ⓘ Liberalizm - odamlarning ozini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, naza ..

                                     

ⓘ Liberalizm

Liberalizm - odamlarning ozini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm goyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi hamda "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" da mujassam bolgan. 19-asr va 20-asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm goyalariga kora, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. 20-asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya goyalari bir-biriga yaqinlashdi.

                                     

1. Liberalizmning asosiy prinsiplari

Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muhim siyosiy malumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini taminlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bolgan kopgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning ilohiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental prinsiplari quyidagilarni oz ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi huquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni taminlashdan iboratdir. Zamonaviy korinishda liberalizm kamchilikning huquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni kozda tutadi. Bazi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning oz imkoniyatlarida tengligini, malumot olishi va foyda korishidagi farqni qisqartirishni taminlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat oz majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini taminlashi lozimligini korsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat korsatish davlat majburiyatlaridan biridir.

Liberallarning qarashlariga binoan hukumat oz qaramogidagi insonlarning qiziqishlarini kozda tutib faoliyat korsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi kopchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozirda liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi liberal demokratiyadir.

                                     

2.1. Korib chiqish Etimologiya va tarixiy ishlatilishi

"Liberal" sozi lotincha: liber "erkin" degan sozdan kelib chiqadi. Tit Liviy "Rim shaxri asoslanishi vaqtidan tarixi" kitobida plebeylar va patritsiylar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib otadi. Mark Avreliy ozining "Fikr yuritishlarida" "barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va soz erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor oz qol ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat" haqida soz olib boradi. Italiyada renessans davrida ushbu kurash mustaqil shahar-davlatlar va Rim Papasi orasida kotarila boshladi. Nikolo Makiavelli "Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida oylar" asarida respublikancha boshqaruv prinsiplarini tariflaydi. Angliyada Jon Lokk va Fransiyada marifatparvarlar erkinlik uchun kurashni inson huquqlari tushunchasi asosida tariflashdi.

AQSH mustaqilligi uchun urush natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqaruvi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urgu berildi. Fransiya burjuaziyasi ham buyuk fransuz revolyutsiyasi vaqtida liberal prinsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. "Liberal" sozining siyosiy yonalish tarafdorlariga nisbatan, dastlab, absolyutizmga qarshi bolgan Ispaniya 1812 y. konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan bolishi kerak. XVIII asrdan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy goyaga aylandi.

Liberal fikrlarni amalga oshirishdagi dastlabki harakatlar qisman natija berardi, bazida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi masalan, diktaturalarning paydo bolishi. Tenglik va erkinlik shiorlaridan avantyristlar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. Urushlar, inqiloblar, iqtisodiy inqirozlar goyalarga ishonchni yoqotardi. Shu kabi sabablar tufayli liberalism turli davrlarda turlicha talqin qilindi. Vaqt otishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri - liberal demokratiya yuzaga keldi.

                                     

2.2. Korib chiqish Liberalizm shakllari

Dastlab liberalizm barcha huquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qolida bolishi kerak, davlat esa shu huquqlarni himoya qilish uchun mavjud bolishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi klassik liberalizm. Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda kopgina oqimlarni oz ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto toqnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan "Inson huquqlari deklaratsiyasida" korsatib otilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada "siyosiy liberalizm" - demokratiya uchun va absolyutizm yoki avtoritarizmga qarshi kurash; "iqtisodiy liberalizm" - shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; "madaniy liberalizm" - shaxs erkinligini himoya qilish va unga vatanparvarlik yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; "ijtimoiy liberalizm" - imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi manolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qoshilishidan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari orasida asosan soglom yashash muhiti va kolonializmga qarshi "ogalik liberalizmi" keng tarqalgan.



