ⓘ Badiuzzamon – Xuroson hukmdori. Husayn Boyqaronint tongich ogli, onasi – Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim. B. 1473 yildan Seyiston, keyinchal ..

                                     

ⓘ Badiuzzamon

Badiuzzamon – Xuroson hukmdori. Husayn Boyqaronint tongich ogli, onasi – Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim. B. 1473 yildan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi amir Mogul xiyonatidan song, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan. Song, u 1496–1506 yillarda Balx hokimi bolgan.

Boburning yozishicha, "Sulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini kozlab Balxni B.ga beradi, uning mulki – Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. B. shu tufayli arazlagandi. Shuncha yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat edi". B. Astrobodni ukasiga berishga konmagan. Chunki, Husayn Boyqaro Astrobodni uning ogli Muhammad Momin Mirzoga sunnat toyini qilayotganda inom qilgan edi. Oqibat ota-ogil ortasidagi mojaro urushga aylanadi. 1497 yil B. Puli Chirog darasidagi jangda maglubiyatga uchraydi. Xuddi shu kuni Muzaffar Husayn Mirzo Astrobod yonida Muhammad Momin Mirzoni yengadi. Husayn Boyqaro Balxni ogillaridan Ibrohim Husayn Mirzoga beradi. Yengilgan B. qolgan-qutgan lashkari bilan Qunduzga qochadi, song Xusravshoh huzuridan panoh topadi. Xusravshoh B.ga qoshin, qurol-yarog bilan yordam bergach, u Qandahor va Zamindevorga boradi. 1505 yil B. otasi bilan yarashib, uning xizmatiga kiradi. Otasi vafot etgach, ukasi Muzaffar Husayn Mirzo bilan birgalikda taxtga otiradi.

1506 yil Shayboniyxon Balxni qamal qilganda B. Muzaffar Mirzo bilan unga qarshi otlanib boshqa ukalarini ham yordamga chaqiradi. Bodxizda B. qoshiniga Abulmuhsin Mirzo va Ibn Husayn Mirzo kelib qoshiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham ularga yordamga keladi. Ammo ular toplangunga qadar oradan 3–4 oy otadi, bu orada Shayboniyxon Balxni egallab, B. qoshin toplayotganidan xabar topgach, kech kuzda Samarqandga qaytib ketadi. Shayboniyxon 1507 yil Samarqanddan Xurosonga qoshin tortadi. B. ukasi bilan Hirotni tashlab qochadi, song Eronga, Ismoil Safaviy huzuriga boradi. 1514 yil B.ni turk sultoni Salim I Istanbulga olib ketadi, u osha yerda vaboga chalinib vafot etadi.

B. Husayn Boyqaroning ogillari orasida eng oqili va tadbirkori bolib, taqvodor, adolatpesha hamda ilmu marifat va hunar axliga muruvvatli hukmdor edi. U oz saroyida olim, shoir, sanatkor va boshqalarni yigib anjumanlar otkazib turardi. Shuning bilan birga, u ozi ham gozal gazallar bitgan, mamlakatda qurilish-obodonchilik ishlariga katta etibor bergan. A.Navoiy B.ni quyidagicha tariflagan: "Sulton Badiuzzamon Mirzo husni surat va husni siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bagishlamaqda bemonand. Tabi ham nazm uslubida muloyim tushubtur.".

                                     

1. Adabiyotlar

  • Fayziyev T., Husayn Boyqaroning sirli olimi, T., 1995.

"Risolai Nur Kulliyoti" nomli asarlari ila Islom dunyosi va umuman insonlik olamida buyuk bir shuhrat yoygan va asartari darslar holida buyuk bir ishtiyoq va ishqla oqilayotgan Badiuzzamon Said Nursiy kimdir? Hayoti qaerlarda otgan, qanday davom etgan? Ustodning hayot safhalarini batafsil hikoya qilmoq, Dini Mubini Islom yolida umrini fido qilib chekkan jabru jafolarining hammasini bayon etmoq nihoyatda mushkuldir Janobi Haq bu zotni shunday muhtasham va ajib va xoriqo hayot yollaridan kechirganki, xuddi bu zot bir jamoatdir va xuddi buyuk Usmonli davlatining olti yuz yillik tarixini bu zot sakson yillik umri davomida yashab otgandekabr Turli xil sitamli voqea va hodisalarni boshidan otkazib, faoliyat va gayrat bilan haq yolda davom etgan bir insondir Bu zotning hayot kechmishlari tadqiq etilsa va asarlari diqqatla kuzatilsa, shu narsa ayon boladiki, Ustod hazratlarining oz tabirlari bilan aytganda: "Risolai Nur bu asrni va kelajak asrlarni nurlantirgan bir mojizai Quroniyyadir.

