ⓘ Investitsiya - sozidan olingan bolib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoyilmalar sarfi, yani xarajatlar yigindisi deb talqin etilgan. Investitsiya - fo ..

Investitsiya banki

Investitsiya banki - sanoat korporatsiyalarining aksiyalarini sotib olish orqali investitsiya siyosatini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. I.b. xalq xojaligining turli tarmoqlari, asosan, sanoat, transport, savdoni moliyalash va uzoq muddatli kreditlash uchun ixtisosla-shadi. 19-asr oxirlarida keng tarqaldi. Bank resurslari oz aksiyalari va obligatsiyalarini sotish hisobiga shakllanadi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda davlat I.b.lari tashkil etilgan, ularning mablaglari davlat byudjeti hisobidan shakllanadi. I.b.ning oziga xos xususiyati aholi omonatlarini qabul qilishga ixtisos ...

Vaucher

Vaucher - 1) xususiylashtirish cheki, qimmatli qogoz. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning aksiyalariga almashtirish yoli bilan xususiylashtirishda ishtirok etish huquqini beradi. V.ning xususiylashtirilgan mulk ulushiga kora belgilangan nominal qiymati va korxona daromadining aksiyalarga taqsimlangan dividend miqdoriga qarab belgilanadigan kursi mavjud. V.ni korxonalar aksiyalariga ayirboshlash, dividendlarni taqsimlash, aksiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini otkazish V. fondlari orqali amalga oshiriladi. V.ni xohlagan investitsiya fondiga topshirish yoki sotish, sotib ...

Jamgarmalar

Jamgarmalar - 1) harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoli bilan kapital qoyilmalarni pul korinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni malum bir maqsad yolida foydalanish uchun jalb etish ; 5) malum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga komaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot ; 6) aksiyalar nazorat paketini qolga kiritish maqsadida, narxiga tasir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish.

Innovatsiya banki

Innovatsiya banki - asosan, texnik va texnologik yangiliklarni, eng yangi ishlanmalarni takomillashtirish, venchur kapitalni kreditlash boyicha bank operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. Asosiy kapitali oz mablaglari hiso-bidan va mijozlar qoyilmalari hiso-bidan tashkil topadi. Bunday banklarning kreditlari, odatda, uzok, muddatga beriladi. 1958 y.da tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki jahondagi eng yirik I. b.dir. Ozbekistonda I. b. va-zifalarini bajaradigan "Ipak puli" aksiyadorlik innovatsiya banki 1990 y. dek.dan faoliyat korsatadi.

Bozor, pul va kredit

Bozor, pul va kredit - Ozbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va banki, "Ozagrosanoatqurilishbank", "Paxtabank", "Tadbirkorbank", "Ozsavdogarbank", OzR Xalq banki, "Ozaviabank", "Trastbank", "Gallabank", "Turon" banki, "Aloqabank", "Zamin" banki va b. Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki va b. banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, Ozbekiston pulkredit tizimining shakllanishi, tijorat banklarini boshqarish, investitsiya faoliyatini faollashtirish, bank xizmatlarining yangi shakllarini joriy etish, kreditlardan samarali foydalanish, shuningdek soliq, xususiylasht ...

Istemol tovarlari

Istemol tovarlari - inson ehtiyojini qondirishga moljallangan istemol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, istemol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar. I. t. shaxsiy istemolni krndiradi, investitsiya tovarlaridan inson tirikchiligini taminlashi bilan farqlanadi, mehnat resurslarini qay-tadan hosil etilishiga sharoit hozirlaydi. Istemol vazifasiga kora, I. t. oziq-ovqat tovarlari, nooziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlarga bolinadi. Bular, uz navbatida, kichik gu-ruhlarga ajratiladi. I. t. ichida nooziq-ovqat tovarlari turi kup. Xizmatlardan iborat I. t. ham, shartl ...

                                     

ⓘ Investitsiya

Investitsiya - sozidan olingan bolib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoyilmalar sarfi, yani xarajatlar yigindisi deb talqin etilgan. Investitsiya - foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga malum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Kopchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.

