ⓘ GSM standartidan dunyoning 212 mamlakat va yerlarida, 2 milliarddan ortiq kishi foydalanishadi. Standartining keng tarqalganligi Mobil Tarmoq Operatorlari orasi ..

                                     

ⓘ GSM

GSM standartidan dunyoning 212 mamlakat va yerlarida, 2 milliarddan ortiq kishi foydalanishadi. Standartining keng tarqalganligi Mobil Tarmoq Operatorlari orasida Halqaro rouming Roaming hizmatini keng joriy qilish bilan birgalikda, foydalanuvchilar uchun shaxsiy mobil telefonlarini boshqa mamlakatlarda ishlatish imkonini beradi. GSM tarmogida Identifikatsiyalanish Identification SIM modul orqali amalga oshiriladi. GSM identifikatsiya jarayoni uchun A3 vayoki A8 algoritmidan, ovoz va boshqa axborotlarni uzatishda A5 keyinchalik A5/1, A5/2 ishlab chiqilgan algoritmidan foydalanadi. GSM mobil tarmoq standartlarining 2-chi avlodi Second Generation-2G hisoblanadi. GSM standarti 850 MHz, 900MHz, 1800MHz, 1900MHz chastotali diapazonlarda hizmat korsatadi. 2ta chastotali diapazonda ishlovchi telefon apparatlar dual-band, 3 va 4 chastotali diapazonda ishlovchi telefonlar tegishli ravishda tri-band va quad-band telefonlar deb ataladi. Kup operatorlar hizmatlarini 900Mhz va 1800MHz diapazonida amalga oshirishadi. 900MHz diapozonda, uplink yani axborot uzatish uchun 890MHzdan 915MHzgacha bulgan 124ta tashuvchi chastotasi bulgan 25MHzli diapozondan foydalaniladi. Downlink yani axborot qabul uchun 935MHzdan 960MHzgacha bolgan diapazon qollaniladi. GSM Mobil Qurilma MQ Mobile Equipment va Asosiy Stansiya AS Base Stationdan iborat. Mobil qurilma oz navbatida mobil telefon apparati va SIM oddiy xalq tilida sim-kartadan iborat. GSM ning kamchiligi Mobil Qurilmaning Asosiy Stansiyaga shubxasiz ishonuvchanligidir. Yani Stansiya