ⓘ Afrika. Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-orinda. Maydoni 29.6 mln. km², orollari bilan 30.3 mln. km². Aholisi 720 mln. kishi 1995. Deyarli orta qismidan ekv ..

Markaziy Afrika Respublikasida COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogir otkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik bolib, Markaziy Afrika Respublikasida ilk bor 2020-yil 14-mart kunida tarqaldi.

.za

ZADNA .co.za.org.za IP-manzillar bilan domenlari Arxivlandi 2016-01-24Wayback Machine saytida. Arxivlandi 2016-01-24Wayback Machine saytida. IANA.za whois ma`lumotlari .nom.za domeniga ro`yhatdan o`tish sayti .co.za domeniga ro`yhatdan o`tish sayti

Karfagen

Karfagen - Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat. Finikiylar tomonidan mil.av. 825 y.da barpo qilingan. K. mil. av. 3-asrning boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya, Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, Orta dengiz boyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim ortasidagi toqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari dagi maglubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan, uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. sanati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.

Idish

Idish - yahudiylar bir qismi tili. Olmon tiliga yaqin. Hind-yevropa tillari oilasiga mansub. Bu tilda sozlashuvchilar jahonning kopchilik mamlakatlari da istikrmat qiladi. Yozuvi lotincha va qad. yahudiy alifbosi asosida.

Sharq taronalari

Sharq taronalari - xalqaro festival. Har 2 yilda Samarqand shahrida otkaziladi. Festivalga dunyoning Osiyo, Afrika, Yevropa, qitalarining kop mamlakatlaridan vakillar keladilar, oz xalqlarining mumtoz kuy va qoshiqlarini kuylaydilar. Festival ochiq osmon ostida, aynan Registon maydonida otkaziladi.

Bavarcha Vikipediya

Bavarcha Vikipediya - Vikipediyaning bavar tilidagi bolimi. Bavarcha Vikipediya 2006-yilning 2-may oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Keita

Modibo Keita 1915-1977 - Mali siyosatchisi, Bosh vazir 1959-1960, Prezident 1960-1968. Ibrahim Boubacar Keïta - Mali prezidenti 2013-yil 4-sentabrdan 2020-yil 19-avgustgacha. Madeyra Keita 1917-1997 - Gvineyalik siyosatchi. Modibo Keita 1942-yilda tugilgan - Mali siyosatchisi, Bosh vazir 2002; 2015 - hozirgi kungacha.

Vositachi usuli

Vositachi usuli - osimliklar seleksiyasidagi usullardan biri; ikki tur osimlikning chatishmasligini uchinchi tur osimlik yordamida bartaraf etish. Mas., agar va V osimlik turlari ozaro chatishmasa, u holda A tur oziga yaqin S tur bilan chatishtiriladi, olingan duragayni esa V tur bilan chatishtiriladi. V.u.ni birinchi bolib I.V. Michurin ishlab chiqqan va amalda tatbiq etgan. V.u. goza seleksiyasida geografik uzok, tur ichida duragaylashda turlarning chatishmasligini bartaraf etish usullaridan biridir. Vositachi sifatida geterozigotali informatsiyaga ega duragaylarning birinchi boginidan f ...

Beybut Atamqulov

Beybut Bakirovich Atamqulov - Qozogiston davlat arbobi, Qozogiston Respublikasi sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri.

                                     

ⓘ Afrika

Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-orinda. Maydoni 29.6 mln. km², orollari bilan 30.3 mln. km². Aholisi 720 mln. kishi 1995. Deyarli orta qismidan ekvator chizigi otgan. Shimolidan jan.ga tomon qariyb 8 ming km ga chozilgan. Shimoliy qismining eni 7500 km Almadi burnidan Xafun burnigacha. Janubiy qismining eni 3100 km. Shimolida Orta dengiz, garbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oralgan. 120 km li Suvaysh boyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar bogozi ajratib turadi eng tor joyi 13 km. Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; garbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qoltigida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va boshqa Qirgoqlari uzilmali, kam parchalangan, kopincha toglardan iborat. Kdogoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari – Gvineya va Sidra Katta Sirt. Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli – Somali.

