ⓘ Hayot-mamot, teleserial. Hayot-mamot, AQShdagi ABC televizion kanaliga oid serialdir. Hayot-mamot teleseriali 2004-yilning 22-sentabridan efirga uzatila boshlad ..

                                     

ⓘ Hayot-mamot (teleserial)

Hayot-mamot, AQShdagi ABC televizion kanaliga oid serialdir. Hayot-mamot teleseriali 2004-yilning 22-sentabridan efirga uzatila boshladi.

Bir faslda ortacha 23-24 bolim bolsada, 2008-yilgi 4-faslda faqatgina 13-bolim suratga olingan. Hayot-mamot ilk marta televizorda korsatilgandan boshlab bu kungacha eng yaxshi va eng kop inson tarafidan korilayotgan seriallardan biridir. Asosiy voqealar 22-sentabr 2004-yilda kuni Sidneydan Los-Anjelesga uchayotgan, OCEANIC havo yollariga tegishli 815-reysdagi samolyotning bir orol yoniga qulab tishishi va yolovchilarning bir qismi tirik qolishi bilan boshlanadi. Tirik qolgan yolovchilar orolda ozlarini tez orada kimlardir topishiga va yordam kelishiga umid qilib 3 kun otkazishadi va suvlari tugay degan vaqtda hayotda doktor bolgan Jack Shephard oroldagi ormon-chakalakzor ichida bir gor va uni yonida esa ichishga yaroqli suv topadi. Ular 3 kunda ham yordam kelmagandan keyin ozlarini hali beri bu oroldan qutulmasliklari mumkinligini tushunib yetishadi va bir oila kabi bir-birlariga yordam berib yashashga ahd qilishadi. Bu yerda Jack Shephardning "If we dont live together, were gonna die alone" yani "Agar birgalikda toda bolib yashamasak, yolgizlikda olib ketamiz" degan sozi kop insonga tasir qiladi. Mazkur serialda bosh rollarni Matthew Fox, Evangeline Lilly, Josh Holloway, Naveen Andreews, Terry Oquinn, Michell Rodriguez kabi taniqli aktyorlar ijro etishgan.