ⓘ Energiya fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir. Energiya yun. - harakat, faoliyat - har qanday korinishdagi ma ..

                                     

ⓘ Energiya

Energiya fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir.

Energiya yun. - harakat, faoliyat - har qanday korinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning ozaro va boshqalar zarralar bilan tasirlarining miqdoriy olchovi. Xalqaro birliklar tizimida energiya xuddi ish kabi joulda; atom fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektronvolt on olchanadi. Energiya yoqdan bor bolmaydi va mavjud energiya yoqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga otadi qarang Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Fizika materiya ozaro boglangan modda va maydon shaklida organiladi. Materiyaning harakatlariga mos holda energiya shartli ravishda mexanik, ichki, elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib tekshiriladi. Masalan, kimyoviy energiya elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan ozaro tasirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yigindisiga teng. Muayyan tizimning holatini ifodalovchi parametrlarga bogliq bolib, tizimning har bir holatiga aniq bir energiya qiymati togri keladi. Tizim1shng istalgan holatidagi energiya qiymati tizim bu holatga qanday usul bilan kelganligiga bogliq emas. Binobarin, energiya tizim holatining funksiyasidir. Tutash muhit yoki maydon uchun energiya zichligi va energiya oqimi tushunchalari qollaniladi. Birlik hajmdagi energiya zichligi va energiya zichligining uning tarqalish tezligiga kopaytmasiga teng kattalik esa energiya oqimi deb ataladi. Tartibsiz harakatlanuvchi juda kop zarralardan iborat tizimlarning, yani makroskopik jismlarning ozaro tasirida issiklik miqdori muhim rol oynaydi. Tizimning mexanik harakatlanishi uchun tashqi kinetik energiyasini, boshqa tizimlar bilan maydonlarning ozaro tasiri tashqi potensial energiyasini hosil qiladi. Tizimning tashqi energiyasi tashqi kinetik va tashqi potensial energiyalari yigindisiga teng. Makroskopik harakatsiz, boshqa tizimlar va maydonlar bilan ozaro tasir qilmagan tizim energiyasi uning ichki energiyasi boladi. Tizimning har qanday holatidagi ichki energiyasi aniq qiymatga ega, yani ichki energiya holat funksiyasidir. Tizimni tashkil qilgan atomlar va molekulalarning energiyalari, ular tarkibidagi elektronlar, yadrolarning ozaro tasir energiyalari va h.k. ichki energiya tarkibiga kiradi.

Termodinamikada erkin energiya va boglangan energiya tushunchalari qam keng qollaniladi. Bazan energiya turlari ichida issiqlik energiyasi ham mavjud. Tizim zarralarining betartib harakat energiyasi issiqlik energiyasi deb ataladi. Har qanday jism yoki elementar zarra energiyaga ega ekan, u massaga ham ega. Ammo shunday zarralar ham mavjudki, ularning tinch holatdagi massasi nolga teng, binobarin tinch holatdagi energiyalar ham nolga teng. Fotonlar va neytronlar shular jumlasiga kiradi. Atom yadrosi nuklonlardan tashkil topgan. Yadroning tinch holatdagi massasi nuklonlarning tinch holatdagi massalari yigindisiga teng emas Bu ikki massa ayirmasi AM yadroning massa defekti deyiladi. Klassik fizika tushunchalariga asosan har qanday tizimning holatlari uzluksiz ravishda ozgarib, energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega bolishi mumkin. Ammo kvant nazariyasiga asosan harakatlari chegaralangan hajmdagi fazoda sodir bolayotgan mikrozarralar har qanday holatlarda bola olmaydi, u faqat maxsus holatlardagina bolishi mumkin, binobarin bu holatlarga tegishli energiya uzlukli qiymatlarga ega boladi. Tashqaridan energiya kvantini qabul qilgan tizim koproq energiyali holatga otadi. Energiya kvantini tashqariga chiqarish natijasida tizim kamroq energiyali holatga qaytadi.

Barcha tabiat hodisalari, insonning butun hayoti va faoliyati energiya bilan bogliq. Keng kolamli energetika sohasi energiya tushunchasiga asoslangan. Energiya shakllarini ozaro almashtirish, energiyani uzoq masofalarga uzatish, uning malum manbalaridan foydalanish, yangi energiya manbalarini qidirish kabi masalalar fan va texnika uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Suv, shamol, ormon, komir, neft, gaz kabi cheklangan yer boyliklaridan katta suratlar bilan foydalanilishi natijasida ular tobora kamayib bormoqda, binobarin kishilik jamiyati oldida turgan dolzarb masala yangi energiya manbalarini qidirib topish. Hozirgi kunda diqqatga sazovor bolgan yangi energiya manbalari Quyosh qarang Geliotexnika, Geliofizika va atom yadrosi hisoblanadi. Ogir element yadrolarining parchalanishidan hosil boladigan energiyadan xalq xojaligida tobora keng foydalanilmoqda qarang Atom reaktori, Atom elektr stansiyasi. Yengil element yadrolari qoshilishidan ogirroq element yadrolari paydo bolishida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

                                     
  • Bog liq energiya - jismning massasiga bog liq bo lgan energiyasi. Jism energiyasi AYE ga o zgarganda jism massasi Lot s2 ga o zgaradi jism massasi t
  • Erkin energiya - termodinamik tizimning holatini ifodalovchi termodinamik potensiallardan biri qarang Termodinamika
  • Potensial energiya - mexanik tizim umumiy energiyasining ma lum ulushi. U shu tizimni tashkil etgan zarralarning o zaro joylashishi va tashki kuch maydonidagi
  • Ichki energiya - jismning faqat ichki holatiga bog liq bo lgan energiya jismni tashkil etuvchi molekulalarining xaotik tartibsiz ilgarilanma va aylanma
  • Kinetik energiya - jismning mexanik harakatdagi energiyasi. Ilgarilanma harakatda ishtirok etayotgan moddiy nuqtaning Kinetik energiyasi shu nuqta massasi
  • Armanistonda energiya Armanistonda energiya va elektr energiyasini ishlab chiqarish, import va iste mol qilishni tavsiflaydi. Armanistonda aniqlangan neft
  • Ionlanish energiyasi - elektronning quyi energetik holatda bo lgan erkin atomdan chiqib ketishi uchun zaruriy eng kam energiya
  • mexanikasi qonunlariga ko ra, energiya ma lum shartlar ustiga, har bir elektron konfiguratsiya bilan bog liq va, elektronlar energiya bir kvant chiqarish yoki
  • atamasi ostida fizik mavjud bo lmish jamiki narsalar: fazo, vaqt, materiya, energiya inersiya, fizik qonunlar va konstantalar majmui tushuniladi. Kundalik
  • EV - xalqaro birliklar tizimiga kirmagan, ammo qo llanib kelinayotgan energiya birligi bitta elementar zaryad elektron zaryad ning elektr maydonida