Afrikaning koproq qismi kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat bolib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda tortlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida anteklizalar, Kongo botigi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Janubiy Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida Sahroi Kabir, Sudan zamin juda chuqur joylashgan Sahroi Kabir – Arabiston platosi, janubiy qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan Jan. Afrika qalqoni. Janubiy va shimoli-garbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan plat-forma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoshilgan. Bu tuzilmalar Kap toglarida va Atlas toglarining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas toglarining shim. sohil boyi tizmalarigina kotarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va chokindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togliklar kop. Ularni tektonik yoriqlar bolib-bolib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choqqilar va vulkan toglari kotarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi – Kilimanjaro togidagi Kibo choqqisi 5895 m. Afrika kop qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Janubiy Amerika va Hindiston Gondvana materigi bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir – Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida qolgan. Afrikaning qolgan qismi relyefi uzoq davr davomida yemirilib tekislangan. Geologik tuzilishi va turli iqlim zonalarida tashqi omillarning relyefga turlicha tasir etishi natijasida materikda bir qancha geomorfologik oblastlar paydo bolgan: 1. Ortacha balandlikdagi Atlas burma toglari. 2. Sahroi Kabir. Qumli chollar Sahroi Kabirning 1/4–1/8 qismini egallaydi. 3. Sudan tekisliklari olkasi. Bu yerda orol shaklidagi toglar kop. 4. Yuqori Gvineya balandligi. Uning garbida kristall jinsli qoldiq toglar va sharqida asosan qumtoshli platolar uchraydi. 5. Kongo botigi. 6. Habashiston togligi. 7. Somali zinapoyali platosi. 8. Uzilmalar va grabenlar bilan oyilgan Sharqiy Afrika togligi. Bu toglikning bazi joylari lava bilan tolgan va vulqonlar kotarilib turadi. 9. Janubiy Afrika Kalaxari botigini va uning atrofidagi balandliklarni hamda Kap toglarini oz ichiga oladi.

                                     

1. Foydali qazilmalari

Afrikada xilma-xil foydali qazilmalar bor. Bulardan koplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uchraydi. Afrikaning asosiy mineral boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil bolgan. Marganets rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uchraydi. JAR, Svazilend va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralash eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganets rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumush, Nigeriyada kumush va kolumbit, Madagaskar o.da grafit bor. Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil bolgan jinslar orasida Zambiyada kop uchraydi. Bu yerda mis bilan birgalikda kobalt, uran, rux, Namibiyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. Janubiy Afrikadagi kumush, xromit, marganets, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil bolgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi komir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganets konlari mezozoy yura va bor davrlarida hosil bolgan. Atlantika sohilidan Misrgacha chozilgan keng maydonda fosforit, Marokashda marganets rudasi, Marokash, Jazoir va Tunisda temir, qorgoshin, rux konlari mavjud.

                                     

2. Iqlimi

Ekvator chizigi materikni teng ikki qismga bolib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va janubiy tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va janubiy tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yani shimolida yoz bolganida janubida qish boladi va aksincha, Janubiy yarim sharda yezda oylik ortacha temperatura 30°dan ortiq bolganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shim. yarmida ortacha oylik temperatura 25ye, 30° Sahroi Ka-birda, janubiy yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boladi. Afrikadagi Tripoli shahri Liviya yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura 58° qayd kilingan. Kongo botigi va Gvineya qoltigining shim. sohilida juda kop yiliga 1500–2000 mm yogin tushadi. Afrikada eng seryogin joy Debunja Kamerun togi etagida, yiliga 9655 mm yogin tushadi. Yogin miqdori, Sudanda janubidan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi 200 mm dan 1500 mm gacha; Sahroi Kabirda, Kalaxarining janubi-garbida va Namib cholida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi tasiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgir 100–200 mm yogadi. Afrikaning shim. va janubiy chekkalarida yomgir qishda yiliga 600–700 mm yogadi.

                                     

3. Suvlari

Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi orindagi daryo – 4370 km, Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi 2660 km. Orta dengizga asosan Nil Afrikadagi eng uzun daryo – 6671 km quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koprogi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi. Katta daryolar turli xil iqlimli olkalardan oqib otadi va rejimi juda murakkab. Dare ozanlarida ostonalar va sharsharalar kop. Afrikadagi eng yirik kollar tektonik yol bilan hosil bolgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika chuq. 1435 m – chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal kolidan keyin 2-orinda, Nyasa, Rudolf kollari ana shulardandir. Afrikadagi eng yirik kol – Vik-toriya koli. Efiopiya togligida Tana koli bor, chala chol olkalarida oqmaydigan shor kol kop Chad, Ngami.

