ⓘ Vikipediya - bu kop tillik, erkin, internet ensiklopediya. U kongillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qollab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 1 ..

                                     

ⓘ Vikipediya

Vikipediya - bu kop tillik, erkin, internet ensiklopediya. U kongillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qollab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moljallangan Nupediaga toldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng kop qaraladigan malumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bolimi 6279433 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi bolmish Encyclopædia Britannica dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bolib ketishi tufayli unga yoldosh Vikiombor, Vikilugat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo bolgan.

Vikipediya "notogri malumotlarni ifodalaydi." deb tanqid qilingan. 2017-yilda Facebook, ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb elon qildi. YouTube esa shu kabi rejani 2018-yilda elon qildi.

                                     

1. Tarixi

Wikipedia.com va wikipedia.org domenlari 2001-yil 12-yanvarda va 2001-yil 13-yanvarda royxatga olingan. Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger "Vikipediya" sozini inglixcha "wiki" va "encyclopedia" sozlarini birlashtirib oylab topgan. "Wiki" sozi aslida Gavayiliklarning sozi bolib, "tez" degan manoni bildiradi va kopchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish bolgan edi.

                                     

2. Ozbek tilidagi Vikipediya

Ozbek tilidagi Vikipediyada 139 966 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni - 61 197, ulardan 210 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni munozara, turkum va hokazo bilan qoshib hisoblaganda - 635 782.

                                     

3. Ozbekcha Vikipediyaning Ozbekiston hududida tosilishi

2011-yilning oxirida nomalum sabablarga kora Ozbekiston hududida ozbek Vikipediyasi tosib qoyildi. Bu ozbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Ozbekistonda foydalanuvchilar ozbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar.

                                     

4. Turli tillardagi nashrlari

Vikipediya juda koplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol bola oladi:

  • Inglizcha Vikipediya 6279433
  • Nemischa Vikipediya 2561394
  • Fransuzcha Vikipediya 2317098

Toliq royxat bu yerda.