ⓘ Green Day - 1988-yili Ouklend da tashkil topgan rok-guruh. Janrlar - pank-rok, pank-pop, alternativa. Green Day ozining American Idiot nomli ohirgi albomi bilan ..

                                     

ⓘ Green Day

Green Day - 1988-yili Ouklend da tashkil topgan rok-guruh.

Janrlar - pank-rok, pank-pop, alternativa.

Green Day ozining American Idiot nomli ohirgi albomi bilan Gremmining 5 nominatsiyasida galabaga erishdi, shu jumladan "Eng yahshi rok-albom" nominatsiyasida ham. Bundan tashqari ular VMA, EMA, AMAlarda ham juda kop mukofotlarni qolga kiritdilar. Yuqorida sanab otilgan barcha taqdimotlar 2005-yilda bolib otgan.

                                     

1. Tarix

Guruhning tashkil topishi 1986 - 1992

Guruh 1989-yil Kaliforniyada maktabdosh dostlar - Billi Joe Armstrong, Maykl Rayan Prichard va Elem Sobrante haqiqiy ismi - Jon Alan Kiffmayer tomonidan asos solingan va ilk davrlarida "Sweet children" deb nomlangan. Kiffmayer guruhni kollejga oqish uchun tark etganida, Billi va Maykka Frenk Edvin Rayt Uchinchi qoshiladi. U koproq Tre Kul ismi bilan mashhur, shundan song guruh ozining qoshiqlaridan biri sharafiga nomini ozgartiradi.

                                     

2.1. Ishtirokchilarning tarjimai holi Billie Joe Armstrong

: 1972-yil 17-fevralda bu kun Amerikada Milliy Ahlat Kuni deb nomlanadi kantri musiqasining muhlisi bolgan ofitsiant qiz va bosh vaqtida jaz musiqachisi bolgan haydovchi oilasida tugiladi. Billi - 6 bolaning ichida eng kichigi, ammo osha vaqtning ozida mashhur bolishga intilgan: "men bolaligimdanoq kim bolmoqchi bolganimni bilardim - rok-yulduz". Va bekorga emas, besh yoshida u ozining qobiliyatini namoyon etadi: "Look for love" qoshigini yozadi va kasalhonalarda bemorlarni konglini kotarib aytib yuradi. Billiga birinchi gitarani onasi sovga qilgan - bu havorang "Stratokaster" bolib, uni sevib "Blue" deb ataydi. Armstrongning bolaligi yengil bolmagan, ammo onasi bolalar iliqlik va mehrni olishlariga harakat qilgan, ahir otasining olimidan song Billi 10 yosh bolgan onasi katta oilani boqish uchun ikki kishi orniga ishlashi kerak bolgan. Ozining eng yaqin dosti Mayk Pridchart bas-gitara bilan u maktab oshxonasida, 14 yoshligida tanishgan. Ular birga darslarni qoldirishni, otni chekib sota boshlashdi, bu uchun Billiga Two Dollars Billie deb laqam qoyishgan, ularni birga maktablardan haydashgan, ular birga Billining xonasida Ozzi Ozborn va Led Zeppelinning yozuvlarini tinglashgan. 1987-yili ular Sweet Children nomli guruhni tuzishadi, ammo Tre Coolning kelishi bilan ular nomligini Green Dayga ozgartiradilar. 1990-yili grinlarning Amerika boylab konsertlaridan birida Billi ozining bolajak turmush ortogi Adie bilan tasodifan uchrashadi. Navbatdagi konsertdan song Adie uning oldiga kelib, ularning logotiplari tushirilgan tovarlarni qayerda sotib olish mumkinligini soradi, u esa bu boshlarida dredlari bor qizni bir qarashdayoq sevib qoladi. Song u Amerika boylab turnega ular bilan chiqadi, 1994-yil 2-iyulda esa ularning toyi bolib otadi. Toy kamtarona otadi, ular hattoki, marosimdan avval bir qadah viskini dadillik uchun ichishadi. Toyga eng yahshi sovgani Edrien qildi - ertasi kuni homilador ekanligini aytdi. 1995-yil marta, birinchi ogilligi Joseph Marciano, 1998-yil sentyabrda esa ikkinchi ogilligi - Jacob Danger tugiladi. Billi Joe Adeline Records mustaqil leyblining asoschi va boshliqlaridan biridir. Gitarani chalish haqida Billi Joe - uning ovozi asosan jiringlatish hisobiga paydo boladi, deydi: "Men bosh barmogimni ishlataman: yarmiga mediator va yarmiga bosh barmoqni, shuning uchun menda simlarga qattiq ishlov beriladi. Yana, men bilagimni emas, yelkamni qimirlataman va simlarga haqiqatdan ham qattiq uraman!".

