ⓘ Atlantika okeani hajmi boyicha ikkinchi okeandir. Yevropa va Afrikani Amerika qitasidan ajratib turadi. Sathi – 106.2 million km², ortacha chuqurligi – 3314 m, ..

Kanar oqimi

Kanar oqimi - Atlantika okeani shimoliy qismining sharqidagi sovuqoqim. Kengligi 400 - 600 km. Shim. Atlantika oqimining tarmogi bolib, Pirenei yarim oril va Afrikaning shimoli-garbiy qirgoklari boylab shim.dan janubiga tomon harakatlanadi. Suvining temperaturasi 12° dan 26° gacha. Tezligi 0.9 - 1.8 km/soat. Suv sarfi 16 mln. m3/sek. Suvining shorligi 36 - 36.8%s. Janubida Shimoliy Passat oqimiga qoshilib ketadi, bir kismi esa Gvineya qoltigi tomonga buriladi.

Vattlar

Vattlar - Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi kotarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi kotarilganda oqindi chokaverib, V. asta-sekin kotarila boradi. V. yer yuzasi ornini teztez ozgartirib turuvchi novlar va dare ozanlari bilan oyilgan. Bazan V. togon bilan tosiladi, shundan song botqoqlik qurib, unumdor yerlar ga aylanadi.

Galifaks

Galifaks - Kanadaning jan.sharqidagi shahar, Yangi Shotlandiya provinsiyasining mamuriy markazi. Muzlamaydigan buxta boyida. Aholisi 114 ming kishi. Trans-Kanada t. y.ning oxirgi st-yasi, Atlantika okeani boyidagi port, yuk ortish va tushirish yiliga 10 mln. t dan ortiq. Kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, jumladan baliq-konserva, qand-shakar zavodlari bor. Kanadaning baliq ovlaydigan muhim bazalaridan biri. 2 ta universitet bor. Shahar 1749 y.da barpo etilgan.

Grenlandiya kiti

Grenlandiya kiti, qutb kiti - sut emizuvchilar sinfining tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub hayvon. Uz. 21 m gacha, boshi juda katta, ogiz boshligida tanglaydan osib chiqqan 3 - 4 m keladigan 300 - 400 tacha shoxsimon plastinkalar - kit "moylov"lari bor. Orqa suzgichi bolmaydi. Usti va biqinlari kulrang yoki qora, tomogi va bazan qorni oqish. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. G. k., asosan, Atlantika okeani va Tinch okeanning shim. r-nlarida tarqalgan, hozir Chuqot va Bering dengizlarida kamdan-kam uchraydi. Kuzda urchib, bahorda uz. 5 m gacha bolgan 1 ta bola tugadi. 1946 y. ...

Galliya

Galliya - tarixiy viloyat. Po daryosi bilan Alp toglari oraligi hamda Alp toglari, Orta dengiz, Pirenei ya. o., Atlantika okeani oraligi da joylashgan. Mil. av. 6-asrdan keltlar kelib ornashgan. Mil. av. taxminan 220 y. Sizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58 - 51 y.larda Transalp G.si hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi ga bolingan. Mil. 5-asr boshidan G. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-asr oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.

Golfstrim

Golfstrim - Atlantika okeanining shim. qismidagi iliq oqim. Aslida G. bir qancha iliq oqimlardan iborat bolib, Florida ya. o. qirgogidan Shpitsbergen va Novaya Zemlya o.larigacha 10 ming km masofaga oqib boradi. G. dastlab Florida qoltigining jan. qismida hosil boladi. Passat shamoli suvni Yukatan bogozi orqali Meksika qoltigiga haydaydi va oqibatda Meksika qoltigi suvi sathi bilan Atlantika okeanining shu atrofdagi qismi sathida kattagina farq vujudga keladi. Okeanga kiraverishda oqim hajmi sekundiga 25 mln.m3 ga yetadi, bu esa butun Yer sharidagi barcha daryolarning suv sarfidan 20 marta ...

Vityaz

"VITYAZ" - 1) yelkan-vintli harbiy kema. "V".da 1871 y. N. N. Mikluxo-Maklay Yangi Gvineya oroliga yetib borgan; 2) rus ekskursiya kemasining nomi. "V", yordamida rus admirali S. O. Makarov rahbarligidagi ekspeditsiya 1886 - 89 y.larda dunyo aylanasi boylab suzgan va okeanografiyaga oid katta tadqiqotlar otkazgan; 3) okeanologiya, okeanografiya va gidrobiologiya sohasida i. t. ishlari olib borish uchun 1948 y. kurilgan kema. Bir qancha lab. va murakkab asbob-uskunalar bilan jihozlangan bu kemada 1949 y.dan Tinch okean, Hind va Atlantika okeani hamda dengizlarni har tomonlama organish, ular ...

