ⓘ Evanescence. == Kirish == Amerikan modern rockining yangi qahramonlarining yuzi bolib, Evanescencening vokalchisi Amy Lee boldi. Shunisi qiziqki, Evanescencenin ..

                                     

ⓘ Evanescence

== Kirish ==

Amerikan modern rockining yangi qahramonlarining yuzi bolib, Evanescencening vokalchisi Amy Lee boldi. Shunisi qiziqki, Evanescencening paydo bolishidan avval, alternative metal janrida ijod qiladigan guruhning vokalchisi ayol kishi bolishi mumkinligi hech kimning hayoliga kelmagan, kelgan taqdirda ham, umuman tasavvurga sigmaydigan fikr kabi surib tashlangan. Evanescence kabi guruhlar - Lacuna Coil va The Gatheringlarning misollari ayol vokali gitaraning agressiv riflarini toldirishini korsatardi, ammo ayol vokalchini birinchi oringa qoyish - hamkasblar - erkak vokalchilarga nisbatan hurmatsizlikdek tuyulgan. Amy Leeni bu pozitsiya hayron qoldirardi: "Mening ona shahrimda, men - ayol kishi vokalda turadigan hattoki bir dona guruhni ham bilmayman!"

                                     

1.1. Tarjimai holi Tanishuv

Litl-Rok - death metalning sahnasi rivojlangan Arkanzas shtatidagi kichikkina shaharcha. Aynan shu yerda, 1994-yili Amy Lee va Ben Moody uchrashishadi. Ular atigi 13 va 14 yoshda edilar. 1998-yilgi intervyusida Ben tanishuvlarining hususiyatlarini ochadi:

"Bir necha yil avval Amy va men bir bolalar oromgohida bolgan edik. Men kult musiqa chaladigan guruh bilan ijod qilardim, Amy esa ochiq havodagi ibodat bilan shugullanardi. Bir kuni bosh vaqtimda men sport zalida otirib, basketbol matchini korayotgan edim. Maydonning boshqa tarafida pianino turgan sahna bor edi. Men juda zerikib otirgan edim, bir vaqt Meat Loaf guruhining "I Would Do Anything for Love" qoshigiga kirishni chalayotgan pianino ovozlarini eshitib qoldim.

Men osha tarafga qaradim va pianinoda hech ham urinishlarsiz, katta talantini namoyish qilib chalayotgan qizni korib qoldim. Menda uygongan garaz tolqini pasayganidan song, men darrov turib oyin ketayotgan maydonni togridan-togri kesib otib, pianino oldiga yugurib bordim va qizga ozimni tanishtirdim.

Keyin u meni ozi yozgan qoshigi bilan yanada qattiqroq hayratga soldi. Men ozimni jannatda his qildim. Song u qoshiq aytishni boshladi. Men olib qolay dedim. Oromgohning bu kichik, ozgin kishisida men umrimda eshitib korgan ovozlardan eng kuchlisi va eng chiroylisi bor edi. Qandaydir qilib, men uni boshqa hech kim bilan oynamaslikka undirdim, va osha paytdan boshlab u meniki bolib qoldi".

Ben bu hikoyani bir necha marotaba aytib bergan edi, ammo Amy uni togrilardi: "Nima haqida gapiryapsan?! Men hech qachon bu qoshiqni ijro etmaganman!. Ha, mayli ijro etgandirman, ammo meni Meat Loaf guruhi bilan assotsiatsiya qilishlarini istamayman!". Amy aytadiki, bu nima bilan tugashini oldindan bilganida, ijro etish uchun boshqa qoshiqni tanlagan bolar emish.

Musiqiy didlarining har xil bolishiga qaramay, yoshlar tezda til topishishadi. "Biz asosiy narsada bir-birimizga mosmiz - musiqaga bolgan qarashlarimizda, - deydi Ben. - Biz bir-birimizni sozlarsiz tushunamiz va bir-birimizni fikrlarimizni tugatamiz".

