi; sirtning egrilik radiusi katta bolsa, linzaning nur sindirish kuchi - optik kuchi katta boladi. Optik kuchi kichik yiguvchi oynak uzoqdan korishda, optik kuchi katta sochuvchi oynak esa yaqindan korishda qollanadi. Optik kuchi katta bolgan kozni tuzatish uchun manfiy optik linza botiq, optik kuchi kichik bolgan kozni tuzatish uchun musbat optik linza qavariq tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, K. linzalarining sferik va silindrik xillari ham bor. Sferik K.da nur sindirish kuchi barcha yonalishlarda bir xil, silindrik K. da esa turli yonalishlarda turlicha, silindrik linzalar ham qanariq va botiq boladi; astigmatizmga chalingan kozning optik nuqsonini yoqotishda silindrik, sferik-silindrik K. qollanadi. Linzaning nur sindirish kuchi optik kuchi dioptriyalarda olchanadi. Korish quvvati keskin pasayganda teleskopik K. buyumning kozning tor pardasida hosil boladigan tasvirini yaxshilash uchun 2 - 3 juft linzadan iborat K. dan foydalaniladi. Koz gilay bolganda prizmatik K. taqish tavsiya etiladi. Himoya K. har xil maqsadda, mas, kozni uta ravshan yoruglikdan payvandlashda, uni mexaniq shikastlanishdan, quyosh nuri va boshqa tasiridan, chang, gaz va h.k. dan himoya qilishda, shuningdek, suvda suzishda taqiladi.

K. gardishi oynaklarning kozga nisbatan togri joylashuviga yordam beradi. Gardish tanlanganda kanshar balandligi, oynaklar bilan qorachiqlarning markazlari ortasidagi masofa hisobga olinadi. Koz optik nuqsonsiz sog, yani qorachigining oldi va orqa fokuslari orasidagi masofa teng 23 mm ga yaqin bolsa, ravshan koradi. Buyumdan keluvchi nurlar fokusi kozning tor pardasiga tushea, koz buyumni aniq koradi. Nurning fokusi tur parda oldiga yaqindan korish yoki uning orqasiga uzoqdan kurish tushishi mumkin. Har ikkala holda buyum tasviri tur pardada aniq hosil bolmaydi, koz otkirligi kamaygan hisoblanadi. Bu nuqson K. bilan tuzatiladi korreksiyalanadi. K. bilan kozni korreksiyalash uchun vrach-okulist maxsus asbob yordamida linzalar tanlaydi. Bunda vrach kozning oziga xos optik nuqsonlarini, kishining yoshini, kasbini va boshqa shaxsiy xususiyatlarini hisobga oladi. Vrach maslahatisiz boshqalarning K.idan foydalanish mumkin emas.