ⓘ Mamuriy birliklar ..

Daha

Daha - 1) orta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda on kishidan iborat jangovar bolinma. Buxoro amirligi va Qoqon xonligidagi bunday harbiy bolinma boshligi dahaboshi, dahboshi deb atalgan; 2) Orta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi mamuriy-hududiy birlik. Bir necha qishloqlar bir D.ga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha D.ga bolingan. Unda bir nechta mahalla, bir yoki bir nechta Madrasa, masjid, bozor, hammom va boshqa jamoat binolari bolgan. D. ni oqsoqol boshqargan. Mas, Toshkentda Kokcha, Beshyogoch, Sebzor va Shayxontohur D.lari bolgan.

Munitsipalitet

Munitsipalitet - bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va ozini ozi boshqaruvchi saylab qoyiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy ozini ozi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munitsipal yigilish va mahalliy mamuriyat boshligi ni oz ichiga oladi. M. tegishli mamuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitu-siyaviy huquqda xalqhuquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan ...

Rustoq

Rustoq - Orta Osiyo, Eron va qisman arab mamlakatlarida qollanilgan tarixiygeografik tushuncha. Qishloq, shahar, ovul, bozor, ozlashtirilgan olka, otroq aholi yashaydigan joy, ekin maydoni, obodonlashtirilgan shahar kabi manolarga ega. Orta Osiyo va Eron mogullar tomonidan istilo etilgach, Rustoq orniga "tuman" atamasi qollanila boshlagan.

Tuman (mamuriy birlik)

Tuman - Ozbekiston Respublikasida mamuriy-hududiy birlik. Orta asrlardan malum. Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida mamuriy-hududiy bolinish; uyezd manolarida ishlatilgan. Ozbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davrda tumanlarni "rayon" deb atash rayem bolgan. Ozbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy "tuman" sozi qayta tiklandi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 moddasiga muvofiq, tuman mamuriy-hududiy bolinish pogonalaridan biri. Tuman davlat yuqori organlarining korsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy ma ...

                                     

Boluk

BOLUK - buluk: 1) mogullar istilosi davrida paydo bolgan mamuriyhududiy birlik; shahar atrofidagi shaharga tobe r-nlarga bolingan, tumandan kichik bolgan. Tumanlarga bolingan viloyatlar, odatda, B.larga taqsimlanmagan. B.dan toplangan soliq va jarimalar oliy hukmdor ning shaxsiy xazinasiga tushgan. B. Xurosonda mamuriy termin sifatida 19-asrgacha ishlatilgan. 2) Orta asrlarda Turkiyada harbiy qism.