                                     

1.2. Tarjimai holi Birinchi yozuvlar

Evanescence haqidagi birinchi eslashlar 1990-yillarning ohirlariga togri keladi. "Give unto Me" va "Understanding", keyinchalik esa "My Immortal" va "Haunted" qoshiqlari aynan osha paytda yozilgan edi, ohirgi ikkitasini Ben yozgan. Ben yozgan deyarli hamma qoshiqlar singari, ular qisqagina tarixga ega edilar. "Haunted"ning matnini Amy Benning taqdir istagi bilan yovuz uyga qamalgan kichik qizaloq haqida hikoyasini oqigandan keyin yozadi. Uy uni asirlikda ushlaydi va mana 10 yildan buyon u qiynoqlarining sababchisi bolgan kishini korgisi keladi, uni sevadi va bir paytda undan nafratlanadi, ammo u uning hayotidagi yagona odam va qizning hayoti usiz mavjud bola olmaydi. "My Immortal"ning tarixi yuqorida aytib otilgan hikoya bilan qandaydir manoda kontrast yaratadi. Dilni ortab yuboradigan lirikasi, hayot va olim haqida mulohazalari, shu jumladan oz joniga suiqasd qilish haqidagi oylariga qaramay, guruhning qoshiqlari bir-biridan juda farq qiladi. "My Immortal" - sevgilisini tinch qoymayotgan vafot etgan qizning arvohi haqida qoshiq. Biz sevadigan insonlarning ruhlari bizlarni tark etmaydi, qachonki buni ozimiz hohlamasak. Bu qoshiq ayriliq va qiyinchiliklar haqida. Aytishimiz mumkinki, hozirgi vaqtda bu qoshiq ularning eng ommaviy va mashhur qoshiqligidir.

Brad Caviness Litl-Rokdagi ozining KABF radiosida "formatda bolmagan" musiqaligiga qaramay, "Understanding" va "Give unto Me" qoshiqlarini aylantira boshladi.

Bjork, Danny Elfman va Tori Amos kabi artistlarning tasiri ostida guruh oz materiallaridan demo-albomlar chiqara boshladi. Hattoki, jonli sahnaga chiqishlarga ega bolmay, Evanescence ozining reputatsiyasiga ega bola boshladi. "Biz ishlab chiqqan narsalarning kop qismi amalga oshirilmadi" - eslaydi Ben. Yangi gotik guruh haqidagi mish-mishlar Litl-Rokning tashqarisida ham tarqaldi - va buning hammasi guruh bir dona ham konsert bermagan holatida! "Tosatdan, biz mashhur ekanligimizni angladik, - eslaydi Ben Moody. - Bizning qoshigimizni radioda juda kop aylantira boshlashdi, ammo paradoks shunda ediki, hech kim bizni tanimasdi va bizni qanday topishni bilmas edi. Biz esa korinmasdik, konsertlarni ham bermasdik, chunki guruh atigi ikki kishidan iborat edi - men va Amydan".

"Understanding" qoshigi musiqachilar yozib, oz kuchlari bilan chiqargan debyut albom - EP Evanescence 1998ga kiritiladi. Albom bir kecha ichida, Litl-Rokdagi ularning birinchi konserti Vinoda 100 nushada tarqaladi. Albom chiqaruvidan song guruh oziga Evanescence nomini oladi ungacha ular Stricken & Childish Intentions deb nomlanishardi.

Whisper EP keyinroq, 1999-yili BigWig Enterprises yordamida CD-Rlarda atigi 50 nushada realizatsiya qilinadi.

2000-yilda guruhga David Hodges qoshiladi, u klavishlarda chaladi. Aytish mumkinki, bu juda hayratlanarli hol edi, chunki Ben Moody - tugma pedant - ozi bilan birga chalish qulay bolganlarni juda tirishqoqlik bilan saralardi. Shu yilning ozida Origin demo-albomi chiqariladi. Bu CD 2000-yil 4-noyabrda Litl-Rokda Evanescence, Living Sacrifice, Squad 5-0 va yana ikki guruh ishtirok etayotgan shouda taqdim etiladi.