                                     

2.2. Ishtirokchilarning tarjimai holi Kerplunk va Dookie 1992 - 1994

"Kerplunk!" oraliq albomining sezilarli muvaffaqiyati bilan guruh mashhur prodyusserlar va ovoz yozish studiyalarining diqqatini jalb etdi. Tez orada Green Day musiqiy industriyaning monstrlaridan biri - "Reprise" leybli bilan shartnoma imzolashadi. Va 1994-yilda ularning epohal ijodi - "Dookie" albomi chiqadi. Amerika chartlarining choqqisiga yashin tezligida chiqqan "When I come around" singli u yerda 7 hafta ushlanib turadi. AQSHning ozida alboming besh milliondan ortiq nushasi sotildi, Green Day esa mashhur "Woodstock-94" festivalining dastur kulminatsiyasiga aylandilar. Bunday blitskrigni hamma ham uddalavermagan.

Albomda juda zor, har xil, yuzinchi marta ham eshitsa jonga tegmaydigan taronalar bor. Ajoyib, yosh THE WHO va STOOGESlarning urflarini qollovchi pro-britan "Longview". Ozgina granjli, ammo sokin "She" - avval sekin, song esa birdaniga har xil ovozlar bilan BAD RELIGION kabi urinish berishadi. Ajoyib klipga ega bolgan "Basket Case" singlini hamma birdaniga yahshi korib qoladi. Ozligi buni hohlamasdan, Green Day yangi oqimni yaratishadi, uning nomi oksyumoron boladi. Pop-pank ularning yuzi ostida yashay boshladi. Ular turli xil jinniliklar qilib, yalangoch holda sahnaga chiqib, jurnalistlarni haqoratlab, ozlari va tinglovchilarni ahlatga burkab, kurashishga harakat qilishgan. Ammo, kech bolgandi, omma ularning epatajidan baxtiyor edi. Buni qabul qilish kerak boldi. Va albom yolining logik va quvonchli finali bolib uning "Eng yahshi alternativ ijro" uchun "Gremmi" mukofotini olishi edi.



                                     

2.3. Ishtirokchilarning tarjimai holi Nimrod va Warning 1997 - 2000

Keyingi ijodligi - "Nimrod" 1996 bestseller boladi. Dastlabki kunlardayoq 80 ming nushada sotilgan. Bu albomni hamma yoqtirib qolganga oxshaydi, ayniqsa "Hitchin’ A Ride" taronasi uchun. Bu qoshiq pank - bu nozik va badiiy musiqa uchun konspirativ nom ekanligini isbotladi, skripka u uchun tosiq emas, amerika folki esa - faqatgina jilovlanish qoshadi. Albatta musiqa ingliz alternativ popni eslatardi patriotlar aytadigandek, "brit-pop", ammo bundan yanada tasirliroq, yorug va jozibaga ega boladi Billining ozi, qoshiq unga STRAY CATS neo-rokabillarini eslatishini tan oldi. Keyingi singl "Time Of Your Life" nomli chiroyli ballada bolib, kozdan yoshni chiqarib yuborar edi. Gamgin skripka, akustik gitara, asrlik qaygu, otmishning ogir bosimi va kelajakning albatta kelishi. Va hech kim guruhni yonalish bir xilligida ayblay olmaydi va qandaydir shtampni qoya olmaydi.

