ⓘ Shanxay hamkorlik tashkiloti SHHT - mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat - Qozogiston, Xitoy, Qirgizis ..

                                     

ⓘ Shanxay hamkorlik tashkiloti

Shanxay hamkorlik tashkiloti SHHT - mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat - Qozogiston, Xitoy, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston va Ozbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan 15-iyun 2001-yil. SHHTning vujudga kelish tarixi "Shanxay beshligi" deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogliqdir. Dastlab Qozogiston, Xitoy, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari raqbarlari "Shanxay beshligi" uchrashuvi bolib otgan. Unda chegaradosh mamlakatlar ortasidagi ishonchni mustahkamlash 1996 va qoshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyaroglarni qisqartirish 1997 togrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998 yildan "beshlik" mamlakatlarining ozaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi - Xitoy chegarasi boylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va kop tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taminlash choralariga otishga qaratildi. SHHTning Dushanbe 2000 sammitida Ozbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda "beshlik" negizida kop tarmoqli tashkilot tuzish togrisida taklif ilgari surildi. SHHT tasischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Ozbekiston oz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida 2001-yil iyun yangi tashkilotning maksad va prinsiplarini elon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash togrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning SanktPeterburgda bolgan 2-sammitida 2002-yil iyun ustav hujjati - SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari bosh vazirlar kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat Pekin shahrida joylashgan hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi MATT; Toshkent shahrida joylashgandan iborat. Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat korsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qomitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqom faoliyati yolga qoyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqomda esa ozaro tasdiqlangan lavozim orinlariga muvofiq SHHTga azo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga azo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda bolgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari togrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik togrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Ozbekiston Respublikasining Tashkilotga azo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini otkazib turish haqidagi tashabbusi qollab-quvvatlandi. SHHT azo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini ozlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Shanxay hamkorlik tashkiloti - Halqaro regional tashkilot.

ShHT ijro etuvchi sekretari - Dmitriy Mezentsev 2012.

                                     

1. Tarkib

Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar - Qozogiston, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston, Ozbekiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston.

Tashkilot faoliyati 1996 yilda Rossiya va Xitoy davlatlari ortasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT azoligiga Tojikiston, Qirgiziston, Qozogiston va 2001 yilda Ozbekiston kelib qoshilgan.

ShHT ning boshqa Sobiq SSSR hududi joylashgan regional tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy, Hindiston va Pokiston ham qoshilgan.

Kuzatuvchi Davlatlar

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlari safiga Eron va Moguliston kiradi.

                                     

2. Havolalar

  • Rasmiy sayti rus tilida
  • Bishkek sammiti rasmiy sayti rus tilida Arxivlandi 2007-12-22Wayback Machine saytida.
  • Enrico Fels, "Assessing Eurasias Powerhouse. An Inquiry into the Nature of the Shanghai Cooperation Organisation", Bochum, 2009. Ingliz
  • TERRORIZM, SEPARATIZM VA EKSTREMIZM GA QARSHI SHANHAY KONVENSIYASI Arxivlandi 2007-12-06Wayback Machine saytida.