ⓘ Orol dengizi - Orta Osiyodagi eng katta berk shor kol. Mamuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koproq janubi-garbiy qismi Ozbekiston, shimoli-sharqiy qismi Q ..

                                     

ⓘ Orol dengizi

Orol dengizi - Orta Osiyodagi eng katta berk shor kol. Mamuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koproq janubi-garbiy qismi Ozbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogiston hududida joylashgan. Otgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan ortacha 68.0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda tortinchi, Yevrosiyo materigida ikkinchi orinda edi. Dengiz shimoli-sharkdan janubi-garbga chozilgan, uz. 428 km, keng joyi 235 km bolgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, ortacha chuq. 16.5 m atrofida ozgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer postining egilgan yeridagi botiqda hosil bolgan. Tubining relyefi tekis. Orol dengizida juda kop yarim orol va qoltiqlar bolgan. Shimol qirgoklarida eng katta qoltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichiganoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsaga, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoltiklari, Qulonli va Moynoq yirik yarim orollari bolgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh kotarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Ozboy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland bolib, jan.vajan sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida bolgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari garbiy qismida. Qoraqalpogiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.

Kolning sayoz joylari uning jan., janubi-sharqiy va sharqiy qismlariga togri kelgan.

Orol dengizi qirgoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan bazi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgogi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoltiqlar bor. Sharqiy qirgogi past; qumli, juda kop mayda qoltiq va orollar bolgan. Jan. qirgogi Amudaryo deltasidan hosil bolgan.

Garbiy qirgogi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol bolgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Kokorol 273 km², Vozrojdeniye 216 km² va Borsakelmas 133 km² edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38.6 km³, Sirdaryo esa 14.5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yoginlar ham muhim orin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogin yogadi. Atrofdan dengizga yiliga 5.5 km³ yer osti suvlari qoshilib turgan.

Dengiz chol zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv buglanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy ozgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida ozgarib turgan. Mas, 1785 yildan dengizda suv sathi kotarila boshlagan bolsa, 1825 yildan pasaygan, 1835 - 50 yillarda yana kotarilgan, 1862 yil kamaygan. Kokorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana kotarila boshlagan. 1899 yilga kelib Kokorol yarim orol bolib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ bolgan bolsa, 1935 yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga kopaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha ozgargan.

Orol dengizida suv sathining yil davomida ozgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogliq. Bahorgi yomgirdan ham dengiz sathi kotariladi. Suvi sathining yil davomida ozgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng bolgan. Suvining shorligi ortacha 10 - 11 %". Suvdagi tuzlarning kop qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga kora, suvi Kaspiy dengizi suviga oxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi korinadi. Suvining rangi kopgina qismida kok, qirgoklariga yaqini kokimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dek. ortalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga ozgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24 - 26°, qishda - 7°, - 13.5°. Orol dengizi sazan, chortan, sovyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran leshch, pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati 2002 yil.

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moynoqkabi yirik portlari faoliyat korsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam bolgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugullangan. Otgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida kop sonli baliq ovlash xojaliklari faoliyat korsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida Kokorol o., Bugun po-syolkasida sharqiy sohil, Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash z-dlari ishlab turgan.

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848 - 49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan.

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan boglikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha kop sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, otgan asrning 60-yillaridan sugoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal suratlarda pasaya boshladi.

Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigimiga tasiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin tasir korsatdi: 1911 - 60 yillarda dengiz sathi ortacha 53.04 m ni tashkil etib Boltik, sistemasida, daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yoggan atmosfera yoginlari miqdori esa 9.1 km³ ga teng bolgan. Sarflanish, yani chiqim esa, asosan, buglanishdan iborat bolib, shu davrda ortacha 66.1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911 - 60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bolakka bolingan: birinchisi - kichik va sayoz shimoliy qismi shorligi - 8 - 13g/l; ikkinchisi - nisbatan kattaroq maydonga ega bolgan va sayoz sharqiy qismi shorligi - 69 - 72 g/l; uchinchisi - eng chuqur hisoblangan garbiy qismi shorligi - 68-69 g/l. Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.

                                     

1. Adabiyot

  • Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Orta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari, T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

Fazliddin Hikmatov Dauletboy Aytboyev.

Orol dengizi Orta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogiston, janubdan Qoraqalpogiston Ozbekiston yerlari bilan oralgan.

1960-yillargacha maydoni 68.000 km 2 bolib, dunyoda kattaligi boyicha tortinchi kol bolgan. Biroq, uni taminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining kop miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoqotib, uchta alohida kolga aylandi. Shorlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boldi. Mahalliy iqlim ozgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq bola boshladi.