2000-yilning ohirida guruh "Warning" nomli yangi albomni chiqardi. Yozuvdan song guruh ozining birinchi dunyo boylab turnesiga chiqadi. "Warning"ni eshitayotganingda tushunasan, Green Day qandaydir umuman boshqa musiqaga ega ekanligini tushunasan. Yani xuddi oldingiday, ammo ancha kengroq va professionalroq. Ular chiroyli taronalar yaratish prinsipini tushundilar, va yaxshi rok albomni yaratishga muvaffaq boldilar. "Blood Sex Booze" bemalol osha payt blyuz-punkerlarining madhiyasi bolishi mumkin edi. "Church On Sunday" garmoniya va navolari bilan BEACH BOYS guruhining "Don’t Worry Baby"sini eslatadi. "Fashion Victim" - umuman qandaydir mod-rok. "Castaway" - ilk Dilanning sitatalari bilan yosh Iggi Pop. "Waiting" BLURni eslatishi mumkin, yana unda eski qoshiqchi Petula Klarkning repertuaridan sitatani tinglash mumkin. Hech nimaga oxshamaydigan madhiyaviy "Minority" xit rolida. "Hold On" - lab garmonikali juda zor folk-blyuz. "Macy Day Parade" - gozal va mayin gitarali brit-pop. "Jackass" ashulasida Billi Joe: "Hamma hazillarni yaxshi koradi, ammo hech kim ahmoqlarni yoqtirmaydi", - deb, kinoyali hafalik bilan kuylaydi. Ohir-oqibat Green Day quyidagi mukofotlarni qolga kiritgan: eng yaxshi albom "Warning", eng yaxshi pank-rok/ska albom "Warning", eng yaxshi guruh Green Day, eng yaxshi erkak yakkahoni Billi Joe Armstrong, eng yaxshi baschi Mayk Dernt, eng yaxshi barabanchi Tre Kul, eng yaxshi qoshiqlar muallifi B.J.Armstrong.

                                     

