ⓘ Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, garbda Atlantika okeani, sharqda Osi ..

Yevropa markaziy banki

Yevropa markaziy banki - Yevropa valyuta ittifoqining asosiy muassasasi. Yevropa Ittifoqi qaroriga kora 1998-yil 1-iyunda tashkil etilgan. Boshqaruvi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Asosiy vazifasi yagona valyuta - yevroni muomalaga kiritgan Yevropa valyuta ittifoqiga azo mamlakatlar pul siyosatini amalga oshirishdan iborat. Yevropa markaziy banki tizimi ikki bosqichli bolib, yuqori bosqichda Yevropa markaziy banki va quyi bosqichda Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga azo mamlakatlarning milliy Markaziy banklari turadi. Bu Markaziy banklar ayni paytda Yevropa markaziy ...

Yevropa valyuta bitimi

Yevropa valyuta bitimi - Yevropa tolov ittifoqiga azo bolgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlash va kop tomonlama ozaro hisob-kitoblar boyicha hamkorlik bitimi. 1955-yil 5-avgustda tuzilib, 1958-yil dekabrda joriy etildi. Yevropa valyuta bitimining maqsadi kop tomonlama hisob-kitob ishlarini bajarish orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish edi. 1973-yilga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida bolgan Yevropa valyuta hamkorligi fondm tashkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga Direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Hisob-kit ...

Yevropa kosmik agentligi

Yevropa kosmik agentligi ; fransuzcha: Agence spatiale européenne) - Yevropadagi 10 ta davlat ortasida tuzilgan xalqaro tashkilot; 1975-yilda tuzilgan. Kommersiya va xojalik-amaliy ishlarga moljallangan kosmik apparatlarni ishlab chiqadi. Yevropa kosmik agentligi kosmik apparatlarning uchishini kuzatish stansiyalari tarmogiga ega. Ularni boshqarish markazi Darmstadtda joylashgan.

Yevropa valyuta hamkorligi fondi

Yevropa valyuta hamkorligi fondi - Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972-yil Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yolagini yaratish togrisidagi bitimni amaliyotga joriy etish maqsadida 1973-yilda tuzilgan. Fond Xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida intervensiyalar tufayli yuzaga keladigan ozaro debet va kredit operatsiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari fond Ittifoq doirasida ishtirokchi mamlakatlar tolov balanslarida yuzaga keladigan vaqtinchalik qiyinchiliklarni engillatish imkoniyatini beruvchi qisqa mudd ...

UEFA Yevropa Ligasi

UEFА Yevropa Ligasi - nufuzі jixatdan UEFА Chempionlar Ligasi dan Keyingi orinda turuvchi Turnir, UEFA musoboqani 2009/2010 yildan bochlab, har yili otkazip kelmoqda. Turnirning ilk Mavsumi Finali 2010 yili Gamburg chahrida Nordbank Аrеnа Stadionida bolip ottі. Turnirda Аtletikо Madrid jomoasi Galaba qozondi. Musoboqa quyidagi korinichda otadi: 4 da, saralach bosqichi, 12 Guruhda, 4 jamoadan Keyin, 1/16 Nimchorak final. 1/8 Chorak final 1/4 Yarim final 1/2 final == Mukofot jamgarmasi == Pley-оff: €95.000 1/4 chorak final: €360.000 final: €2.000.000 Guruh bosqichida har bir durang оyingа: € ...

UEFA

UEFA - Yevropa va Osiyoning bazi garbiy hududlarida futbolni boshqaruvchi tashkilot. UEFA FIFАga kiruvchi olti qitaa futbol konfederatsiyalarining eng nufuzlisidir.

                                     

ⓘ Yevropa

Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, garbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Orta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining garbiy qismini oz ichiga oladi.

Yevropaning maydoni 10.1 million km 2, shundan 730 ming km 2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, garbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Kritdir. Yevropa qirgoq chizigining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.

