ⓘ Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan toplangan bilimlarning tartibli tizimidir. FAN - dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi b ..

                                     

ⓘ Fan

Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan toplangan bilimlarning tartibli tizimidir.

FAN - dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli - olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi ozining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini tariflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.

F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bolishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bolgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo bola boshlagan. Mifologiya F.ga otish bosagasida malum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya ornini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Orta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qoshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta etibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Orta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va tongich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xojandiy 10-asr kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgariy oz davrining qomusi bolgan "Devonu lugotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoydi 11-asr Ulugbek, Giyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogonaga kotardilar 15-asr. Yevropada Uygonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya ornini astronomiya, alkimyo ornini kimyo egalladi.

Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16 - 17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga kotarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yol ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida tariflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16 - 19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.

Sanoatda tub ozgarishlar yuz berishi 18-asr oxiri tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar termodinamika, klassik elektrodinamika paydo boldi, biol.da evolyutsion talimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish va ozgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi. Geom. sohasida inqilobiy talimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qolga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga tasiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqorganishga imkon berdi, bu hol qishloq xojaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga bolinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda kop mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bogliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga togri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bola oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer togrisidagi F.lar, biol "mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qollaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qollash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ortasidagi ozaro bogliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish - hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.

Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olga siljituvchi kuch va vosita bolib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, talimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, manaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida orin tutmoqda.

Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy tasir korsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin ozgardi: manaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yol ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar ornatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga kotarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xojaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini organish bilan bogliq, energiyaning noananaviy turlarini yaratish - Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.

Omonulla Fayzullayev.

Fan sohalari uch katta qismga ajratilib korsatiladi:

  • Aniq fanlar;
  • Tabiiy fanlar;
  • Ijtimoiy fanlar.

Fan empirik yol bilan olingan malumotlarni faktlarni kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli bolsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.