ⓘ Olimlar ..

Hannes Alfvén

Hannes Alfvén - shved fizigi va astrofizigi. Magnit gidrodinamikasi asoschisi, plazmada tolqinning bir turi mavjudligini bashorat qilgan. Nobel mukofoti laureati.

Luis Walter Alvarez

Luis Walter Alvarez – amerikalik fizik. Elektron tutishni ochgan. Pufaksimon kameralar bilan ishlashning zamonaviy usulini yaratgan. Kopgina rezonanslarni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati.

Carl David Anderson

Carl David Anderson – amerikalik fizik. Kosmik nurlarda pozitronlar va myuonlar mavjudligini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati.

Mixail Andreyev

Mixail Stepanovich Andreyev – etnograf, tilshunos, eronshunos olim. Ozbekiston Fanlar Akademiyasi akademik 1943, Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir azosi 1929, Ozbekiston va Tojikistonda xizmat korsatgan fan arbobi 1945, 1944, Toshkent gimnaziyasini, Turkiston oqituvchilar seminariyasini tugatgan. Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida oqigan 1894. 1897 yil Moguliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1918–20 ylarda Turkiston sharq-shunoslik instituti, keyinroq Orta Osiyo davlat untida sharqshunoslik fakulteti dekani. 1927–47 yillarda dotsent, songra professor Ozbeki ...

André-Marie Ampère

André-Marie Ampère – fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij fanlar akademiyasi a’zosi, Parijdagi Normal maktab professor. 1820 yilda elektr toklarining oza-ro mexanik ta’siri nn kashf qilgan, tok ta’sirida magnit mi-lining ogish yonalishini aniqlaydigan "Qalqovich qoidasi"ni ta’riflab bergan, magnitlarning ozaro ta’siri aylanma elektr to-klarining ozaro ta’siridir degan gipotezani taklif qilib, magne-tizmning dastlabki nazariyasini yarat-gan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari "Tajribadan keltirib chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi" asarida tavsiflangan.

Philip Warren Anderson

Philip Warren Anderson - amerikalik fizik. Ilmiy ishlari qattiq jismning kvant nazariyasiga oid. Nobel mukofoti laureati.

Edward Victor Appleton

Edward Victor Appleton – angliyalik radiofizik. London qirollik jamiyati azosi. Kembrij universitetini tugatgan. London universiteti, Kembrij universiteti professor, Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi. Edinburg universiteti rektori. Asosiy ilmiy ishlari radiotolqinlarning tarqalishi va sonishiga oid. 1924 va 1927 yilda ionosferaning radiotolqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati.

Werner Arber

Werner Arber – Shveysariya genetigi. Bakteriyalarda restriktaza – hujayraga tushib qolgan begona DNK molekulasini oziga xos parchalovchi fermentlarni kashf qilgan. Daniel Nathans va Hamilton Smith bilan birga Nobel mukofoti laureati.

Vladimir Arnold

Vladimir Arnold - rossiyalik matematik. Arnold topologiya, differensial tenglamalar nazariyasi, nazariy mexanika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Arnold XX asrning eng buyuk matematiklaridan biri hisoblanadi. SSSR fanlar akademiyasi akademigi, AQSh Milliy fanlar akademiyasi xorijiy azosi, Fransiya fanlar akademiyasi, London qirollik jamiyati, Dei Lincei milliy akademiyasi, Amerika falsafiy jamiyati azosi bolgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Arnold Moskva shahridagi 59-maktabda oqigan. 1959-yil Moskva davlat universitetining mexanika va matematika fakultetini tamomlagan. 1 ...

Svante Arrhenius

Svante Arrhenius – shved olimi, fizik-kimyoning asoschilaridan biri. Peterburg fanlar akademiyasi xorijiy muxbir a’zosi. Elektrolitik dissotsiatsiya naza-riyasini ishlab chiqqan. Asarlari kimyoviy kinetika, shuningdek astronomiya, astrofizika va biologiyaga oid. Nobel mukofoti laureati.