                                     

2.3. Korib chiqish Siyosiy liberalizm

Siyosiy liberalizm - alohida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, ijtimoiy institutlar individuumlarni real hokimiyat bilan taminlash uchun mavjud deb takidlovchi qarash. Angliyaning Buyuk erkinlik xartiyasi 1215-yil bazi shaxs huquqlarining monarxdan kengroq doirada qollanilishi namunasidir. Bunda asosiy xolat ijtimoiy shartnomadan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar ozlari qonun yaratishadi va ozlari shu qonunga boy sunishadi. Qonun ustuvorligiga alohida urgu beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, etiqodi va xokazolardan qatiy nazar ovoz berish huquqini oz ichiga oladi.

                                     

2.4. Korib chiqish Iqtisodiy liberalizm

Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi huquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori "erkin xususiy korxonadir". Davlatni aralashmaslik prinsipiga laissez-faire asoslangan kapitalizm muqobil deb bilinadi, bunda davlat subsidiyasi va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish kozda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb takidlashadi. Ularning bazilari davlat monopoliya va kartellarni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, yani bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb takidlashadi. Bazilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki sud tizimi kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham tasir otkazishiga yol qoyishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli libertianlikda yaqqol namoyon bolgan. Boshqa korinishlari monarxizm va anarxo-kapitalizmdir. Qarang: neoliberalizm, liberalizatsiya.

                                     

2.5. Korib chiqish Madaniy liberalizm

Madaniy liberalizm etiborini dastlab ong va xayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, etiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni oz ichiga oladi. Jon Styuart Mill ozining "Erkinlik haqida" essesida quyidagini takidlaydi: "Odamalrning mustaqil yoki guruhda bolib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi - oz-ozini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat azosi ustidan hukm otkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin". Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning adabiyot va sanat, ilmiy guruhlar faoliyati, qimor oyinlar, fohishabozlik, jinsiy aloqaga kirish yoshi, abort, kontratseptiv vositalardan foydalanish, evtanaziya, alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi sohalarni boshqarishiga etiroz qilishadi. Xozirgi kunda Niderlandiya madaniy liberalizm eng yuqori darajasida bolgan davlat bolishi kerak.



                                     

2.6. Korib chiqish Ijtimoiy liberalizm

Ijtimoiy liberalizm XIX asr oxirida utilitarizm tasiri ostida yuzaga keldi. Bazi liberallar, toliq yoki qisman, marksizm va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun oz hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. Jon Dyui va Mortimer Adler kabi bazi faylasuflar barcha individuumlar, jamiyat asosi sifatida, oz qobiliyatlarini amalga oshirish uchun malumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi tasirlardan himoya kabi muhim extiyojlar bilan taminlanishi kerak deb korsatishdi. Bunday jamiyat taminlovchi pozitiv huquq, aralashmaslikka asoslangan, negativ huquqdan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ huquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv huquqlar kafolati berilishi zarurdir deb takidlashadi, chunki amalda kam taminlangan aholi yashab qolish maqsadida bazi huquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga bazi cheklanishlar kiritishni qollab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh kotarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun aholini soliqlar yordamida ijtimoiy himoya qilishini kutadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv huquqlar negativ huquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yol qoyish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb korishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy himoyadan iborat va oz ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan taminlash, tibbiy yordam, orta talim, nafaqa bilan taminlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni himoya qilish, fan va sanatni himoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qoyish imkoniyatini yoqotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish bolgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. Ong va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urgu berishadi. Bazi tadqiqotchilar pozitiv va negativ huquqlarni qarama-qarshi qoyish suniy va noorin deb korsatishadi, chunki "negativ" huquqlarni taminlash oz navbatida jamiyatdan manbalar talab qiladi masalan, mulk egaligi huquqini taminlash uchun yuridik apparatdan foydalanish.