2.4. Ishtirokchilarning tarjimai holi American Idiot 2004

Navbatdagi albom guruhning butun mavjudlik payti uchun eng muvaffaqiyatli va revolyutsion boladi. Shunday qilib, guruh "Cigarettes and Valentines" deb nomlamoqchi bolgan yangi albom uchun yangi material yozish uchun studiyaga kiradi. "Nimrod" va "Warning" albomlariga oxshash 20ta trekni tugatuvidan song, ular studiyadan ogirlanadi. Guruh albatta tushkunlikka tushib, ogirlangan albomni tiklashni hohlamaydi, uning orniga avvalgidan ham yaxshi taronalar yozishga soz beradi. Bundan tashqari guruh ancha vaqt ayrim kelishmovchiliklarni bartaraf etishga harakat qilgan, ular Dernt va Kulning Armstrongni - "guruh millatchisi" ekanligida ayblab, guruhning boshqa ishtirokchilaridan diqqatni pozerlik bilan qaratadi, deyishadi. Guruh ichida demokratiya ornatilganidan song, ijodit shlyuzlarni shunday ochishdiki, har kim qandaydir yangilikni taklif etishi mumkin edi - eng kop bu Green Day ning yangi albom uchun yaratilayotgan ikki 9-minutlik trekida namoyon boldi. Toliq tugatilgan albom, "American Idiot" Billboard chartlarida birinchi orinda debyutlanib bu guruh ijodining haqiqiy rekordi boldi, albomning xuddi shunday nomli singli bilan qollangan. Albom "pank-rok opera" deb elon qilindi, yoki aniqrogi qalbaki "Qishloq Iso"sining sayohatini kuzatuvchi "konsepsiya albomi". Albom davomida, "Iso" narkotiklarga qiziqadi, ularni tayyorlab, ozini "Avliyo Jimmi"St.Jimmy" deb atatydi; "Whatsername" ismli qizni sevib qoladi sozma-soz tarjima qilinganda "qandaydir-ism"; yashashga organadi va insondek katta boladi. Albomning ohirgisidan bitta oldingi qoshigida "Homecoming", Av.Jimmi joniga suiqasd qilganida, sherlar Jimmi Isoning obrazi bolishini nazarda tutadi Sh.:"Jimmy died today/ He blew his brains out into the bay/ In the state of mind, it’s my own private suicide". "Letterbomb" taronasidan boshqa misol buni deyarli isbotlaydi. Albom shuningdek, urushga qarshi, Jorj Bushning siyosati va Iroqqa hujumga qarshi allegoriya deb sifatlanishi mumkin. Ammo, "Wake Me Up When September Ends" qoshigi operaning bosh mavzusidan chetlanib, Billi Joning otasi haqida sozlaydi, u Armstrong 10 yosh bolgan paytida rak tufayli vafot etgan boladi. Amerikalik Ahmoq bilan shuningdek, imijdagi ozgarishlar qayd etiladi. Otmishda ular sochlarini har xil ranglarga boyashardi qizildan yashil va pushtigacha va hilma-xil kiyimda paydo bolishardi, hozir esa ular ozgin galstuklar bilan qora koylaklarni kiya boshlashdi va sochlarini platina va qora kabi oddiyroq ranglaga boyashni boshlashdi. Shuningdek, Tre va Billi Joe koz uchun qalamni ishlata boshlashdi. Butun tur davomida Billi Jo gitaraning kamarida bir nechta yurak shaklidagi qol granatalarini olib yurdi. Amerikalik Ahmoq 2005-yilda "eng yaxshi rok-albom" nominatsiyasida Grammy oladi va boshqa 5 nominatsiyada ishtirok etadi. "American Idiot" qoshigi "Madden NFL 2005" videooyinida va "Holiday" Billi Joe Armstrong qahramon bolgan "Tony Hawk’s American Wasteland" oyinida korsatiladi. Butun 2005-yilni guruh albomni reklama qilib turneda otkazadi. Bu tur Warning va Shenanigansning korsatuvlarining bazi teatralligini davom ettiradi. Shuningdek, ular Queen guruhining "We Are the Champions", The Isley Brothersning "Shout", The Ramonesning "Outsider" va Ben E. Kingning "Stand By Me" taronalarini kaver-versiyalarini ijro etishdi. Amerikalik Ahmoq uchun turneda ular Milton Keynes National Bowldagi Angliya ikki feyerik konsertni yozib oldilar, ikki kun ichida u yerda 130 000ga yaqin inson boldi. Bu yozular 2005-yil 15-noyabr "Bullet in a Bible" nomli jonli CD&DVD qilib chiqarildi. Dunyo boylab 200-yil sayohatligi Sidney va Melburnda Avstraliya 14 va 17 dekabrda bolib otadi. 2006-yil 10-yanvarda Green Day People’s Choice Award bilan sevimli guruh sifatida taqdirlanadi. Shuningdek, 2005-y. Avstraliyaning Triple J’s Hottest 100da "Jesus Of Suburbia" qoshigi chart tarixidagi №61 eng uzun ashula - 9 daqiqa va 8 soniya - deb qayd qilinadi. 2006-yil Green Day Kids Choice Awards Blimpsda eng sevimli musiqiy guruh va eng sevimli tarona Wake Me Up When September Ends nominatsiyasida golib chiqadi.

