ⓘ Munitsipalitet - bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va ozini ozi boshqaruvchi saylab qoyiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda shahar boshqa ..

                                     

ⓘ Munitsipalitet

Munitsipalitet - bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va ozini ozi boshqaruvchi saylab qoyiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy ozini ozi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munitsipal yigilish va mahalliy mamuriyat boshligi ni oz ichiga oladi. M. tegishli mamuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitu-siyaviy huquqda xalqhuquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boladi. M. munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi bolishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taminot boyicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yigiladigan mahalliy soliklardir.

Munitsipalitet - aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega ozini-ozi boshqaruvchi mamuriy-hududiy birlik.

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi mamuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

  • Shahar munitsipalitetlari - odatda yirik shahar va osha darajadagi mavjud bolgan asosan qishloq tumanlarini oz ichiga oluvchi mamuriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatda mer va shahar kengashi yoki munitsipal kengash hisoblanadi.
  • Ayrim mamlakatlarda yagona aniqlangan darajadagi odatda 2- yoki 3- mamuriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Kopchilik bunday mamlakatlarda munitsipalitet - saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik mamuriy birlik.
                                     

1. Boshqa mamlakatlarda

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar mamuriy birligi hisoblanadi:

2-daraja

  • Dominika Respublikasi munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • Ozarbayjon munitsipalitetlari ozarbayjoncha: bələdiyyələr)
  • Angola munitsipalitetlari portugalcha: municípios)
  • Gvatemala munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • Kamboja munitsipalitetlari kxmer. ក្រុង, кронг - shaharlar
  • Gonduras munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • bermud munitsipalitetlari inglizcha: municipalities - 2 shahar
  • Indoneziya shahar munitsipalitetlari Indonezcha: kota
  • Venesuela munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • Braziliya munitsipalitetlari portugalcha: municípios
  • Gruziya munitsipalitetlari gruzincha: მუნიციპალიტეტი

3-daraja

  • Argentina munitsipalitetlari ispancha: municipios)
  • Ispaniya munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • Boliviya munitsipalitetlari ispancha: municipios
  • Zimbabve munitsipalitetlari inglizcha: municipalities
                                     

2. Sh. qarang

  • Mahalliy ozini-ozi boshqarish
  • Nomunitsipal hudud

Havolalar

  • Положение о муниципалитете внутригородского муниципального образования Отрадное в городе Москве Arxivlandi 2011-07-04Wayback Machine saytida.
  • "Муниципалитет" Rossiya jurnali