ⓘ Yoruglik - inson kozi sezadigan elektromagnit tolqinlar. Bu vakuumdz. tolqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm gacha bolgan tolqinlar uzunligiga moye keladi. Spekt ..

                                     

ⓘ Yoruglik

Yoruglik - inson kozi sezadigan elektromagnit tolqinlar. Bu vakuumdz. tolqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm gacha bolgan tolqinlar uzunligiga moye keladi. Spektrning infrakizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham Yoruglik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yoq. Turli yoritqichlar Yoruglik chiqaradi. Yoruglik tolqin xossaga hamda korpuskulyar xossaga ega. Bazi hodisalar da Yoruglikning tolqin xossasi, boshqa hodisalar da korpuskulyar xossasi namoyon boladi. Yoruglikning tolqin xossasini tolqinlar nazariyasi, korpuskulyar xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala xossasi birbirini toldiradi. Yoruglikning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton, tolqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. Yoruglik qonuniyatlari optikayaa organiladi. Yoruglik bosimi, yani mexanik tasiri borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yoruglikning issiqlik, elektr, fotokimyoviy va b. tasirlari mavjud. Bazi qongizlar, osimliklar, elementlar ham ozidan Yoruglik chiqaradi.

Yoruglik birliklari - Yoruglik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, Yoruglik oqimi va b. yoruglik kattaliklari birliklari. Xalqaro birliklar tizimit Yoruglik kuchi birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yoruglik oqimi birligi qilib lyumen qabul qilingan. Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan Yoruglik oqimi, yani Yoruglik kvanti zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm2 sirtga tushayotgan 1 lyumen Yoruglik oqimi fot f bilan ifodalanadi. Fot bilan bir qatorda radfot radiatsiya ishlatiladi. Ravshanlik sirtga tik tushayotgan Yoruglik kuchi bilan olchanadi; ravshanlik birligi - stilb sb. Fotometriyada Yoruglik energiyasi joul, Yoruglik oqimi vattlar bilan olchanadi. Yoruglik bosimi - Yoruglikning uni qaytaruvchi va yutuvchi jismlarga, zarralarga, shuningdek, ayrim molekula va atomlarga korsatadigan tasiri. Yoruglik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619 yilda I. Kepler kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib otishidagi ogishini tushuntirish uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida Yoruglik bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli Yoruglik manbalari Quyosh, elektr yey uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar konveksion toklar, radiometrik kuchlar bilan niqoblanadi. Shu sababli, Yoruglik bosimini sof holda olchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899 yilda P. N. Lebedev tajribada anikdagan. Uning olgan natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga moye kelgan edi. U Yoruglikning gazlarga beradigan bosimini olchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli yulduzlar Yoruglik bosimi tasirida paydo buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga kura, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit tolqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligi i ga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi tolqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit tolqin quvvati Q erg/sm2s, qaytarish koeffitsiyenti R bolsa, u holda sirt yaqinida energiya zichligi u=Qh+R/c. Bundan Yoruglikning jism sirtiga bosimi P=Qh+R/c boladi. Yoruglik bosimi kolamlari birbiridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo bolishi bilan Yoruglik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi qarang Kompton effekti, Myossbauer effekti va b. Yoruglik vektori Yoruglik maydon nazariyasida - Yoruglik energiyasining kattaligini va kochirilish yonalishini aniklab beruvchi Yoruglik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida Yoruglikning hajm zichligi, Yoruglik oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va b. aniklanadi. Yoruglik kvanti - foton energiyasi. Yoruglik tolqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yani kvant tabiatga ham ega bolishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga kora, Yoruglik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. Yoruglik kuchi - korinuvchi nurlanish manbaining muayyan yonalishda yoruglanishini ifodalaydigan Yoruglik kattaligi. Yoruglik manbaidan fazoviy burchak birligi O.da tarqalayotgan Yoruglik oqimi F ni ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi SIda kandela kd Yoruglik kuchi olchov birligi deb qabul qilingan. Yoruglik kuchini aniqlash yoritish texnikasida uyjoylarni yoritish, tibbiyotda yoruglik bilan davolash, i. t. ishlarida amaliy ahamiyatga ega. Yoruglik oqimi. Yoruglik energiyasini sezishda, tabiiyki, koz alohida ahamiyatga ega. Inson kozining turli rangdagi Yoruglikni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali otayotgan Yoruglikning tolqin energiyasi emas, balki bu Yoruglik energiyasining bevosita kozga tasir etib korish sezgisi uygotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida otadigan va korish sezgisi bilan baholanadigan yoruglik energiyasi Yoruglik oqimi deb ataladi, yani F= W/t, bunda F - Yoruglik oqimi; t - Yoruglik tushayotgan vaqt oraligi; W - sirt orqali otayotgan, yani fazoviy burchak O. da tarqalayotgan Yoruglik energiyasi. Agar W - nuqtaviy manbadan barcha yonalishlar boyicha tarqalayotgan Yoruglik energiyasini ifodalasa, F - tola Yoruglik oqimini bildiradi. Yoruglik oqimining olchov birligi qilib lyumen lm qabul qilingan. U Yoruglik kuchi 1 qd bolgan manbaning fazoviy burchak 1 sr da hosil qiladigan Yoruglik oqimini ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yoruglik energiyasi - inson kozi sezadigan elektromagnit tolqinlar energiyasi qismi. U Yoruglik oqimining yoritish davomliligiga kopaytmasiga teng. Yoruglik energiyasi birligi - lyumen x xsekund lms.

Yoruglikning quyidagi xossalari ajratib korsatiladi:

  • Qutblanish
  • Chastota
  • Intensivlik

Yoruglik muammolari bilan fizikaning optika bolimi shugullanadi.