Titanicning chokishi

Titanicning chokishi - 1912-yil 15-aprel sanasida New York tomon suzib ketayotgan kemaning Shimoliy Atlantika okeanida aysberg bilan toqnashishi oqibatida kelib chiqqan dengiz falokati. Osha davrning eng katta okean kemasi bolgan Titanic 1912-yil 14-aprel, yakshanba kuni soat 23:40 atrofida aysberg bilan toqnashgan vaqtda kemaning bortida taxminan 2224 kishi bolgan. Ikki soat qirq daqiqadan song, 15-aprel, dushanba kuni soat 02:20 da kemaning chokib ketishi 1500 dan ortiq odamning olimiga sabab boldi va bu tarixdagi dengizning tinchlik davrida yuz bergan eng katta dengiz falokatlaridan bir ...

                                     

ⓘ Atlantika okeani

Atlantika okeani hajmi boyicha ikkinchi okeandir. Yevropa va Afrikani Amerika qitasidan ajratib turadi. Sathi – 106.2 million km², ortacha chuqurligi – 3314 m, eng chuqur nuqtasi – Puerto Riko Botigi.

                                     

1. Tabiiy geografik orni

Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya o.lari, sharqda Yevropa hamda Afrika, garbda Shimoliy va Janubiy Amerika, janubida Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shimolidan janubiga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km ekvator yakinida. Maydoni dengazlari bilan birgalikda 91140.8 ming km², ortacha chuq. 3332 m, suvining ortacha hajmi 337541 ming km³ dengizlarsiz maydoni 82441.5 ming km², ortacha chuq. 3926 m va suv hajmi 323613 ming km³.

Atlantika okeani orollarining kopchiligima-terikdan ajralib chiqqan bolib, qirgoklar yaqinidadir. Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulkan orollaridir. Relyefi va geologik tuzilishi – Atlantika okeani tubidagi ulkan Orta Atlantika tizmasi okeanni garbiy va sharqiy qismlarga bolib turadi. Bu tizmadan garb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va baland liklar bor. Balandliklar garbda Labrador, Shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; sharqda Garbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; janubida Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuq. 3000 m dan 7200 – 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti toglarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan kotarilib turadi. Okean tubidagi chokindilarning qalinlidagi bazi joylarda 800 – 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagarlarida chiqib qolgan. Chunonchi Orta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi.

                                     

2. Atlantika okeani geografiyasi

Atlantika okeani meridian boylab katta masofada chozilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va janubida Antarktika iqlim mintaqasigacha bolgan iqlim mintaqalarini oz ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, yani 40°shahri k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari tasirida ortacha kengliklarda kuchli garbiy shamollar, Shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoli-sharqiy vajanubi-sharqiy passat shamollar hosil boladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi ortacha kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom etadigan kuchli boronlar bolib turadi. Havo temperaturasi qishda, fevralda Atlantika okeanining janubiy qismida esa avg.da ekvatorda 25° bolsa, 60° shahri k.da 0°, 60° j. k.da – 8 dan –10° gacha boladi. Atlantika okeanining chekka shimoliy garbi va janubida temperatura – 25° va undan pastga tushadi. Yozda, yani avg. oyida esa Atlantika okeanining janubiy qismida fevral oyida temperatura ekvatorda 26 – 28° bolsa, 60° shahri k.da 8 – 12° va 60° j. k.da 0 – 2° boladi.

                                     

3. Atlantika okeanining gidrologik rejimi

Atlantika okeanining gidrologik rejimi iqlim sharoitlari tasirida, qoshni okeanlar hamda Orta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi quruqliklar tasirida vujudga keladi. Atmosfera sirkulyatsiyasi tasirida okean yuzasidaga oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal aylanma, shimoliy ortacha va janubiy yuqori kengliklarda esa siklonal aylanma xarakat kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi bolgan Shimoliy Atlantika oqimi garbiy va shimoliy tarmoqlarga bolinib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° shahri k. bilan 30° j. k. orasidagi yuzasi quyosh energayasini koproq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiklik atmosferaga ogib turadi. Iliq va sovuq oqimlar tasirida suvning temperaturasi kenglik zonalarida katta farq kiladi. 30° shahri k.dan shimda, garbda temperatura sharqdagiga nisbatan 10° past boladi. 30° shahri k. bilan 40° j. k. orasida esa aksincha: bu yerda garbda temperatura sharqdagiga nisbatan 5° yuqori.