                                     

1. Investitsiya turlari

Investitsiya lot. investio - orash - iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish qoyish. Pulning vaqt zamonga bogliq qiymati nazariyasiga kora, I. kelajakda naf olish maqsadida mablaglar qoyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga boglashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki bolmasa kapital qiymatini vaqtda ostirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bolgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogozlar, yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk bolgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablag qoyuvchilar - investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. bolishi mumkin.

Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si - davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si - xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. - xususiy, korporativ xojalik va tashkilotlar, fukarolar mablaglari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablaglar hisobidan qoyiladi. I. qoyilish shakliga qarab moliyaviy portfel va real ishlab chiqarish I.ga bolinadi. Moliyaviy portfel I. - aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogozlarni sotib olishga qoyiladigan I., ; real I. - moddiy i. ch. soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablaglar qoyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablaglari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xojalik yuritish subyektlarining boshqa mablaglari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual korinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol osib bormoqda: 1980-y.lar ortalarida jahon boyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan bolsa, 1990-y.lar ortalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.

Ozbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga otish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy ozgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OzRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablaglari hisobidan kapital qoyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat bolgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablaglari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oz mablaglari va aholi jamgarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fandlari XIF va kompaniyalari tarmogi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. som, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30.3% ni respublika byudjeti, 39.1% ni korxonalar va aholi mablaglari, 7.5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablaglar, 21.7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1.4% ni byudjetdan tashqari jamgarmalar mablaglari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari togrisida" 1995 y. 5 may, "Investitsiya faoliyati togrisida" 1998 y. 12 dek., "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari togrisida" 1998 y. 30 apr., "Chet el investitsiyalari togrisida" 1998 y. 30 apr., "Lizing togrisida" 1999 y. 14 apr., "Qimmatli qogozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish togrisida" 2001 y. 30 avg. qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogliq bolgan kopdan-kop xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini su-gurta qilish muhim ahamiyatga ega. Ozbekistonda xorijiy I.larni sugurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Ozbekinvest" eksport-import milliy sugurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

Dilshod Gozibekov.

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablaglarga investorlar tomonidan qoyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar - qimmatli qogozlar aksiya, obligatsiya sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar - mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.

Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga bolinadi:

  • Tashqi investitsiyalar.
  • Ichki investitsiyalar.

Ichki investitsiyalar - mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar - foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qoyiladigan investitsiyalardir.

                                     
  • Investitsiya banki - sanoat korporatsiyalarining aksiyalarini sotib olish orqali investitsiya siyosatini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank.
  • Yevropa investitsiya banki - Yevropa Ittifoqiga a zo mamlakatlarning hukumatlararo kredit tashkiloti. 1958 - yilda tashkil etilgan. Dastlabki bank hamjamiyat
  • Investitsiya portfeli nazariyasi va kapital bozorlari 1970 Investitsiyalar 1978 Aktivlarni joylashtirish vositalari 1985 Investitsiya kiritish
  • Xorijiy investitsiyalar - chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining
  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag larini to plash hamda taqsimlash qimmatli qog ozlar paketlaridan
  • usulini qo llab global iqtisodiy tengsizlik muammolarini o rgandi. Investitsiya nazariyasi bo yicha tadqiqotlar 1960 asari ham muhim ahamiyatga ega
  • rivojlantirishga, pul va foiz nazariyasiga, hayotiy sikl modeli va investitsiya qarorlari modellarini yaratishga katta hissa qo shdi. Nobel mukofoti
  • ko rfazidagi urush tugadi. 1995 - O zbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki - O zprivatbank o z faoliyatini boshladi. 1996 - Rossiya Yevropa
  • asoschisi va bosh muharriri Steve Forbes sanaladi. Jurnal 2014 - yilda Hong Kongning Integrated Whale Media Investments investitsiya guruhiga sotiladi.
  • iqtisodiyoti, axborotlar, matematik iktisodiyot va modellashtirish, moliya va investitsiya masalalariga bag ishlangan. M. ikkilamchi qimmatli qog ozlar yoki derivativ larning
  • chiqishga bag ishlangan. Moliya bozorlari nazariyasi va ularning iste mol, investitsiya qarorlari, ishlab chiqarish., bandlik va narxlarga ta siri muammolariga