                                     

1. Tabiati

Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi toglardan iborat. Yevropa ortacha 300 m chamasi va maksimal 4807 m, Alp toglaridagi Monblan choqqisi balandligi jihatdan boshqa qitalardan Avstraliya bundan mustasno keyinda turadi. Bazi rayonlari Kaspiy boyi pasttekisligi - 28 m, Shimoliy va Boltiq dengizlari sohili dengiz sathidan pastligi Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi tolqinsimon, tepalik kop, ortacha balandligi 170 metr. Bazi joylari 200 m va undan ham balandroq bolib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni - Yevropaning garbiy eng chekka nuqtasi. Orta Rus, Volga boyi, Dnepr boyi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Orta Yevropa tekisligiga otib boradi. Garbiy Yevropaning katta qismi toglardan iborat. Janubda yosh burmali toglar kotarilib turadi, bular - Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, Stara-Planina toglari, Dinara yassitogpigi. Yevropaning orta qismi qadimgi toglar - Se- venna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b.lardan iborat. Qad. toglarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya toglari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Kop joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi - Skandinaviya, kichikroq markazlari - Britaniya orollari, Alp va Karpat toglari bolgan. Muz qalinligi 2.0 - 2.5 km ga etgan.

                                     

2. Geologik tuzilishi

Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan tort qismga bolinadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi tuzilmalari; gersin burmalanishi tuzilmalari va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi tuzilmalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo bolgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni, Ukraina qalqoni va Timan kryajida er yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan bolib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan krplangan. Kaspiy boyi 8 - 10 km, Dnepr-Donesk 4 - 5 km, Moskva 2 - 3 km, Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin tog jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya toglari kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub chokindi va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil bolib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan chokindi, vulqon va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning garbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Fransiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, Slanesli Reyn, Gars toglari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub chokindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va Bet toglari kiradi. Neogen boshida kotarilgan tog tizmalari etagida Akvitaniya, Shveysariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiqlari, Vena, Vengriya botiqlari kabi toglararo botiqlar paydo bolgan hamda ular neogen-tortlamchi davrlar yotqiziqlari bilan tolgan. Neogen yotkiziqdari mavjud Qora va Orta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil bolgan. Neogenda chuqur siniklar paydo bolishi bilan Karpat toglarida, Reyn daryosi buyida va b. joylarda vulqonlar otilgan. Keyingi davrda vulqon otilishi Italiyada Vezuviy, Etna va boshqalar davom etmoqda. Tog tizmalarining kotarilishi va pastliklarning chokishi Yer postining eng yangi harakatlaridan dalolat beradi.

                                     

3. Foydali qazilmalari

Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotkiziqlari orasidan Alp toglari etagi va tog oraligidagi bukilmalarda neft neogen yotkiziqlari orasidan topilgan. Toshkomir va qongir komirning katta konlari bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qorgoshin, kumush konlari asosan gersinid mintakasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy boyi va Ural oldida hamda perm yotkiziklari orasida uchraydi. Apatit-nefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan.

                                     

4. Iqlimi

Yevropaning aksariyat kismi ortacha kengliklarda joylashgan. Yevropada arktika, subarktika, mutadil va subtropik mintakalar ikdim tiplari bor. Yevropaning arktika mintakasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qiska iyulning ortacha haroratii 5°C dan past. Subarktika mintaqasida yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda ortacha harorat 10 - 12°C. Qish garbiy rayonlarda yumshoq, sharqda sovuq; yogin 400 - 1000 mm, buglanish yoginga nisbatan kam. Motadil mintaqaning Yevropaning Orta dengiz buyi va Qrimning janubidan boshqa qismi shimolda iqlim sovuq, janubda iliq, garbida dengiz iqlimi, sharqida esa motadil kontinental, qish sovuq, yoz shimolda salqin, markazida iliq, janubda issiq. Subtropik mintakada iqlim Orta dengiz tipli, qish iliq, seryomgir yanvarning ortacha harorati 4 - 12°, yoz issiq va quruq. Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shimoli-sharqida Pechora daryosi xavzasida boladi bu yerda eng past harorat - 52°C qayd qilingan. Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning janubda qor bir oy, shimolda 7 - 9 oy erimaydi. Iyulda ortacha harorat Yevropada Orta dengiz atrofida 28 - 30° va Kaspiy dengizi buyida 24 - 26° eng yuqori, Arktika orollarida eng past 2 - 4°C boladi. Eng yuqori harorat 48°C Pirenei yarim orolining janubida kuzatilgan. Yevropada yillik yogin miqdori garbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin rayonlarda yiliga 1000 - 2000 mm yogin yogadi. Sharqiy Yevropada yillik yogin miqdori 300 - 500 mm, Kaspiy dengizi boyida 200 mm va undan kam, Arktika orollarida 300 - 400 mm. Yevropaning katta qismida yillik yogin miqdori buglanishga nisbatan koproq.



