ⓘ Termoyadroviy reaksiya yoki yadroviy sintez deb ikki yoki undan ortiq atom yadrolarining qoshilib, ogirroq yadro hosil qilish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon da ..

                                     

ⓘ Termoyadroviy reaksiya

Termoyadroviy reaksiya yoki yadroviy sintez deb ikki yoki undan ortiq atom yadrolarining qoshilib, ogirroq yadro hosil qilish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon davomida materiya butunligicha saqlanmay, massaning bir qismi energiyaga aylanib, ajralib chiqadi. Bu reaksiya faol yulduzlarni quvvatlaydi. Termoyadroviy reaksiya yadroviy reaksiyaning bir turidir.

Massasi temirdan kichik ikki yadro sintezi tashqariga energiya ajratadi, ogirroq yadrolar esa energiya yutadi temir, nikel bilan birgalikda eng katta bog energiyasining nuklonga nisbatiga ega. Yadro bolinishida esa aksincha boladi. Bundan kelib chiqadiki, sintez yengilroq, bolinish esa ogirroq unsurlar bilan sodir boladi. Qisqa muddatli ogir yadroli sintez roy beradigan ekstremal astrofizikaviy hodisalar ham mavjud. Bunday hodisalar, masalan, ota yangi yulduz paydo bolayotganida yuz berib, nukleosintezga sabab boladi.

Ernest Rutherford olib borgan transmutatsiyaga oid tajribalarga asoslanib, 1932-yili Mark Oliphant laboratoriya sharoitlarida birinchi bolib ogir vodorod izotoplari sintezini amalga oshirdi. Kop vaqt otmay Hans Bethe yulduzlardagi termoyadroviy reaksiya asosiy siklini ayonlashtirdi. Harbiy maqsadlarda sintez tadqiqotlari 1940-yillar boshida, Manhattan loyihasi qismi olaroq olib borildi, natijada 1951-yilga kelib ilk yadroviy bomba yaratildi.

Energiya olish maqsadida boshqariladigan yadroviy reaksiya ustida tadqiqotlar 1950-yillardan bugungacha davom etib kelmoqda. National Ignition Facility va ITER loyihalari doirasidagi bunday tadqiqotlar yadroviy energiya ishlab chiqarish istiqbolini yaqinlashtirmoqda.

                                     

1. Havolalar

  • NuclearFiles.org
  • Annotated bibliography for nuclear fusion from the Alsos Digital Library for Nuclear Issues Arxivlandi 2016-03-04Wayback Machine saytida.
Tashkilotlar
  • CCFE Culham Centre for Fusion Energy
  • ITER International Thermonuclear Experimental Reactor
  • JET Joint European Torus Arxivlandi 2011-11-19Wayback Machine saytida.