2010-yil malumotlariga kora Orol dengizi maydoni 13.900 km 2 dir.

1996-yil yanvarida Ozbekiston, Qozogiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgiziston ortasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.

                                     

2. Orol dengizining ekologik ahvoli

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1.5 - 2.10 ozgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boliq bolib, suvning hajmi 100 - 150 kub km, suv sathi maydoni - 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16.8 m ga pasaydi. 1994-yil 36.6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGl dan 34-37 gGl ga ortadi; 2000 yilga borib 180 - 200 gGl kotariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 - 110 sm tashkil etmoqda. Qirgoq chizigi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz bolibqoladi. Ekologik tizmlar, osimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oz ichiga shimoliy garbiy qizil qum, Zaungaoz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boyining umumiy maydoni - 473 ming km² bolsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Ozbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoz viloyatlari kiradi. Orol va orol boyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi chollanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga chol maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki malumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100 - 150 mln. tonnagacha chang - tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang - tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang - tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan kozatilgan. Chang - tozon uzunligi - 400 km, eni esa 40 km bolib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 - 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boyiga yogilayotgan chang - tuz zarrachalaridan umumiy miqdor ortacha 520 kgGga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri bolib koldi. KKR ning suoriladigan maydonlari chang - tuz fraktsiyalari 250 kgGga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shorlangan qum tuzlari yili orol boyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oza uchun ajratilgan maydonlar kasallik kozgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xojalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi II kategoriyada erlaning kopayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning orta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xojalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida kopchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xojalik maxsulotlari hosili Ozbekistonda - 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozogistonda - 33 %, Tojikistonda - 1990 Qirgizistonda - 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oz navbatida toqay osimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy bolgan utloki - botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir chol, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boyining sanitar - epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan suv bilan taminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni takidlash lozimki Orol oz tarixi davomida ilmiy malumotlarga karaganda kop marta oz shaklini ozgartirganini va korib qolgani malum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Orta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda "olik dengiz" deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoq. Dengizning qurigan soxillaridagi toplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugdiradi.Osha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablaglari ajratilgani bilan osha mablag dengizga xarajat qilinishini xech kim oz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablaglar osha erga "etmayapti". Buni kiska kilib shunday tariflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida qurgokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari "pichoq suyakka qadalganida" anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan song bu muammoni echish yollari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xojalik ehtiyojlariga ishlatilishi yani paxta, bugdoy sugorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga

                                     

3. Orol fojiasi

Orol dengizi va Orol boyi hududi mamuriy jihatdan Ozbekiston Qoraqalpogiston va Qozogiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koproq qismi Ozbekiston hududiga qarashli. Orolboyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining kasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol cholini oz ichiga oladi.

                                     

3.1. Orol fojiasi Orol dengizining yaqin otmishdagi holati

Orol dengizi Orta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shor kollardan biri hisoblanadi. Yaqin otmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68.0 ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Ortacha chuqurligi 50.5 m atrofida bolgan Havzasining kattaligi 690 ming kv km jihatdan Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqorikol va Afrikadagi Viktoriya kolidan keyin tortinchi orinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar bolib, ulardan eng kattasi Kokorol, Vozrojdenie, Borsakelmas bolgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha Amudaryodan 38.6 kub km, Sirdaryodan 14.5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogin yogadi. Dengizga 5.5 kub km erosti suvlari ham qoshilib turgan. Suvning shorligi 10-11 % bolib, suv tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moynoq kabi yirik portlari bolgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moynachilik ondatra, sabzavot-polizchilik bilan shugullangan. Aralsk va Moynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xojaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash otgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.

Orol dengizida qadimdan suv sathi goh kotarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi kotarilib, bazan Sariqamish va Ozboy ozanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.



                                     

3.2. Orol fojiasi Orol dengizining hozirgi holati

Dengiz chol mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv buglangan. Otgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911 - 1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogin bilan birga bir yilda, ortacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66.10 kub, km suv buglangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoqotgan. Suv sathi ayniqsa, otgan asrning 60-yillaridan boshlab sugoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Otgan 40 yildan koproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4 marta, suv sathi 1.8 marta, undagi suv hajmi 9 martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shorlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Otgan 40 yil mobaynida qirgoq chizigi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4.5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga bolinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan 8-13 g/l, birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shorlangan 68-72 g/l.

                                     

3.3. Orol fojiasi Orol boyi hududining ekologik muammolari

Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Songi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toldirishga va sugorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, kop miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan bolib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.