                                     

5. Ichki suvlari

Ichki suvlari Okib turadigan suvning hajmi 2850 km 3 jihatidan Yevropa Yer yuzida Janubiy Amerikadan keyin 2-orinda. Yevropada suv oqimi garbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shimoliy Muz okeani va ichki kavza - Kaspiy dengiziga mansub.

                                     

5.1. Ichki suvlari Yirik daryolari

Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uzunligi 3530 km, havzasining maydoni 1360 ming km 2 va ortacha yillik suv sarfi 8000 m/ sek boyicha 1-orinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shimoliy Dvina. Garbiy Yevropadagi eng katta daryolar: Dunay uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km 2, Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida kordan, qisman yomgirdan, Orta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomgirdan, Alp toglarida kor, yomgir, qisman muzliklarning erishidan, Orta dengiz boyidagi karst relefli rayonlarda grunt suvlaridan toyinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi koplab suv omborlari va boshqa suv inshootlari qurilgan, ularning kopchiligi ozaro va kollar bilan kanallar orqali boglangan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan.



                                     

5.2. Ichki suvlari Kollar

Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, tortlamchi davrda muzlik bosgan erlarda joylashgan. Tekisliklardagi kollar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; tog etagida joylashgan kollar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va boshqa Baland tog tepalarida "alp" kollari, Apennin yarim oroli va Islandiyada vulqon kollari bor. Kollarning suvi chuchuk. Janubi-sharqdagi arid rayonlarda kol suvi shor va juda minerallashgan Elton, Bosqunchoq. Yevropaning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta kol - Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shimoliy va shimoli-sharqida botqoqlik kop.

                                     

5.3. Ichki suvlari Muzliklari

Yevropadagi muzliklarning umumiy maydoni 118 ming km 2 dan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpitsbergen 58 ming km 2, Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Islandiyada va Skandinaviya toglarida. Muzliklarning qalinligi 400 - 600 m, ayrim joylarda 1000 m gacha. Alp toglari, Uralning shimoliy, Pirenei, Serra-Nevada toglarida ham muzliklar bor. Tuproqlari oz xususiyatiga kora 4 mintaqa zonalariga bolingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga kora Garbiy Yevropaning okean iqlimli rayonlari Sharqiy Yevropaning kontinental iqlimli rayonlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli ormon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli, torfli botqoq tuproqlari va boshqalari bor. Togli rayonlarda togtundra, chimli-podzollashgan, sur tusli ormon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning motadil kontinental rayonlarida qora va kashtan, qongir chala chul tuproqlari, okean iqlimli rayonlarda qongir ormon, chimli-karbonatli, toglarda podzollashgan, tog-otloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qongir, qizil, sariq, boz-qongir, Orta dengiz atrofidagi toglarda tog qongir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qongir va sur tusli ormon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda koproq foydalaniladi.



                                     

6. Osimliklari

Floristik tarkibiga kora Yevropa osimliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika osimliklariga xos oila, turkum va turlar kop, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi osimlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, chol, subtropik osimliklari. Ormon osimliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va chol osimliklari u qadar kop emas. Yevropa hududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular ornini ozgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va toglarning landshafti va faunasi kam ozgargan. Orta va Janubiy Yevropada keng bargli ormonlar koplab qirqib yuborilgan. Tundrada yosin va lishaynik, ot, butalar, janubida daraxtlar osadi. Tayga osimliklari keng maydonda tarqalgan, janubiy chegarasi 57 - 58°C sh. k.dan otadi. Tayga zonasida igna bargli ormonlar, otloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash ormonlar taygadan janubda joylashgan va Skandinaviya janubdan Uralgacha chozilgan. Keng bargli urmonlarning janubiy chegarasi Garbiy Yevropada 40°C sh. k.dan, Sharqiy Yevropada 53 - 54°C sh. k.dan otgan. Tog oraligidagi tekisliklar Chexiya tekisligi, Orta Du-nay tekisligida otloqli dashtlar bor. Tog yon bagrilari pastdan yuqoriga keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, alp otloqlari bilan qoplangan. Otloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli ormonlardan janubda ormonli dasht va dasht zonasi bolib, bu yerlar asosiy dehqonchilik rayoni. Tabiiy osimliklar faqat qoriqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala chol va chol zonalaridan qoy boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik rayonlaridagi tekislik va tog etaklarida doim yashil kserofil ormon va butazorlar bor. Orta dengiz atrofidagi ormonlar kesilib, orni ekinzor, tokzor va sitrus osimliklar plantatsiyalariga aylantirilgan. Hayvonot dunyosi Golarktika zooge-ografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar boyicha, asosan osimlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bugusi, qutb tulkisi, bori, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpitsbergenda mushkli qochqorbuqa iqlimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qongir ayiq, bori, tulki, sobol, tiyin va boshqa, turli qush, hasharot kop. Aralash va keng bargli urmonlarda yovvoyi mushuk, asl bugu, tongiz, los va boshqa; qoriqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyogli va boshqa bor. Ormon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan. Sharqiy Yevropaning dasht va chala chol rayonlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, koshoyoq, suv kalamushi va boshqa xos. Kaspiy dengizi boyida saygoq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va boshqa koproq uchraydi. Orta dengiz atrofida tog hayvonlari yashaydi. U erda sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar kop. Sut emizuvchilardan bezoar va alp echkilari, yovvoyi qoy, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zagizgon, qaldirgoch; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan - baqa, qurbaqa, salamandra, triton bor.