                                     

2.7. Korib chiqish Ogalik liberalizmi

Ogalik yoki fraternitar liberalizm xalqlar ogaligi urushdab keyin uchinchi dunyo davlatlarining kolonializmga qarshi kurashi natijasida paydo boldi. Bugungi kunda u huquqiy norma sifatida emas balki koproq turli intilishlar bilan bogliqdir. Uning maqsadi boshqaruv, moddiy boyliklar va texnologiyalarni rivojlangan davlatlar qol ostida bolishiga qarshi kurashdan iborat. Bu oqim tarafdorlari tinchlik, oz ozini aniqlash, iqtisodiy rivojlanish va umuminsoniy boylikalrga jamiyatning kollektiv huquqi bor deb takidlashadi. Ogalik liberalizmi, shuningdek, dunyo ekologik axvoli va gumanitar yordamga oz etiborini jalb qiladi.

Barcha yuqorida korsatib otilgan liberalizm shakllari davlat va shaxslar javobgarligi orasida balans bolishi lozim, davlat funktsiyalari shaxsiy sektor bajara olmaydigan masalalar bilangina cheklanishi kerakligini kozda tutadi. Liberalizmning barcha shakllari insoniy qadriyatlarni va shaxsiy erkinlikni huquqiy himoya qilishga qaratilgan va shaxslarning xatti-harakatlariga qoyilgan cheklanishlarni bekor qilish jamiyatni yaxshilanishiga olib keladi deb takidlaydi.

                                     

3.1. Liberal fikrning rivojlanishi Manbalari

Shaxsiy erkinlikka intilish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun xos bolgan. Masalan, XV asrda Florentsiya va Venetsiya shahar-davlatlari tuzilishi oz ichiga huquqiy davlat va demokratiya elementlari hamda erkin tadbirkorlik prinsiplarini olgan.

Liberalizm goya sifatida gumanizmga tayanadi. U Renessans davrida katolik cherkov hokimiyatiga qarshi chiqdi, hamda Angliyada Ajoyib revolyutsiya 1688 y. natijasida Viglarning qirolni saylash huquqiga ega bolishiga olib keldi. Oxirgi voqea oqibatida bosh hokimiyat xalq qolida bolishi kerak degan nuqtai nazarlar paydo bola boshladi. Biroq asl liberal oqimlar Oydinlanish davrida Fransiya, Angliya va kolonial Amerikada yuzaga keldi. Ularga qarshilar absolyut monarxiya, merkantelizm, ortodoksal din va klerikalizm edi. Bu liberal harakatlar birinchi bolib inson huquqlariga konstitutsionalizm va erkin saylov yoli bilan boshqarish tushunchalariga tayanib tarif berishdi.

Erkin shaxslar barqaror jamiyat asosi bolishi mumkin degan fikrni dastlab Jon Lokk olga surdi. Uning "Boshqaruv xaqida ikkita traktat" 1690 yil asari ikkita liberal prinsipni asoslab berdi: shaxsiy mulk egaligi va etiqod erkinligini oz ichiga oluvchi intellektual erkinlik. Uning nazariyasi asosi bolib yashash, shaxsiy erkinlik va shaxsiy mulk egaligi kabi tabiiy huquqlar xizmat qiladi. Fuqarolar jamiyat azosi sifatida ijtimoiy shartnoma tuzishadi; unga asosan ular tabiiy erkinliklarini himoya qiluvchi hukumat foydasiga oz hokimiyatlaridan kechishadi. Oz qarashlarida Lokk burjuaziyani himoya qilgan bolib, etiqod erkinligini katoliklar uchun va inson erkinligini xizmatkorlar uchun targib qilmagan. Lokk shuningdek demokratiyani qollab quvvatlamagan. Shuunga qaramasdan, uning bazi goyalari amerika va fransuz revolyutsiyalari asosi bolib xizmat qildi.

