ⓘ Kushon madaniyati. Kushon podsholigi - ozbek davlatchiligidagi qadimiy davlat. Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud ortalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkin ..

                                     

ⓘ Kushon madaniyati

Kushon podsholigi - ozbek davlatchiligidagi qadimiy davlat. Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud ortalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.

Massagetlar Xitoy yilnomalarida - yuechji miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi ornida 1 asr davomida 5 ta qabilaga bolinib yashagan. Bulardan kushon Xitoy yilnomalarida guyshuan qabilasi jabgusi Kujula Kadfiz I milodiy 1-asrda qolgan 4 ta qabilani boysundirib, ozini hukmdor deb elon qilgan.

"Kushon" nomi yo sulola yoki qabilaga oid bolib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri - milodiy 1-asr boshida hukmron bolgan podshoh "Geray" - Sanab zarb qildirgan tangalarda qollangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya Tojikiston hamda Ozbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar kirgan. Dastlab jabgu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bolib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qoshib olingan. Kushon podsholigining eng ravnaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga togri keladi. Orta Osiyoda kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi boylab, u yerdardagi tog daralarida goyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan.

Kushon podsholigi davrida janglar tez-tez bolib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron bolish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni ozaro yaqinlashtirgan. "Buyuk ipak yoli" boylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda - Sharqiy Turkistonning qoshib olingan shaharlar - vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da - kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, garbda - dengiz yoli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yol bilan Eron orqali Orta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm va Uralboyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy Ozbekistondan kushonlar davriga oid 100dan ziyod shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq ozaro mustahkam aloqada bolgan: har 1 shahar atrofida koplab mayda qishloqlar joylashgan.

Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qolida bolgan davlat bolib, unda podsho dunyoviy rahbar bolish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik qarang Satrapiya larga bolingan bolib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bolsada, unda qishloq jamoasi muhim orin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng kolamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga etiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koplab boshqa dinlar ham bolgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida koproq zar va mis tangalar qollanilgan. Dehqonchilik, xususan, sugorma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xojaligi ekinlarining kopchilik turi ekilgan. Milodiy 3-asr 1-yarmi yoki ortalarida Kushon podsholigi barham topgan. Baqtriya - Tohariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan.

                                     

1. Madaniyati

Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan qadimiy Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri bolib, 2 asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta tasir otkazgan. Bir saltanat tarkibida 1 necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni ozaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuz noaniq bolib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968-yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar otkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini organish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini organishni oz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoydi.

Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxotal Afgoniston, Kosambi Hindiston, Sirsukx, Taksila Pokiston, Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Kohna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon Ozbekiston, Kayqubodshoh, Kohnaqala, Shaxrinav, Munchoqtepa Tojikistonda qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va kohna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy malumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega bolgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha onlab shunday shaharlar, koplab yirik sugorish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud bolib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigining shim garbiy hududlaridagi binolar qurilishida koproq xom gisht va paxsadan, jan sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, kocha va maydonlar, hovozlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va boglardan iborat bolgan. Uylar kop xonali, hashamatli bolib, bazilari ikki qanatliqilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq gishtlar qollanilgan. Ayvon yogoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yonilgan chiroyli tagkursilar ornatilgan. Tomdan toshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni azolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar tasvirlangan mas, Xolchayonda. Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan. Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va ozining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toqish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining mahayana mazhabiga etiqod qilgan, koplab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi bolib vaqt-vaqti bilan diniy yigin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yiginda buddizmning mazkur yangi mazhabi - mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab bolgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli mabudlar - Mixra-Mitra Quyosh mabudi, Otash olov mabudi, Farr omad va mamurchilik mabudi va boshqa tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng kolamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqaladan topildi. Kushon podsholigi yerdaridan otgan Buyuk ipak yoli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy tasir korsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa kopgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka Garb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda kop tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda "tirik tovar" - sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham bolgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Ozbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada bolgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar shahriga kochirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanat maktablari shakllandi. Kanishka adabiyot va sanat homiysi bolib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan.

Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini organish, ularning Orta Osiyo, jumladan, Ozbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan ornini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati otmishining hali tola, haqqoniy yoritilmagan jihatlari kop bolib, Ozbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmoqda.

Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng malumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimiysi, davriy jihatdan eng yashovchani milodiy I-IV asrlar Kushon davlati bolgan. Oz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari - sharqda Xitoy, garbda Kaspiy dengizi, janubda Hindiston va shimolda Orol boylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbai - hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulug davlat.

Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr ortalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida boldi zamonaviy Ozbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston. Kusxon davlati eramizning 1-asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bolish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu amir bolgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afgoniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxori X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga togri keldi taxminan eramizning 78-123 yillari. Osha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga kochirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xotongacha bolgan olkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi Ozbekiston janubidagi Hisor tog tizmalari choqqilaridan otgan. Osha yerdagi baland tog daralarida Darband mustahkam chegara inshootlari qad kotardi. Osha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad kotardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari ornatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kusxon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kusxon davrida memorchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta etibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.

Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kusxon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shagamsupalar, kozgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi bolgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli ogitlardan keng foydalinilgan. Tog oldi hududlari va chollar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.

Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati ozining otkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda osha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoshtiylik va mahalliy Orta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham oz kuchini yoqotmaydi. Kusxon davlati eramizning 3-asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qoshildi. Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni azolari tomonidan boshqarilib, ular kusxonshoh tituligi egalik qilgan.

                                     

2. Adabiyot

  • Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severvaya Baktriya - Toharistan, T., 1990;
  • Litvinskiy B. A., Sedov A. V., Kulti i rituali koshanskoy Baktrii, M, 1984;
  • Sherkova T.A. Yegipet i Kushanskoe sarstvo torgovie i kulturnie kontakti. M., 1991.
  • Pugachenkova G. A., Xalchayan, Toshkent, 1966;
  • Kultura i iskusstvo drevnego Ozbekistova, kn. 1 i 2, M., 1991;
  • Gafurov B. G., Koshanskaya epoxa i mirovaya sivilizatsiya, Moskva, 1968;
  • Staviskiy B. Ya., Koshanskaya Baktriya. Problemi kulturi, Moskva, 1977;
  • Giyosov T. G., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.
  • Borovkova L. A. Kushanskoe sarstvo po drevnim kitayskim istochnikam. M., 2005, ISBN 5-89282-265-6.
  • Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepa - ku-shanskiy gorod va yuge Ozbekistova, Toshkent, 1978;
                                     

3. Havolalar

  • A. Berzin. Istoricheskiy ocherk o buddizme i islame v Afganistane.
  • G. Yudina "Dalverzin-tepe - zemlya kladov" Arxivlandi 2012-11-16Wayback Machine saytida.