ⓘ Chizmali qoyatosh suratlari manzili Jizzax shahridan 2 km chamasi garbda, Nurota tizmasida joylashgan. Mazkur tarixiy yodgorlikda 500 dan ziyod qadimiy petrogli ..

                                     

ⓘ Chizmali

Chizmali qoyatosh suratlari manzili Jizzax shahridan 2 km chamasi garbda, Nurota tizmasida joylashgan. Mazkur tarixiy yodgorlikda 500 dan ziyod qadimiy petroglif lar aniqlangan. Ular eramizdan oldingi II mingyillikkacha bolgan davr, temir asriga tegishli va milodiy I mingyillikda chizilgan suratlar guruhiga bolinadi. Qoyatosh suratlari tasviriy sanatning ilk korinishlaridan biri bolib, qadimiy odamlar hayotidan, oy-xayollari-yu dunyoqarashini, shuningdek, olkaning hayvonot olami otmish manzaralarini tadqiq etishda, xalqlarning urf-odatlari tarixini organishda qimmatli manba hisoblanadi. Chizmali qoyatosh suratlari manzili ilm olamiga hali unchalik malum emas. Yodgorlik havaskor olkashunoslar - Oktam Mutalov va Farruh Jabborov tomonidan organilgan. Mahalliy xalq orasida yodgorlik Sizmoyil ota nomi bilan ataladi. Shu nomdagi avliyo bilan bogliq ziyoratgoh ham mavjud bolib, aholi, ayniqsa, Navroz atrofida turli marosimlar otkazadi. Bosh choqqida qadimiy ochoq saqlangan. Geograf Oktam Mutalov bu taponimning etimologiyasini organib, aslida Chizmali bolganligi va keyinchalik fonetik ozgarishga uchraganini aniqlagan. Farruh Jabborov manzil haqida "Jizzax haqiqati" va "Hurriyat" gazetalarida maqola elon qilgan.