ⓘ In Flames shvetsiyalik Melodik Death Metal guruh. Ijod qilayotgan musiqiy turlarini asoschisi ekanliklari tortishilsada, bu janrga katta tasir korsatganliklari ..

                                     

ⓘ In Flames

In Flames shvetsiyalik Melodik Death Metal guruh. Ijod qilayotgan musiqiy turlarini asoschisi ekanliklari tortishilsada, bu janrga katta tasir korsatganliklari qabul qilingan haqiqatdir.

                                     

1. Haqida

1990-yilda guruhning asoschisi Jasper Strömblad va Anders Fridén bilan osha paytlar azosi bolgan Ceremonial Oath guruhidan ketishga qaror beradilar. Noananaviy musiqa turida ijod qilish maqsadida Johan Larsson va Glenn Ljungström bilan In Flames ni tuzadilar. Birinchi demolarini Wrong Again firmasiga yuvoradilar. Firma egasi bu demoni yoqtiradi va ertasi kuni ularga telefon qiladi. Bu telefondan keyin guruh Lunar Strain nomli albomni tayyorgarchiliklarini boshlab yuboradilar.

Guruh keyinroq Subterranean nomli CD chiqaradilar. Bu albom orqali oziga diqqat qaratgan guruh, Nuclear Blast nomli olmon firmasi bilan ishlay boshlaydilar. Bu muvaffaqiyatdan kop vaqt otmay, albom yozish va sahnalarda ijro etish uchun har gal chaqirvurish jonlariga tekgan Anders Fridén va Björn Gelotteni guruhga taklif qiladilar.

The Jester Race albomini chiqarganlaridan keyin butun dunyoda, ayniqsa Yevropa va Yaponiyada katta muvaffaqiyat qozonadilar.

Keyingi yili Johan ve Glenn guruhdan ketadilar. Whoracle albomini yozish paytlarida kutilmagan holda ikkisi guruhdan ketayotganlarini elon qildilar va Björn, Jesper va Andersni yarim-chala yozilgan albomlari bilan tashlab ketadilar. Ularni ornini Peter Iwers va Niklas Engelin, albom yozilib olguncha egallab turdilar.

Keyinchalik bu ikkisi guruhga qoshilishni hohlayotganlarini aytdilar va qabul etildilar. Yevropa va Yaponiyada katta turnega chiqdilar. Turnedan keyin Shvetsiyaga qaytgach, Niklas bazi shahsiy sabablarga kora guruhdan ketadi. Niklas ketgach, baraban chalgan lekin aslinda gitarachi bolgan Björn gitarist boladi, baraban chalish uchun esa Daniel Svenssonni qoshadilar.

Bu ozgarishlar ishga yaraydi va The Colony albomini chiqaradilar va kutilgan hamma narsani oladilar. Albom turnesida konsert maydonlari toppa tola boladi.

Bir necha yil surgan bu turnelardan keyin 2000-yilning avgustida, 3 oy studioda ishlagach The Claymanni chiqaradilar va sotishda rekord raqamlarga erishadilar. Dream Theater, Slipknot, Testament, Methods of Mayhem guruhlari bilan festivallarda ishtirok etgandan keyin yana turnega chiqadilar. Turne paytida Jester Yaponiyada eng yahshi qoshiq yozuvchisi tanlanib BURRN! mukofotini oladi. Yaponiya turnesida Peter Iwers qatnashmaydi va uni ornini Armageddon guruhidan Dick Löwgren oladi. Peter Skandinaviya turnesida yana guruhga qoshiladi. 2000 yilda tahminan 150 martta sahnaga chiqgan guruh 2001 yil tatilga chiqadilar.

2001-yil Only for the weak nomli klipni chiqargach, Yevropada 20.000 kishiga konsert beradilar. 2002 ning yozida The Tokyo Showdown albomini chiqaradilar.

Keyinchalik Daniel Bergstrand bilan Dug-Out studiolarida ishlab, Reroute To Remain albomini chiqaradilar.Yana bir qancha turnega va namoyishlarga Slipknot, Mudvayne, Soulfly va Slayer guruhlari bilan chiqadilar. Oz mamlakatlarida esa Linkin Parkni orniga Hultsfred festivalida ishtirok ettilar.

Festivalni ertasi kuni Madridda birga sahna olish uchun Metallicadan taklif oladilar va 30.000 kishining qarshisida sahna oladilar. Keyingi albomlari Soundtrack to Your Escape ni yozish uchun Daniyada uy kiraga oladilar va u yerni studio qilib yuboradilar. Bu albom ham katta muvaffaqiyat olib keladi va yana son-sanoqsiz konsertlar beradilar.

2005-yil tugatilgan lekin 2006-yil chiqarilgan Come Clarity albomi bugungacha chiqargan albomlari ichida eng muvaffaqqiyatlisi bolib, kopchilik bu albomni guruhning qaytadan tugilishi deb tariflaydilar. Albom chiqarilgan haftayoq, Shvetsiya va Finlandiyada albom chartlarida 1-oringa chiqadilar. Bu muvaffaqiyatlar bilan bir qator guruhning anchagina muhlisi guruh musiqasini borgan sari tijoriy tus olayotganini tanqid qiladilar.

                                     

2. Guruh tarkibi

Anders Fridén - Vokal Jesper Strömblad - Gitara Björn Gelotte - Gitara Peter Iwers - Bas gitara Daniel Svensson - Baraban

Vokal

  • Joakim Göthberg 1994-1995
  • Mikael Stanne 1993-1994
  • Henke Forss 1994-1995

Gitara

  • Anders Iwers 1990-1992
  • Carl Näslund 1993-1994
  • Niklas Engelin touring 1997-1998
  • Martin Mathisen 1993-1994
  • Glenn Ljungström 1990-1997
                                     

3. Diskografiya

Albomlar

  • 1995 - Subterranean
  • 1997 - Black-Ash Inheritance
  • 1999 - Clayman
  • 1994 - Lunar Strain
  • 1995 - The Jester Race
  • 2006 - Come Clarity
  • 2001 - The Tokyo Showdown live
  • 2004 - Soundtrack to Your Escape
  • 1999 - Colony
  • 2002 - Reroute to Remain
  • 1997 - Whoracle

Singllar

  • 2004 - The Quiet Place
  • 2002 - Cloud Connected
  • 2003 - Trigger
                                     
  • Fear My Thoughts Fragments of Unbecoming Heaven Shall Burn Hypocrisy In Flames Insomnium Into Eternity Kalmah Mors Principium Est Neaera Neuraxis Nightrage
  • Anthony July 15, 2018 Why Dwayne Johnson Pic Skyscraper Went Up In Flames At The B.O. With 25M Deadline Hollywood. Penske Business Media. July
  • June 16, 2012. Fischer, Russ July 13, 2011 Nick Frost is the Final Dwarf in Snow White and the Huntsman Film. July 25, 2011. Florence And The Machine