ⓘ Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoshib yuborildi. 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umu ..

                                     

ⓘ Angor tumani

Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoshib yuborildi. 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387.3 kv.km. Aholisi 82.1 ming kishi. Tuman markazi – Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli – garbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor. Toshkent – Termiz avtomobil yoli yoqasida, yaqin temir yol bekati – 14 km. Angor arigidan suvichadi. Angor tumanida 8 jamoa xojaligi bor. Tuman galla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bog va tokzor bor.

Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqorgon tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0.39 ming km². Aholisi 85 ming kishi 1997. Angor tumanida 1 shaharcha Angor va 7 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6 – 4-asrlarda aholi manzillari bolgan. Kushan podsholi-gi davrida 1–3-asrlar dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalasi Angorning markazi bolgan. 6 – 7-asrlarda qalalar, qorgonlar vujudga kelgan. Otmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qonib otadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, garbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdog, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning ortacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning ortacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yogin tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining garbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib otadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sugoriladi. Tuprogi boz, taqir, qumloq tuproq. Tuproq shorlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi boylab shimoli-sharqdan janubi-garb yonalishida zovur qazilgan. Shora, yantoq, jingil, qiyoq, qamish, burgan kabi chol osimliklari osadi. Tuman hududining kop qismi 484ozlashtirilganligi sababli choldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi ozbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 218 kishi togri keladi. Aholisining 90%dan ortigi qishloqlarda yashaydi.Xojaligi. Angor tumanida 8 jamoa xojaligi, 104 dehqon-fermer xojaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man galla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bogdorchilik va tokchilik bilan ham shugullaniladi. 1999/2000 oquv yilida 40dan ortiq umumiy talim maktabida 20559 oquvchi talim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogi, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat korsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi 2000.

Angor shaharchasi aholisi 14.3 ming kishi hududi ornida Axomaniylar davridayoq miloddan avvalgi 6-9-asr aholi manzillari bolgan. Kushon podsholigi davrida 1-3-asr bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalasi uning mamuriy markazi bolgan. Kushon podsholigidan song mavqey sondi. 6-7 – asrda bu erda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalalar, qorgonlar vujudga keldi. Bulardan yiriklari: Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqorgon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqorgon, Qarlamtepa, Qizqorgon, Ordalitepa. Oktyabr tontarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qonib otadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi kochalar ochildi, 1991 yil shaharchaga shahar tipidagi posyolka aylantirildi. Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xojalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogi, stadion bor.