                                     

4. Tuproq va osimliklari

Afrikada tuproq-osimlik qoplami zona-zona bolib joylashgan. Gvineya qoltigining shim. sohili va Kongo botigi sernam bolganidan podzollashgan laterit tup-rokdarda doim yashil sernam ekvatorial ormonlar osadi. Bu ormonlar kalin, yarusli bolib, daraxt turlari nihoyatda kop, liana chirmoviqlar va epifitlarga boyil Yozda yogin yogadigan rayonlarda siyrak ormonlar – savannalar tropik ormonli dashtlar, tikanli butazorlar uchraydi. Savannalarda gallagulli otlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg tashlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va boshqalarlar osadi. Savannalarda kizil va qizil-qongir tuproqlar, savanna ormonlarida qizil-jigarrang toproqlar tarqalgan. Savannalarning ancha qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Chollarda Sahroi Kabir, Namib osimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar – yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lishaynigi, quruq ozanlar boylab yulgun, akatsiya osadi, suv bor joylarda vohalarda xurmo ekiladi. Kalaxari cholining janubi-garbida sukkulentlar, Namib cholida velvichiyalar osadi. Afrikaning shim. subtropik yerlarida hamda janubiy chekkalarida doim yashil butazorlar tipik osimliklardir; tog yon bagirlari ormonlar bilan qoplangan. Afrikada 40000 dan ortiq gulli osimlik turlari bor. Aning katta qismi Paleotropik ob-lastga kiradi. Sahroi Kabir va Afrikaning shimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Qitaning eng janubi-garbiy chekkasi Kap oblastini hosil qiladi.



                                     

5. Hayvonot dunyosi

Afrika hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Shimoliy Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Janubiy Yevropa hayvon turlari bilan birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uchraydi. Afrikaning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq Atlas toglarida, mendasa va bubala jayranlari, oddiy gizol, fenek tulkisi va boshqa Sahroi Kabirda, Janubiy Yevropa hayvonlari, kozoynakli ilon, daman, tuyaqush Efiopiya oblasti hay-vonlaridir. Sahroi Kabirda bir orkach-li tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin ormonlarida maymunlar, fillar, buyvollar suv sigiri, mitti suv aygirlari, qushlardan aksari ormalab chiquvchilar uchraydi. Qongiz, kapalaklar juda kop. Savanna, chala chol va chollarda otxor hayvonlar: jayranlar 40 ga yaqin turi bor, zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqichlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar: hasharotlardan termitlar va setse pashshasi kop. Noyob hayvonlar qoriklanadi.

                                     

6. Tabiat rayonlari

Afrika tabiiy sharoitiga kora quyidagi rayonlarga bolinadi: Shimoliy Afrika – ichki plato atrofini orab olgan Atlas toglari oblasti; Sahroi Kabir – dunyoda eng katta tropik chol; Sudan – savannalar va siyrak ormonlar oblasti; Afrikaning qolgan hududi geologik tuzilishi va relyefiga, iqlimi hamda tuproq-osimlik qoplami xususiyatlariga kora Markaziy Afrika Kongo botigi va uning atrofidagi balandliklar, Somali yarim oroli, Sharqiy Afrika va Janubiy Afrikaga bolinadi.



                                     

7. Organilish tarixi

Shim. Afrika qirgoqpari miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab misrliklarga malum edi. Milodgacha bolgan 6-asrda materik qirgoqlari boylab finikiyaliklar suzib chiqqanlar. Milod boshlarida indoneziyaliklar Madagaskar o.ni kashf etib, uning sharqiy qirgoklarini egalladilar. Arablar orta asrda Shimoliy Afrikani egallab bolgach, uning sharqiy qismiga borganlar. Afrikaning garbiy qirgoqlari portugallarning Hindistonga boruvchi dengiz yollarini qidirish vaqtlaridan malum bolgan. 1443–44 ylarda N. Trishtan Mavritaniya qirgoklarini kashf etdi. Shu davrdan boshlab qul sotish ishlari boshlandi. 15-asrdagi B. Diash, Vasko da Gamalarning Afrikaga sayohatlari malum. 16-asrda materik qiyofasi ma-lum bolgan edi. Materik ichki qismlarini 16–18-asrlarda portugallar, ingliz va fransuzlar organa boshladilar. 19-asrdan boshlab materik ichki rayonlari yanada mukammal organila boshladi. Afrika tabiatini organishda rus sayohatshunoslari – YE. P. Kovalevskiy va V. V. Yunker xizmatlari bor.