                                     

7. Geografik tadqiqotlar tarixi

Yevropa qitasining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular mil. av. 16-asrdan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes yarim orolda yashovchi axeylar mil. av. 15–13-asrlarda Pind va Olimp toglarini, Xalqidiya yarim oroli, Shimoliy Sporada, Lemnos va Ioni orollarini kashf qildilar. Mil. av. 9-asrda finikiyalik dengizchilar Apennin yarim oroli, Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear orollari, Pirenei yarim oroli sohillariga suzib boradilar. Mil. av. 1-ming yillik ortalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib boldilar. Mil. av. 320-yilgacha yunonistonlik Pifey Yevropaning garbiy sohillarini Biskay qoltigidan Shimoliy dengizgacha organdi. Mil. av. 4-asrgacha yunonlar Bolqon va Apennin toglari orqali otib, Sharqiy Alp toglarigacha borganlar. Mil. av. 58 - 51 yillarda Yuliy Tsezar legionlari Fransiyaning kop daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha bolgan joylarni organdilar. Mil. av. 35 - mil. 9-yilda Oktavian Avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz orollari bilan tanishdilar. 43 - 84 yillarda rimliklar Uels yarim oroli, Men va Anglsi orollari, Pennin toglarigacha bordilar. 8-asrda irlandlar Farer orollari va Islandiyaga birinchi bolib bordilar. 9-asrda bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola yarim orollarini shimoldan aylanib, Oq dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qoltiqlarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va Garbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8 - 9-asrlarda arablar butun Janubiy Yevropa, 711 - 718 yillarda ozlari bosib olgan Pirenei yarim oroli bilan janubi-sharq va sharqda Emba va Yoyiq Ural daryolari hamda Volga boyining unga Kama daryosi quyilishigacha bolgan joylarini organdilar. Sharqiy Yevropaning qolgan hamma rayonlari va butun Shimoliy Yevropani Boltiq, dengizi qoltiqlari va Oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15 - 16-asrlarda rus dengizchi sayyohdari Shimoliy Yevropaning butun qirgoqlari boylab suzib, Kanin yarim oroli, Kolguev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpitsbergen orollarini organdilar. 16-asr 2-yarmida rus er olchovchilari Sharqiy Yevropadagi daryo, yirik kollar, orol hamda yarim orollarni tadqiq qilib, xaritaga tushirdilar. 18-asrda rus sayyohlari Ural toglari, Yalpi Sirt, Kaspiy boyi pasttekisligi, Kumamanich botigi, Valday kirlari va boshqa joylarni organdilar. Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13 - 15-asrlarda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq kilib xaritaga tushirdilar. 18-asr oxirlarida fransuz, italyan, polyak va boshqa olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara toglari, Markaziy Fransiya massivini organishni davom ettirdilar. 19-asrda geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya toglarining tuzilishini, Buyuk Britaniya orolning relef xususiyatlarini aniqladilar.



                                     

8. Aholisi

Aholisi 2000-yilga kelib 725.5 million kishiga etdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub bolib, bir necha kichik irqlarga bolinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida orta evropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli Tirol, Qora dengizning shimoliy, garbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz iqkiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gresiya janubi, Orta dengiz orollarida hind-orta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor.