                                     

3.1. Diskografiya Studiyaviy albomlar

  • 1994: Dookie
  • 1997: nimrod.
  • 2016: Revolution Radio
  • 2012: ¡Dos!
  • 1990: 39/smooth
  • 1991: 1.039/Smoothed Out Slappy Hours
  • 2002: Shenanigans
  • 2012: ¡Tré!
  • 2000: Warning
  • 2009: 21st Century Breakdown
  • 2012: ¡Uno!
  • 2020: Father of All.
  • 1992: Kerplunk!
  • 1995: Insomniac
  • 2004: American Idiot


                                     

3.2. Diskografiya Singllar

  • 2004: American Idiot
  • 1995: Stuck With Me Pt.1
  • 2009: Know Your Enemy
  • 1995: She
  • 1994: When I come around
  • 1996: Walking Contradiction
  • 1995: Geek Stink Breath
  • 1994: Longview
  • 1994: Basket Case
  • 1995: J.A.R.
  • 2001: Macy’s Day Parade
  • 1997: Good Riddance Time of your life
  • 1998: Redundant
  • 2002: Poprocks & Coke
  • 1997: Hitchin A Ride
  • 2005: Jesus of Suburbia
  • 1989: 1.000 Hours
  • 2001: Waiting
  • 1990: Sweet Children
  • 2005: Wake Me Up When September Ends
  • 1990: Slappy EP
  • 2000: Minority
  • 2001: Warning
  • 2004: Holiday
  • 1995: Brain Stew /Jaded
  • 2004: Boulevard Of Broken Dreams
  • 1995: Stuck With Me Pt.2 Live
  • 1998: Nice Guys Finish Last
  • 1994: Welcome To Paradise


                                     

4. Havolalar

  • Green Dayning rasmiy sayti
  • Music Libraryda Green Day haqida malumot
  • Sicilsuburbia - Italian Fan Site Arxivlandi 2008-05-17Wayback Machine saytida.
  • Green Dayning matnlari
  • Green Day Russian Edition Arxivlandi 2006-08-31Wayback Machine saytida.
  • Green Day F.O.D. Spanish Site
  • Green Day Russian Idiot Club
                                     
  • Black Parade - My Chemical Romancening uchinchi studio albomi. Albomga Green Day ga prodyuserlik qilgan Rob Cavallo prodyuserlik qildi. Albom Saraton bilan
  • Valentin Kuni Inglizcha: Valentine s Day 2010 - yilda Garry Marshall tomonidan ishlangan romantika komediya janridagi Amerika filmi. Film yulduzlari
  • Sug ur kuni inglizcha: Groundhog Day - 1993 - yili ekranlarga chiqqan komediyaviy film. Danny Rubin asari bo yicha suratga olingan, rejissyor Harold Ramis
  • Anti - Flag AFI Aiden Bad Religion Blink 182 Blitz The Clash Fall Out Boy Green Day My Chemical Romance New York Dolls Ramones Sex Pistols Sum 41 The Vibrators
  • Ethan Green Hawke talaffuzi: Etan Grin Houk 6 - noyabr, 1970 amerikalik aktyor, dramaturg hamda rejissordir. Ethan Hawke forumi Arxivlandi 2008 - 09 - 30Wayback
  • My Sister s Keeper 2009 Shrek Forever After 2010 Knight and Day 2010 The Green Hornet 2011 Bad Teacher 2011 I Ain t Scared of You: A Tribute
  • Fruit Bats Gardener Gas Huffer Gluecifer Godflesh godheadSilo Green Magnet School Green River Handsome Furs Hazel Heather Duby Hellacopters Heroic Doses
  • 2014 - 10 - 20Wayback Machine saytida. Bloomberg. Retrieved 26 February 2012 20 awards Green Day Named Top Artists Of The Decade By Rolling Stone Readers MTV. Retrieved
  • 90 yosh, amerikalik musiqachi. Doug Hart, 80 yosh, amerikalik futbolchi Green Bay Packers Walter Hayman, 93 yoshda, nemis millatiga mansub ingliz matematiki
  • Poole, Reginald Lane 1907 The Political History of England. Longmans, Green and co., 505. Longford 1998 p. 484 Longford 1998 pp. 492 493 Longford