Suv zahiralaridan noorin foydalanish - Amudaryoning yuqori va orta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining kotarilib, tuproqdagi namlik buglanishining kochayishi va buning oqibatida tuproqlarning shorlanishining ortishiga olib keldi. Orol boyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shorhok tuproq bilan qoplana boshladi.

Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgoq chizigi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi ornida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choli paydo boldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan noorin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koproq aholi yashaydigan hududda "Orol fojiasi" deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.

Orol dengizi ornida paydo bolgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga kotarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim malumotlarga qaraganda Qoraqalpogiston Respublikasidagi sugoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang kotarilishi mumkin. Tuzli chang tofonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan onlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy otloqlar, vohalardagi ekinlar, boglar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir toglari choqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.

Chollanish va shorlanishning tezlashuvi oqibatida songgi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xojaligida foydalanishga yaroqsiz bolib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xojalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.

Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham tasir korsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat ortacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga kotarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham tasir korsata boshladi. Aholi ortasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari kopaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.

Ekologik tanglik Orol boyi tabiati, osimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shorlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boladigan osimliklar turi va sifati kamayib, otloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining bolmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgoqlarida yastanib yotadigan toqaylardagi xilma-xil osimliklarning qurib, yoq bolib ketishiga olib keldi. Ularning ornini qurgoqchilikka chidamli yulgun, shuvoq kabi chol osimliklari egallamoqda. Toqaylarning yoqolishi koplab osimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boldi. Otgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yolbars, buxoro bugusi yoqolib ketdi. Janubiy Orol boyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoqolib borayotgani va 42 turidan ortigi "noyob" turga aylanayotgani haqiqatdir. Shorlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora olik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moylovdori yoqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.

OROL DENGIZINI QURISH SABABI.

Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Torgay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan boglanib bolgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moynoq, Xojayli, Chorjoy ortasida yolovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr ortalarida Orol boyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr ortalarida Orol boyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, osimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moynasi tayyorlangan. Otgan asrning 90-yillarga kelib, moyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shorlanishi oqibatida qishloq xojalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shorlanishi, turar joylar, mamuriy binolar va asfaltlangan yollarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz bolib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi ortasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yol quyilgan xatoliklar Orol boyida ekologik falokatni keltirib chiqargan.



                                     
  • bilan o ralgan quruqlik haqidadir. Shu nomli dengiz uchun Orol dengizi maqolasiga qarang. Orol suv bilan o ralgan subkontinental yer bo lagidir. Orollar
  • Orol cho li - dunyodagi eng yosh chul. O rta Osiyoda sug orishning tez sur atlarda rivojlanishi munosabati bilan Orol dengiziga quyilayotgan Amudaryo
  • Konstantin oroli - Orol dengizi O zbekiston Respublikasi da joylashgan. Maydon jihatdan kichik bo lib, shimolidan janubiga cho zilgan. Orol dengizi sayozlanib
  • Abbos burni Orol dengizi - ning janubiy qirg og idagi burun. G arbda Toldiq qo ltig i, shimoliyva sharqda ochiq dengiz bilan o ralgan edi. Abbos burni
  • turadi. Dardanell bo g ozi orqaly Marmar dengizi bilan tutash. Maydoni 191 ming km². Eng chuqur joyi 2561 m. Orol ko p, yiriklari: Shim. va Janubiy Sporadalar
  • Ioni dengizi - O rta dengizning markaziy qismi, Bolqon va Apennin yarim orollari hamda Krit va Sitsiliya orollari oraligida. Otranto bo g ozi orqali Adriatika
  • Buor - Xaya. Dengizning g arbiy qismida orol ko p. Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolar quyiladi. Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanv, ning o rtacha
  • Oxota dengizi - Tinch okeandagi yarim berk dengiz, Osiyo materigining sharqiy sohili bilan chegaradosh. Okeandan Kamchatka yarim orol Kuril o.lari va
  • Kaspiy dengizi ozarbayjoncha: Xəzər dənizi, qozoqcha: Каспий теңізі, forscha: دریای خزر Daryā - i Xazar, دریای مازندران Daryā - i Māzandarān, ruscha: Каспийское
  • Marjon dengizi - Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz. Avstraliyaning shim - sharqiy qirg og i, Yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya o.lari oralig ida, shim.g arbda
  • Ko korol - Orol dengizi Qozog iston Respublikasi dagi orol Maydoni 273 km². Eng baland joyi 163 m Dovud tog i Ko korol g arbdan sharqqa yo nalgan