ⓘ Guns N Roses - 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida mashhur bolgan amerikalik rock-guruh. Guruh Geffen Records bilan 1987 yilda chiqargan Appetit ..

                                     

ⓘ Guns N Roses

Guns N Roses - 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida mashhur bolgan amerikalik rock-guruh.

Guruh Geffen Records bilan 1987 yilda chiqargan Appetite for Destruction albomidan keyin katta umumjahon muvaffaqiyat qozonadi. Bu muvaffaqiyat dunyoviy turne va Use Your Illusion I, Use Your Illusion II kabi albomlar bilan mahkamlanadi. Sotilgan albomlarning umumiy tiraji 90 million nusxani tashkil etadi. Shuning uchun guruh eng muvaffaqiyatli rock-guruhlardan biri hisoblanadi.

                                     

1.1. Tarixi Guruhning tuzilishi

1982-yilda vokal Axl Rose va uning maktabdoshi - gitarist Izzy Stradlin bilan Indianadan Los Angelesga keladilar. Axl bir qancha guruhda ishtirok etar edi. Ulardan bittasi - Hollywood Roseda Izzy ham gitara chalar edi, yana bittasi L.A. Guns guruhi. L.A. Gunsda Tracii Guns gitara chalar edi. 1985-yilning mart oyida Guns N Roses guruhini tuzadilar. Guruhga Izzy, L.A. Gunsning barabanchisi Rob Gardner va basschi Ole Beich ham qoshiladilar. Yaqin orada Olening orniga Duff McKagan qoshiladi. Guruhning musiqiy tarzi ozida rock, hard-rock, blues va punk tarzlarini aralashmasini namoyon qilar edi.

Sietldagi gastrollarda Trecii va Gardner ishtirok eta olmaydilar. Shunda Axl Slashni va barabanchi Steven Adlerni taklif qiladi. 1986-yilga kelib ular ham guruhning ishtirokchilariga aylanadilar, shunday qilib guruhning klassik tarkibi malum boladi:

  • Izzy Stradlin - ritm gitara
  • Duff McKagan - bass-gitara
  • Axl Rose - vokal
  • Steven Adler - baraban
  • Slash - solo gitara
                                     

1.2. Tarixi Birinchi yozuvlar

1986-yilning dekabr oyida guruh oz mablagiga "Live?!* Like a Suicide" mini-albomini chiqardilar. Buning uchun shaxsiy mustaqil ovoz yozish studiyasi UZI Suicide Recordsni tashkil qildilar. Albomga kirgan tort qoshiqdan faqat ikkitasi - "Reckless Life" va "Move To The City" ularga oid edi. Bu ikki qoshiq Hollywood Rose davrida Axl va Chris Webber tarafidan yozilgan edi. Qolgan ikki qoshiq - "Nice Boys" Rose Tatooniki, "Mama Kin" Aerosmithniki edi. Yozuvlarda qarsak va hushtaklar eshitilsa ham, guruh qoshiqlarni studiyada yozilganligini, bu ovozlar esa jonli konsertlardan olib qoshilganligini aytdilar. Ikki yildan song bu tort qoshiq GNR Lies albomida ham chiqarildi.

                                     

1.3. Tarixi "Ochilish"

Geffen Recordsning menejeri Tom Zutaut, Guns N Rosesni Troubadour klubidagi chiqishini koradi. Raqobatdoshlaridan oljani olib qoyish uchun, guruh unga yoqqanini va ular bilan shartnoma imzolaganini elon qiladi. Axl Rose 75 ming dollar avans talab qilkadi, keyin u Tomga kompaniyaning raqobatdoshi Chrysalisga agar u Sunset bulvarida yalangoch yursa u bilan shartnoma tuzishga soz berganini aytadi. Zutautning aytishiga kora, u rostdan ham bundan qorqqan ekan va shartnoma imzolanmaguncha har kun oynadan Sunset bulvariga qarar ekan. Alan Niven guruhga menejerlik qiladi va guruh birinchi uzun albomini yozishga kirishadi.

                                     

1.4. Tarixi Appetite For Destruction 1985 - 1990

1986-yilning ohirlaridan 1987-yilning ortalarigacha studioda Appetite For Destruction albomini yozadilar. Albom 1987-yilda guruhning birinchi albomi chiqadi. Appetite For Destruction butun dunyoda 25 million nusxada sotiladi. Albomning muqovasi qorqinchli bolgani uchun musiqiy dokonlar uni rad qiladi. Albom keyinchalik Axl Rosening fikriga binoan yasatilgan mashhur muqovasi ostida chiqariladi. Albom bugungacha chiqgan debyut albomlarning ichida eng kop sotilgan albom sifatida ham taniqli. Albom butun dunyoda hit paradlarda ust orinlarni egallaydi. Guruh esa dunyoviy turga chiqadi. Albom 80-yillarning eng yahshi hard rock albomi bolish bilan bir qatorda, 80-yillarning eng yahshi 5 albomdan biridir. Albomdagi asosiy single qoshiqlar - Welcome to the Jungle, Sweet Child OMine, Paradise City va Nightrain hit paradlarning ust qatorlarida joy oladi. Albom Amerikaning Billboard Top 100 da 5 hafta davomida birinchi orinda turadi. Osha yili GNR Mötley Crüe,Alice Cooper, Iron Maiden va Aerosmith kabi afsona guruhlar qatoriga qoshildi. 80-yillarning mashhur guruhlari - Ratt, Poisondan farqli olaroq GNRning musiqasi glam rockdan ogirroq, qattiqroq, agressivroq bolsa ham glam rockga nisbatan yurakga yaqinroq edi. Bu farq sezilgach bu guruhlar darrov ikkinchi darajaga tushdilar.