                                     

4. Suvning shorligi

Suvning shorligi suv balansiga bogliqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 mm suv buglanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 mm yogin yogadi va quruklikdan 200 mm yoginga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 – 1660 mm suv buglanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 mm, 60° shahri k.da 780 mm, 60° j. k.da esa atigi 320 mm suv buglanadi. Ekvatorga eng kop – yiliga 1770 mm yogin yogadi, 20° shahri k.da esa 640 mm, 20° j. k.da 270 mm yogin yogadi. Ortacha kengliklarda esa yogin miqdori yiliga 1100– 1200 mm ga yetadi. Shunga kura tropik va subtropik kengliklarda suv ayniqsa shor 37.25 ‰, ekvatorda 35 ‰, janubiy ortacha kengliklarda 34 ‰ va Antarktida yaqinida 33.6 ‰ –33.8 ‰, shimoliy ortacha kengliklar garbida 32 ‰, sharqida 35.5 ‰. Atlantika okeanining yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/m³, yuqori kengliklarda 7.5 l/m³ gacha. Suv kotari-lishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qoltigida suv kotarilishi 18 m ga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland kotariladigan joy yoq. Atlantika okeanining orta qismida suv kotarilishi 1 m ga yaqin, qolgan joylarida 0.5 dan 2.2 m gacha. Koplab muz va aysberglar okeanning orta qismiga Shimoliy Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan ortacha chegarasi taxminan. 40° shahri k.dan otadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining janubiy qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil boladi. Noyabr-dekabr oylarida aysberglar ayniqsa kopayadi va okeanning orta qismida 40° j. k.da, garbiy va sharqiy qismlarida esa 35° j. k.da koplab aysberglar uchraydi.

                                     

5. Osimliklar dunyosi

Atlantika okeani osimlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur bolgan qismi okean tubining 2 % suv tubi osimliklari fitobentos qongir, yashil va qizil suvotlardan, shuningdek shor suvda osa oladigan gulli osimliklar dan iborat. Atlantika okeanining 20° shahri k. bilan 40° shahri k. orasida va 30° g. u. orasida Sargasso den-gizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qongir suvotlar nihoyatda kop. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 – 50 m li ustki qismida esa ayniqsa kop. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvotlardan iborat. 1 m³ suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor.

                                     

6. Hayvonot olami

Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil bola boradi. Sovuq va motadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi bolsa, tropik kengliklarda onlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va motadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabugasimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbaqasimonlar va bazan qanot oyokdi mollyuskalar kopchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, yani sovuq va motadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbakalari, qiskichbakasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poli-plari, ssifoid meduzalar, sifonofo-ralar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan iborat.



                                     

7. Tadqiq qilinish tarixi

Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan malum bolgan: miloddan 1200 yiloldin fini-kiyaliklar, 300 – 100 yiloldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shimoliy Afrika qirgoklariga yaqin qismlarida, 9–10-asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15-asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yollarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash 1487, X. Kolumb 1492 −1503, ingliz J. Kabot 1497 va portugal Vaskoda Gama 1498 sayohatlari alohida orin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo boylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan otgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev 1819-21, J. Kuk 1772, I. F. Kruzenshtern 1803 va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida malumot berdi. Atlantika okeanini organishda Xalqaro geofizika yili davrida otkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boldi. Shundan song Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkor-liqda organa boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan organilmoqda.



                                     

8. Atlantika okeani iqtisodiy va strategik ahamiyati

Atlantika okeani muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60 %, baliqovlashning 40 % togri keladi. Suyuq yoqilgi va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa kop tashiladi. Atlantika okeani orqali otgan dengiz va havo yollari bir qitani ikkinchisi bilan boglaydi. Trans-Atlantika havo yollarining kop qismi Shimoliy Atlantika orqali otadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va boshqa poytaxt shaharlarni AQSH va Kanada shaharlari bilan boglaydi. Yevropa bilan Janubiy Amerika orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning kopchiligi Atlantika okeani havzasida joylashgan. Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo zaxiralariga boyil Meksika va Biskay qoltigi,Shim., Karib va Orta dengizlari materik sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qoltigidan – oltingugurt, Nyufaunlend qoltigidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirgoqlari yaqinidan olmos va boshqa foydali qazilmalar olinadi.

                                     

Kap soyligi

Kap soyligi - Atlantika okean i tubining jan sharqiy qismidagi keng pasaygan joyi. Afrikaning jan.garbiy materik yon bagri bilan Atlantika okeani ortaliq tizmasi va Kit tizmasi oraligida. Uzunligi shim.dan jan.ga 1500 km, kengligi 1000 km, eng chuqur joyi 5520 m. Yuzasi sertepa, bal. 3000 m gacha bolgan suv osti vulkanlari bor. Kizil rangli gil chokindilaridan iborat.

                                     

Aayyun

Aayyun, al - Ai yun - Garbiy Sahroi Kabirning mamuriy va savdo markazi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Aholisi – 94 ming kishi. Aayyun yaqinidagi port orqali Bu-Kra konidan olingan fosforit chetga chiqariladi.