Badiuzzamon Said Nursiy rumiy taqvim bo’yicha 1293 milodiy 1876-77 yili Bitlis viloyati Hizon tumanidagi Isparit nohiyasining Nurs qishlogida tavallud topganlar. Otalari Mirzo, onalari Nuriya Xonimdir. Bolalikdan juda faol va gayratli bolganlari sababli yolgiz bir ustozdan va bir madrasada dars olish bilan cheklanib qolmasdan, Sharqning butun ulamo va mashoyixidan istifoda etmoq uchun darslar olganlar. Bir ikki yilda sarf-nahv mabodiysini qolga olib, asos ilmlarini Doguboyaziddagi Shayx Jaloliy huzurida uch oygina vaqt ichida tahsil etib tamomlaganlar. Shundan song qanday bir kitobni qolga olsalar, hech kimga murojaat etmasdan anglab yetar edilar. "Jamul javomi" "Sharhul mavoqif" "Ibnul Hajar" kabi tushunilmogi qiyin bulgan eng mushkul kitoblarni ikki yuz sahifadan yigirma tort soat ichida anglamoq sharti bilan mutolaa qilar edilar. Ozlarini ilmga shu darajada baxshida etgan edilarki, tashqi dunyo bilan aloqani butunlay uzgan edilar. Xullas, Nursiy marifati ilohiyyada erishgan, taraqqiyotining asli asosi bolgan sayri ilmining mohiyati shulardan iboratdir. Har kecha uch soat yoddan oqib, uch oyda toqson kitobni davr etganlar. Bu kitoblar Islomiyyatning eng yirik va asfiyo maqomiga erishgan zotlarning haqiqatga doir asarlari edi. "Sharhul mavoqif" va "Maqosid" kabi asarlar shular jumlasidandir. Said Nursiy hayotlarining songgi yillarida bu xususda munosabat bildirib: "Janobi Haqqa shukrlar bolsin, qardoshlarim. Mening bu mahfuzotim, takrorotim Quronning haqoiqiga chiqmogim uchun menga pogonalar boldi. Song men Quronga toki Quronning arshiyasiga chiqdim, u vaqt boqdim va har bir oyati Quroniyya koinotni qamrab olayotganini kordim. Endi Quron menga kofiy keldi. Boshqa kitoblarga ehtiyojim qolmadi", deganlar. Said Nursiy hazratlari Van shahrida bulgan kezlarida ilmi musabbita deb atalgan butun fanlarni tatabbu etmoqqa boshlab, juda qisqa bir zamon ichida tarix, jugrofiya, riyoziyot, kimyo, fizik, biologiya, falakiyot ilmlarining asosini kolga kiritdilar. Xususan, Islomiyyat bilan, Islom dunyosi bilan aloqada boldilar. Van shahridalik choglarida nashriyot va gazetlarni ham kuzatib borardilar. Bir kuni voliy Tohir Poshsho bir gazetada bosilgan mudhish bir xabarni Ustodga korsatadi. Unda ingliz pardamenti majlisida Angliya Mustamlaka noziri Quroni Kariymni bosh uzra silkib turib: "Toki bu Quron musulmonlarning qolida qolar ekan, biz ularga haqiqiy hokim bololmaymiz. Yo Quronni ortadan olib tashlamogimiz, yoki ularni Qurondan sovutmogimiz dozim", degan sozi yozilgan edi. Buni oqigan Ustod hazratlari: "Quronning sonmas va sondirilmas manaviy bir quyosh hukmida ekanini men dunyoga isbot etajakman va korsatajakman!", deya jiddiy bir gayratga keladilar va Allohning inoyati ila Quronning ijozi manaviysi u kishiga bu yolda rahbar murshid va ustoz boldi. Ustod hazratlari Anqara hukumatining davati bilan Anqarada bolib otgan Parlament Majlisida ishtirok etadilar. Ibodat va namoz uchun tashviqlariga doir bayonotlari bilan bu majlisda husni qabul koriladilar. Ammo jumhuriyat raisi Mustafo Kamol namoz oqilmogiga etiroz bildiradi. Shunda Ustod: "Poshsho, poshsho, shuni bilki, Islomiyatda iymondan songra eng yuksak haqiqat – namozdir. Namoz oqimagan xoindir. Va xoinning hukmi marduddir. Ado qilinmogi, Quroni Kariymning yuz yerida amr etilgan namozdan ham buyuk bir haqiqat bolganida edi, Janobi Haq iymondan songra uni amr etgan bolardi", deya javob beradilar. Ustod bir uzlat orzusida Vanga ketab, u erda xilvatnishin turar ekanlar mamlakatning sharqiy qismidagi notinch harakatlar sababi bilan Garbga, yani, Isparta shahriga surgun qilinadilar. Ispartaning Barla nohiyasida surgundalik choglarida sakkiz yil davomida "Risolai Nurlar"ni talif etdilar. "Sozlar", "Maktubot" va "Lamalar"ning on uchinchisigacha Barlada, song takror Ispartaga kelib, "Yigirma oltinchi Lamagacha talif etdilar. 