1988-yilda Appetite For Destruction dunyo turnesini davom ettirgan guruh osha yilning ohirlariga yaqin GNR LIES albomini yana Geffen Recordsdan chiqardilar. Albomga Live Like Suicide albomidan 4 qoshiq va yangi 4 akustik qoshiq kiritilgan edi. Patience va I Used To Love kabi afsonaviy hit qoshiqlar ham shu albomda edi. Albom Amerikaning ozidagina 6 million nusxada sotildi. Faqat One In A Million qoshigidagi bazi sozlar Axl Rosega irqchi va gomofob kabi ayblovlarni olib keldi. Osha yilda Angliyadagi Donnington Monsters of Rock festivalga qoshilgan guruhning ikki muhlisi konsertda ezilib, oladilar. Axl Rose festivalni uyushtirganlarni protesto qildi va boshqa bu festivalga qoshilmasligini bildirdi. 1988-yilning ohirlarida Mtv mukofotlarida sahnaga chiqgan guruh Eng yahshi chiqish mukofotini oladilar. Millionlab albomlarini sotgan guruh endi axborot vositalarining diqqat markazida edi. GNR musiqiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda Mötley Crüe kabi ishkalliklari bilan ham birinchi orinda edi.

1989-yilda Guns N Roses bir vaqtning ozida 2 ta albomi bilan Billboard Top 5 royxatiga kirgan birinchi guruh edi. Bu juda katta muvaffaqiyat edi. Osha yilning ozida Axl Rose 2 martta Rolling Stonega muqova boldi. 1989-yilda guruh Amerika Musiqiy Mukofotlarida eng yahshi hard-rock albomiAppetite For Destruction va eng yahshi hard-rock qoshigi Paradise City mukofotlarini oldi. 1989-yilda Rolling Stones bilan birga turnega chiqdilar. 1989 MTV VMAda Mötley Crüening afsonaviy vokali Vince Neil bilan Izzy Stradlin sahna orqasida mushtalashadilar. Ishkal Vince Neil va Axl Rose tortishmasiga aylandi va ikki yulduz bir birini televideniyeda boks tushishga taklif qildilar. 1990-yilda guruh yana studiyada yozuv ishlarini boshlatadilar. Guruhning eski dosti Dizzy Reed pianino Guns N Rosesga qoshiladi. Osha yilda barabanchi Steven Adler narkotiklar bilan bogliq muammolari sababli guruhdan uzoqlashtiriladi. Uni orniga Matt Sorum keladi. Adler guruhni sudga beradi va 2.5 million dollar tolashga mahkum qiladi. Axl Rose qoshnisiga hujum qildi degan sabab bilan hibsga olinadi. Osha paytlarda Knockin on Heavens Door Tom Cruisening The Days of Thunder filmining albomida ishlatildi. Guruh 1990-yilni butunlay studiyada otkazdi. Bir necha martta hayir uchun konsertlar berdilar. 1991-yilning birinchi oylarini ham studiyada otkazgan guruh shu yilning ortalariga yaqin Use Your Illusion World Tour 91- 93ni boshlatdilar. Yana 1991 da mashhur St. Louis voqeasi yuz beradi. Axl Rose hadeb uni rasmga olavergan muhlisining ustiga sakradi va chozilib ketgan voqeada 40 kishi yaralanadi. Keyinchalik 1992da Axl bu voqea tufayli hibsga olinadi.



                                     

2. Diskografiya

  • G N R Lies 1988
  • Chinese Democracy 2008
  • Appetite for Destruction 1987
  • "The Spaghetti Incident?" 1993
  • Use Your Illusion I 1991
  • Use Your Illusion II 1991
                                     
  • ikkinchi yarmida Bon Jovi dunyoning eng ommaviy har - rok - guruhi nomi uchun Guns N Roses bilan musobaqalashishardi. Ular ketma - ketlik bilan Billboard Hot 100 ning
  • Green Day Who Wrote Holden Caulfield? The Offspring Get It Right Guns N Roses The Catcher in the Rye Bloodhound Gang Magna Cum Nada Ace of Base
  • Peggy Sue  ingl. Buddy Holly 1957 3 198 Sweet Child O Mine  ingl. Guns N Roses 1987 2 199 Maybe  ingl. The Chantels 1957 4 200 Don t Be Cruel Elvis
  • sindirayotgan bo ladi, Grohl bo lsa mikrafonni olib: Hoy, Eksl - deb Guns N Roses ning vokalisti Axl Rosega murojaat qilib baqiradi. Konsertdan oldin
  • com magazine 2012 06 25 face - the - music. Qaraldi: December 9, 2014. Tom Cruise Covers Guns N Roses Russell Brand Sings Jefferson Starship on Rock of Ages Soundtrack
  • Little Shop of Horrors 28 Martin Manulis 92 USA Producer Days of Wine and Roses Luv 29 Lois Maxwell 80 Canada Actress That Hagen Girl Goldfinger October