                                     

8. Aholisi

Afrika antropogenez markazlaridan biri. Bu hakda 20-asrning 50–70-yillaridagi topilmalar korsatgan. Minglab yillar davomida Afrikada aholining turli etnik guruhlari tar-kib topgan. Hozirgi vaqgda Ada dunyo aholisining qariyb 1/10 qismi yashaydi. Irqiy tarkibi juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Negroidlarning turli tiplari Afrika hududida Saxroi Kabirdan jan.ga qarab tarqalgan. Janubiy Afrikada bushmen va gottentot irq guruhlari mavjud. Shimoliy Ani yevropoidlarning janubi- ga xos xalqlari egallagan. Negroid va yevropoidlarning qadimdan bir-birlari bilan aloqasi natijasida Efiopiya irq tiplari ham tashkil topgan. Madagaskar o.da mongoloidlar irqiga mansub aholi yashaydi. Afrika aholisi juda koplab qabila va millatlardan tarkib topgan. Mustamlaka tuzumi aholi rivojlanishini toxtatib qoygan. Mustamlakachilikka qarshi kurash, davlat mustaqilligiga erishish, milliy ongning osishi, madaniyat markazlarini tashkil etish – hammasi etnik birlashuvni tezlashishiga olib keldi. Buning natijasida Afrikada yangi xalq va millatlar tarkib topdi. Afrikaning koplab xalqlari hali yaxshi organilmagan. Afrikada 4 ta lingvistik oila: afro-osiyo, kongo-kordofan, nil-sahroi kabir va koysan til sinflari mavjud. Yevropoid irqiga taalluqli – ingliz, fransuz, ispan, italiya, portugal va boshqa xalqlar Afrika aholisining 3 % ni tashkil qiladi. Afrikada aholining 42 % musulmon, 22 % xristian, 36 % mahalliy ananaviy dinlarga etiqod qiladi. Siyosiy bolinishi. Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlaka tuzumining yemirilib borishi va milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi natijasida hozirgi zamon Afrika siyosiy xaritasi mutlaqo ozgarib ketgan. Avval-gi Yevropa davlatlari mustamlaka tizimida bolgan bir qancha davlatlar oz erkinligiga erishgan va onlab yangi davlatlar tashkil topgan. Hozirgi vaqtda Afrikada 53 ta davlat va Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mulki bolgan davlatlar joylashgan jadvalga q.

                                     

Afrika som baligi

Afrika som baligi – baliq turining nomi Clarius bolib, 8-9 yil umr korishi mumkin. Ushbu baliq turi qolgan baliq turlaridan farqli ravishda suvdagi kislorod bilan birgalikda havodan ham nafas oladi. Jag qismi oziga nisbatan ancha katta bolib, oltita paypaslagichi bor, ozuqa deyarli tanlamaydi, 500 dan ortiq xil maxsulot bilan ozuqalanishi mumkin. Ushbu baliq turi suvsizlikka juda chidamli bolib, 45 soatgacha suvsiz yashashi mumkin. Faol boladigan harorati 20-30 gradus oraligi.

                                     

Nilufar (manolari)

Nilufar: Nilufar mukofot - "NILUFAR" - Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari assotsiatsiyasining yillik xalqaro mukofoti. Nilufar Nelumbo - nilufardoshlarga mansub suvda osadigan kop yillik osimliklar turkumi. Nilufar jurnal - "NILUFAR" "Lotus" - Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari assotsiatsiyasining 3 oyda 1 marta nashr etiluvchi adabiy-ijtimoiy jurnali.

                                     

Jannat pashshaxorlari

Jannat pashshaxorlari, jannat chivinxorlari - pashshaxor lar oilasi urugiga mansub qush. Narisining boshida kokili boladi, dumidagi patlaridan bir jufti juda uzun. 10 ga yaqin turi bor, tropik Afrika, Avstraliya, Jan. va Sharqiy Osiyoda uchraydi. Ozbekistonda dumparast togli ormonlarda yashaydi.

                                     

Madagaskar (manolari)

Madagaskar orol - Hind okeanidagi orol, Afrika materigidan 400 km sharqda. Madagaskar Respublikasi - Afrikadagi davlat, poytaxti - Antananarivo shahri.