ⓘ Olik til - tirik qollanilishda bolmagan va, odatda, faqat yozma yodgorliklar boyicha malum bolgan, yoki suniy reglamentli qollashda bolgan til. Odatda bunday ho ..

                                     

ⓘ Olik til

Olik til - tirik qollanilishda bolmagan va, odatda, faqat yozma yodgorliklar boyicha malum bolgan, yoki suniy reglamentli qollashda bolgan til. Odatda bunday holat bir til qollanilish davomida boshqa til bilan almashtirilganda yuz beradi, masalan, kopt tili arab tili bilan almashtirildi, kopchilik mahalliy amerika tillari esa, ingliz, fransuz, ispan va portugal tillari tomonidan siqib chiqarildi. Til yoqolishi davrida uning mavjudligi oxirgi bosqichlarida u faqat belgilangan yosh guruhlari uchun xususiyatli bolib qoladi. Bazan tirik, faol qollashda bolgan arxaik tillar ham olik tillar deb ataladi.

Olik tillar - jonli istemoldan chiqqan tabiiy sozlashuv tili bolmagan, yozma yodgorliklarda saqlangan til. Ayrim tillar bosqinchilik, mustamlakachilik, unda sozlashuvchilarni majburlash natijasida yoki tarixiy, iqtisodiy va madaniy ozgarishlar tasirida yoqolib borgan. Shumer, lotin, etrusk, yunon, qadimiy slavyan, pruss, vestgot, ostgot, italiy, gall, gyoz, kopt qibtiy, orxun, qad uygur, eski ozbek, qadimiy fors, sanskrit, pali, prakrit, bulgor va boshqalar Olik til hisoblanadi.

Tilning taraqqiy etish qonuniyatlarini belgilashda Olik tillar katta ahamiyatga ega. Shuni takidlash joizki, qadimiy tilshunoslikning dastlabki salmoqli yutuqlarga erishishida ham qadimiy Mesopotamiyadagi shumer, qadimiy Kichik Osiyodagi xett, qadimiy Hindistondagi sanskrit singari Olik tillarni organish asosiy orin tutgan edi.

Bazi Olik tillardan, ular kop sohalarda istemoldan chiqqaniga ming yillar otgan bolsa ham, insoniyat aloqaaralashuv tili emas, balki ibodat tili sifatida foydalanib kelinmoqda. Mas, misrlik xristianlar kopt tilidan, katolik cherkovi vakillari lotin tilidan, mogul xalqlarining lamaistik cherkovi vakillari tibet tilidan foydalanadilar. Shuningdek, Olik tillardagi yozma yodgorliklar tarixiy manbalar sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Olik tillar milliy tillar rivojlanishiga ham ijobiy tasir korsatgan. Keyingi davrda yozma Olik tilni davlat, fan, maktab tiliga aylantirish uchun urinishlar sodir bolmoqda. Chunonchi, Isroilda qadimiy yahudiy tili ivrit davlat tili deb elon qilingan bolsa, Vatikanda lotin tilida yangi terminlar lugatlari nashr etib borilmoqda.

Ayrim hollarda olik tillar tirik muloqot vositasi sifatida xizmat qilishdan chiqqan holda, yozma shaklda saqlanadi va fan, madaniyat, din zaruratlari uchun foydalaniladi. Bunday rivojlanish misollari quyidagilar hisoblanadi:

  • lotin tili er. ol. 6 asrdan er. 6 asrgacha - hozirgi roman tillarining ajdodi bolgan olik til Biroq hozirgi kunda ham fanda va katolik serkovlarda foydalaniladi;
  • qadimgi rus tili XI - XIV asrlar yozma yodgorliklari - hozirgi sharqiy slavyan tillari darajasigacha rivojlangan olik til;
  • qadimgi yunon tili er. ol. 2 minginchi yillik oxiridan er. V asrgacha - hozirgi yangi yunon tillari va shevalari darajasigacha rivojlangan til.

Ayrim hollarda olik til fan va din maqsadlarida foydalanishda davom etadi. Ushbu shaklda foydalanilayotgan kopchilik olik tillar orasida sanskript, lotin, serkov slavyan, kopt, avesto va boshqa muhim orin egallaydi.

Yana shunday misol borki, olik til yana tirik tilga aylanadi, ivrit tili bilan ham shunday hol yuz bergan.

Kopchilik hollarda adabiy til ogzaki tildan bolinib qoladi va keyinchalik deyarli ozgarmasdan ozining klassik qiyofasida qolib ketadi; ogzaki til yangi adabiy til shakliga otsa, eskisini olik tilga aylangan til sifatida qarash mumkin bunday holat uchun misol qilib XX asrning 20-yillarida Turkiyada usmon tilidan talim va ish yuritish tili sifatida turk tiliga otilishini keltirish mumkin.