Yevropa kontinentida qonun oldida barcha, xatto oliy hukmdor ham teng degan doktrinani rivojlantirish bilan Sharl Lui Monteskye shugullandi. Davlat hokimiyatini cheklantiruvchi asosiy uslub deb, Monteskye, hukumat bolinishi va federalizmni xisobladi. Uning tarafdorlari bolgan iqtisodchilar Jan-Batist Sey va Destyut de Trasi davlatni iqtisodga aralashmaslik prinsipini targibot qilishdi. Oydinlashtirish davri donolaridan ikki kishi liberalizmga eng katta tasir korsatishdi: konstitutsion monarxiya tarafdori bolgan Volter va tabiiy erkinlik goyasini rivojlantirgan Jan Jak Russo. Bu ikki faylasuf shaxsning tabiiy erkinligini cheklash mumkin, lekin uning mazmunini yoqotish mumkin emas degan nuqtai nazarni turli shakllarda himoya qilishdi. Voltyer diniy sabr-toqat muhimligi va insonni kamsitishga yol qoymaslikni alohida takidladi.

"Ijtimoiy shartnoma haqida" 1762 y. traktatida Russo bu kontseptsiyaga yangicha tarif berdi. U kopgina odamlar mulk egasi bolmasdan jamiyat azosi bolishi, yani ijtimoiy shartnoma faqatgina mulk egalari huquqlarini mustaxkamlashiga etiborni jalb qildi. Bu shartnoma legitim bolishi uchun inson oz erkinligi orniga faqat jamiyat taminlab bera oladigan manbalardan foydalana olishi lozim. Russo bunday manbalardan biri insonni muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan va uni qonunga boy sunadigan fuqaro qiluvchi talimdir deb xisoblaydi. Boshqa manba bolib shaxsni oz millatiga va milliy extiyojlariga tegishliligi sifatida namoyon boladigan kollektiv respublikancha erkinlik xizmat qiladi. Buning oqibatida, malumotli inson oz erkinligini ozi cheklaydi, chunki bu uning qiziqishidadir. Millatning bir butun bolib irodasini namoyon qilishi xalqning oz ozini aniqlashidagina yuzaga keladi. Shunday qilib, ijtimoiy shartnoma milliy rozilik, milliy iroda va milliy birlikka olib keladi. Bu goyalar Fransiya revolyutsiyasi davridagi Milliy majlis deklaratsiyasi hamda Benjamin Franklin va Tomas Jeferson kabi amerika liberalizm arboblari dunyoqarashining asosi boldi.

Fransuz marifatparvarlari bilan birgalikda liberalizmga Devid Yum, Immanuil Kant va Adam Smit katta xissa qoshishdi. Devid Yum inson xatti-harakatidagi fundamental tabiiy qonunlar manaviy normalarga boy sunduradi, ularni cheklash yoki yoq qilish mumkin emas deb takidlaydi. Uning nuqtai nazarlari tasiri ostida Kant, dinga yondoshmasdan, inson huquqlariga manaviy asos berdi. Uning dunyoqarashiga binoan, bu huquqlar tabiiy qonunlar va obyektiv xaqiqatga asoslanadi.

Adam Smit manaviy hayot hamda iqtisodiy faoliyat davlat boshqaruvisiz mavjud bolishi mumkin degan goyani rivojlantirdi va oz tashabbusini erkin namoyon qila oladigan millatlar eng quvvatli bolishini takidladi. U feodal va merkantil boshqarish, patentlar va davlat protektsiyasi tufayli vujudga kelgan monopoliyalardan voz kechishga chaqirdi. "Manaviy tuygular nazariyasi" 1759 y. asarida u motivatsiya nazariyasini rivojlantrib, shaxsiy moddiy qiziqish qanday qilib boshqarilmaydigan jamiyatdagi tartib bilan uygunlikda mavjud bolishini korsatdi. "Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish" 1759 y. asarida u bazi sharoitlarda erkin bozor oz ozini boshqarish qobiliyati mavjud va turli cheklanishlar qoyilgan bozorga nisbatan koproq natijaga erishadi deb takidlaydi. Hukumatni u foyda kozlamaydigan faoliyat, masalan, qonunni himoya qilish bilan shugullanishga yollatdi. Uning soliqlar haqidagi nazariyasi soliqlar iqtisodga ziyon yetkazmasligi lozim va soliqlar hajmi foizi doimiy bolishi kerak degan holatlardan iboratdir.