                                     

1.3. Tarjimai holi Muvaffaqiyat qanotlarida

Internetga tashlangan yozuvlar "Wind-Up Records" leyblining boshliqlarining diqqatini tortdi. Bu leybl "xristian" musiqani chiqarar edi. Bu vaqtga kelib, duet yana bir gitarachi - Jon LeKompt Killing System va barabanchi Roki Greyga Living Sacrifice, Soul Embraced ega boladi. "Wind-Up Records" yordami bilan komandaning kompozitsiyalari "xristian" radiostansiyalarida yangrashni boshladi. "Bring Me to Life" qoshigini efirida qoygan birinchi radiostansiya Litl-Rokdagi KLAL-FM edi. Syd stansiyasining musiqiy boshligi Bring Me to Life qoshigini 2002-yil yozida eshitib qoladi va bu qoshiq potensial hitligini hammadan avval sezadi. Syd qoshiqni stansiyada qoyishni boshlaydi, keyingi yilning boshlariga kelib esa boshqa yonalishli stansiyalar alternativ, xristian va boshqa ommaviy stansiyalar undan namuna ola boshladilar. "12 Stones" vokalchisi Paul Maccoy ishtirokida yozilgan bu "Bring Me to Life" qoshigi "Daredevil" filmining prodyuserlari nazariga tushadi va ular guruhga filmning saundtrekiga yana bir ashulaligi - "My Immortal"ni qoshishni taklif etadilar. Bu filmga bagishlangan musiqali albom 2003-yil fevralda chiqadi, Evanescencening mashhurlikka erishishiga esa sanoqli kunlar qolgan edi. Issiq izlar boylab chiqarilgan "Fallen" debyut albomi "Daredevil" filmining muvaffaqiyati tufayli amerika rasmiy hit-paradining yettinchi qatorida debyut qiladi va bir oydan song birinchi platinasiga erishadi. Guruhning debyut albomi 12 millionlik adad bilan tarqaladi va bir necha bor platinaviylik unvoniga erishadi. "Fallen" 2004-yilning eng yaxshi albomi sifatida Grammyda nomzodlikka qoyiladi. "Fallen" albomi 2002-yili Los-Anjeles shahrida Dave Fortman Boysetsfire, Superjoint Ritual prodyuseri bilan birgalikda yozilgan edi. Yozuvning tugashi bilan, 2002-yil 19-dekabrda David guruhni tark etadi. Albom toyingan gozallik va musiqaning ogirligi ortasidagi sezib bolmas balansni topadi. Tipik yozuv bolib - birinchi singl - "Bring me to life" bola oladi. 2003-yil mayida u Amerika chartining choqqisiga chiqadi va u yerda ikki hafta ushlanib turadi, iyunda esa Evanescence britan chartini ham ishgol etadi.



                                     

2. Diskografiya

Albomlar

  • Fallen 2003-yil, 4-mart Wind-up Records
  • Sound Asleep EP 1999 shaxsiy reliz
  • Anywhere but Home 2004-yil, 23-noyabr Wind-up Records
  • The Open Door 2006-yil, 3-oktyabr Wind-up Records
  • Evanescence 2011-yil, 7-oktyabr Wind-up Records
  • Evanescence EP 1998 shaxsiy reliz
  • Origin 2000-yil, 4-noyabr Bigwig Enterprises
  • Mystary EP 2003-yil, yanvar Wind-up Records
                                     

3. Havolalar

  • Evanescence qoshiqlarining matnlari ingl. Arxivlandi 2007-09-27Wayback Machine saytida.
  • Guruh ishtirokchilari avvallari habar tashlaydigan forum, bu yerga Amy Leening otasi hozirgacha kirib turadi
  • Evanescence Türkiye Fan Sitesi Arxivlandi 2007-10-09Wayback Machine saytida.
  • Evanescences Last Imaginary Arxivlandi 2008-03-09Wayback Machine saytida.
  • Out Of The Shadows - The Amy Lee Fund for Epilepsy
  • Guruh ishtirokchilari muloqotga chiqadigan forum
  • Guruh haqida ruscha sayt Arxivlandi 2008-03-08Wayback Machine saytida.
  • Evanescence va Slipknot haqida ruscha sayt
  • Italyan fan-sayti italyan va ingliz tillarida
  • Evanescence. Guruhning Ukraina fan-sayti Arxivlandi 2007-08-31Wayback Machine saytida.
                                     
  • Chamber Cold Crazy Town Cypress Hill Deftones Disturbed Drowning Pool Evanescence Gothic metal Exilia Fuel Godsmack Guano Apes Ill Niño Lotin Amerikasining
  • studiyalarida olib borildi. Albomni tugatish ishiga mashhur Jay Baumgardner Evanescence Papa Roach, Hoobastank, Korn, va.b Rich Costey Muse, Franz Ferdinand