                                     

8.1. Aholisi Etnik tarkibi

Yevropa xalqlari tillarining kopchiligi hind-evropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. ruslar, ukrainlar, beloruslar - sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar - garbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar janubiy slavyanlarni tashkil etadi. Shimoliy va Markaziy Yevropada olmon tillirida sozlashuvchi xalqlar - olmonlar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar, lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va boshqalar yashaydi, Janubi-Garbiy Yevropa aholisi roman tillarida sozlashuvchi xalqlar - italyanlar, fransuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va boshqalardan iborat. Janubi-Sharqiy Yevropadagi hind-oriylar guruhiga mansub lolilarning kopchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yaxudiylar rasmiy tili - idish, ivrit tili mahalliy tilda sozlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-evropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini ural-oltoy xalqlari tillarida sozlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va boshqa ugorfin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshkirdlar, gagauzlar va boshqa turkiy tillarda gaplashadi. Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim pravoslavie va katolitsizmga bolinadi; shuningdek, 16 - 17-asrlardagi reformasiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va boshqa diniy oqimlar bor. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslavie, Janubi-Garbiy Yevropa aholisi ortasida katolitsizm keng yoyilgan. Yevropadagi turkiy xalqlar, albanlar, lolilarning kopchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi Islom diniga, yahudiylar hinduizmga etiqod qiladi.



                                     

9. Siyosiy bolinishi

Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi 1990-yillardagi siyosiy ozgarishlardan song yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan shorolar ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga bolinishi natijasida bir qancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi.

                                     

10. Havolalar

  • The Columbia Gazetteer of the World Online Columbia University Press
  • "Introducing Europe" from Lonely Planet Travel Guides and Information
  • Council of Europe
  • European Union

Tarixiy xaritalar

  • Online history of Europe in 21 maps
  • Borders in Europe 3000BC to the present Geacron Historical atlas
                                     
  • Yevropa ittifoqi YI - o zida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati
  • Yevropa Kengashi YeK - Yevropa davlatlarining har tomonlama hamkorlik qilishiga ko maklashuvchi xalqaro tashkilot. 1949 - yil ta sis etilgan. YeK ning
  • Sharqiy yevropa platformasi Rus platformasi, Yevropa platformasi - yirik platformalardan biri, Yer po stining qadimiy rifeygacha bo lgan davriga mansub
  • Yevropa ko mir va po lat birlashmasi - Yevropa hamjamiyatini tashkil etgan mamlakatlarning ko mir va po lat umumiy bozorini boshqargan birinchi rahbar
  • Yevropa hamjamiyatlari - G arbiy Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi G arbiy Yevropa mintaqaviy tashkilotlari Yevropa iqtisodiy hamjamiyati
  • Yevropa parlamenti - Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga a zo mamlakatlar fuqarolari to g ridan - to g ri saylovlar orqali 5 yil
  • Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti YXHT - davlatlar o rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi
  • Yevropa investitsiya banki - Yevropa Ittifoqiga a zo mamlakatlarning hukumatlararo kredit tashkiloti. 1958 - yilda tashkil etilgan. Dastlabki bank hamjamiyat
  • Hind - yevropa tillari - Yevro siyoda mavjud bo lgan, keyingi bep asr mobaynida esa Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan
  • Yevropa markaziy banki YeMB - Yevropa valyuta ittifoqining asosiy muassasasi. Yevropa Ittifoqi qaroriga ko ra 1998 - yil 1 - iyunda tashkil etilgan. Boshqaruvi
                                     

Yevropa Ittifoqi azolari royxati

"Yevropa Ittifoqi" - azolari royxati. Yevropadan tashqarida bolgan "Maxsus Hududlar" ham Yevropa Ittifoqiga kirishadi: France Reyunyon Spain Seuta Portugal Azor orollari Spain Melilya France Gvadelupa Portugal Madeyra France Gviana Spain Kanar orollari France Martinika France Mayotta

                                     

Boks boyicha Yevropa chempionati 1930

Boks boyicha Yevropa chempionati 1930-yil 3-8-iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida bo’libb o’tgan. Musobaqaga 12 davlatdan 64 bokschi qatnashgan.

                                     

Boks boyicha Yevropa chempionati 1927

Boks boyicha Yevropa chempionati 1927 yil 16 maydan 30 maygacha Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida bo’linb o’tgan. Musobaqaga 12 mamlakatdan 50 bokschi qatnashgan.

                                     

Boks boyicha Yevropa chempionati 1934

Boks boyicha Yevropa chempionati 1934-yilning 11-15-aprel kunlari Vengriya poytahti Budapesht shahrida bolib otgan. Bu musobaqaga Yevropaning 13 mamlakatidan 74 bokschi qatnashgan.