ⓘ Alfa Sentavr yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy korinma yulduz kattaligi -0.27 bolib, tungi osmonda yo ..

                                     

ⓘ Alfa Sentavr

Alfa Sentavr yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy korinma yulduz kattaligi -0.27 bolib, tungi osmonda yorqinligi boyicha Sirius va Kanopus yulduzlaridan keyin turadi.

Tarkibiga Alfa Sentavr A α Cen A; 110% Quyosh massasi va 151.9% yorqinligi, Alfa Sentavr B α Cen B; 90.7% Quyosh massasi va 44.5% yorqinligi kiradi. Bu ikki yulduz massalari markazi atrofida 79.91 yillik davr bilan aylanadi. Quyoshdan 1.34 parsek 4.37 yoruglik yili masofada joylashgan. Bundan tashqari Alfa Sentavr atrofida uchinchi yulduz, qizil mitti Proksima Sentavr α Cen C ham aylanadi.

2012-yil oktabrida Alfa Sentavr tarkibida kamida bitta sayyora - hajmi Yerdek keladigan Alfa Sentavr Bb borligi kashf etildi. Uning massasi Yernikidan 13% ortiq bolib, Alfa Sentavr B atrofida 3.236 sutka davr bilan aylanadi. Yulduzidan atigi 6 million km uzoqda joylashgan bu sayyora sirtidagi harorat 1500 K bolishi taxmin etiladi.

                                     
  • milliardlab sayyora mavjudligi taxmin etiladi. Bizga eng yaqin ekzosayyora Alfa Sentavr yulduz tizimida joylashgan. Interactive Extra - solar Planets Catalog.