ⓘ Harry and the Potters amerikalik indiewizard rok guruhidir. Guruh 2002-yili Massachusetts shtatining Norvud shaharchasida aka-uka Joy va Paul DeJorj tomonidan t ..

                                     

ⓘ Harry and the Potters

Harry and the Potters amerikalik indie/wizard rok guruhidir. Guruh 2002-yili Massachusetts shtatining Norvud shaharchasida aka-uka Joy va Paul DeJorj tomonidan tashkil etilgan. Ashulalari Garri Potter va unga aloqador mavzular haqidadir.

Harry and the Potters Sehrli rok janrining kashshoflaridir. Ulardan song bu janrda ijro etadigan boshqa guruhlar ham paydo boldi. Guruh ishqibozlik maqsadida tuzilgan bolsa-da, ular xalqaro shuhratga erishdilar.

                                     

1. Tarkibi 2002

Paul DeGeorge 1979-yil 10-iyunda tavallud topgan vaksinalar ishlab chiqaruvchisi va biotexnik kompaniyada kimyoviy injener sohasida ish yuritgan. U Tufts Universityda tahsil korgan. U musiqaga The Secret musiqiy guruxi orqali kirib kelgan 2001-yildan to 2002-yilgacha. Shu vaqt oraligida u kichik bolsa ham Eskimos Laborotoriyasi nomli studiya tashkil etgan. Bu studiyada ijod etgan bir guruh Ed in the Refridgerators deb atalar edi.

Studiyaviy albomlar

  • Power of Love 2006
  • Voldemort Cant Stop the Rock! 2004
  • Harry and the Potters 2003