1935 yillari esa, bir yuz yigirma talabalari bilan birgalikda Eskishahar Ogir Jazo Mahkamasiga hibsga yuboriladilar Hibsda "27 28, 29, 30-Lamalar"ni va "Ikkinchi Shua"ni talif etadilar. Bir yillik hibsdan song Qastamonu viloyatiga yana surgun qilinadilar va u erda sakkiz yil davomida mirshabxona qarshisida, nazorat ostida yashaydilar. Xullas, umri davomida doimo mirshab va jandarma nazorati ostida hayot kechirgan Badiuzzamon hazratlari surgundami, qamoqxonalardami, qaerda bolmasinlar, Quron haqiqatlarini targibot etab, gayrat va shijoat ila "Risolai Nurlar"ning talifi bilan mashgul boladilar. Ustod hazratlari song hayotlarini Isparta shahrida, xizmatlaridagi talabalari orasida otkazadilar. Anqara va Istambulda nashr etilgan butun "Nur" majmualari Ustoy huzurlariga varaqalar shaklida keltirilib, oqilar edi. Ustod xatti Quron ila yozilgan "Risolalar"ni kuzatib borar yonlaridagi talabalari oqir va shu holda tuzatilgan varaqalar ketar matbuotda bosilar edi. Ustodimizning amr va musoadalari bilan rasman talabalari tarafidan "Risolalar" Anqara va Istambulda chop va nashr etilmoqqa boshladi. Va tez surat bilan har tarafga yoyildi. Afsus, bu oralarda zimdan Ustodga qarshi yana yangi mahalliy mahkamalar ochildi. Ammo u din dushmanlari, surgunlar qamoqxonalar ogir jazo mahkamalari ham "Risolai Nurlar"ning porloq haqiqatlarini sondira olmadi, aksincha, bu ogir davrlarda "Nur" talabalari kopayib bordi, "Risolalar"ning har erda intishor bolmogi uchun jiddiyat va faoliyat korsatib, bu xizmat uchun mahkam bel bogladilar. Allohning inoyati ila "Nurlar"ning ozi ham, uning talabalari ham oqlandilar. Shu tariqa "Sozlar" "Maktubot", "Lamalar", "Shualar", "Asoi Muso", "Masnaviyi Nuriyya", "Ishorotul Ijoz", "Tarixchai Hayot; "Sikkai Tasdiqi Gaybiy" kitoblari majmualar shaklida chop etaldi va boshqa risolalari ham nashr qilindi. Hazrati Ustodning Anqara va Istambulga ilk tashriflarini korolmagan, oziga singdira olmagan ahli zalolat va Islomiyyatning rivojlanmogini istamagan manqurt matbuot xodimlari idora ahliga vahima bildirib xabar etkazadi va natijada Ustodnyng Isparga va Amirdogda iqomat etmoq muddatlarini yana chozadilar, va eshiklarida kechayu kunduz mirshab poylatadilar. Hazrati Ustod 1960 yil marg oyida Ramazoni sharifning bir tongida xizmatlaridagi bir guruh talabalari ila birga goyat xasta hollarida Urfaga yol oladilar. Urfada ikki kun qolib, nihoyat Ramazonning yigirma beshida, yani, 1960 yilning yigirma uchinchi martida abadiy hayotga intiqol etadilar. Ustodning bayonotlaridagi ijobatga binoan, vafotlaridan song Xizmati Nuriyya yanada har tarafga porloq nurini sochmish va tarqatmishdir. Ustod aytganlaridek: "Risolai Nur" Quronning qolida bir olmos qilich bolib, kufr va ilhodga va dinsizlik jarayonlariga qarshi manaviy bir atom bombasi kabi mohiyat qozonib, inkor va zalolat jarayonlariga muqobala etmoqdadir". Xizmati Quroniyya va Iymoniyyada manan biz bilan birga davom etayotgan va yashayotgan Ustodimiz bunday deganlar "Men bilan korishmoq istagan aziz qardoshlarimga bayon etamanki, insonlar ila zaruratsiz korishmoqqa bardoshim qolmaganidan va hozir zaharlanganim, zaifligim, keksaligim va xastaligim sababidan kop gapira olmadim. Bunga muqobil sizga qatiyan xabar beramankim, "Risolai Nur"ning har bir kitobi bir Saiddir. Siz qaysi kitobga boqsangiz, men bilan yuzmayuz korishmoqdan on marotaba ziyoda foyda olasiz ham haqiqiy suratda men bilan korishganday bolasiz. Men shunga qaror bergan edimki, Alloh uchun men bilan korishmoq istaganlarni korisholmaganlari evaziga har tongdagi mutolaalarimga va duolarimga doxil qilaman va qilmoqda davom etaman".

Mustafo Sungur*

  • Badiuzzamon Said Nursiy hazratlarining hozir Turkiyada istiqomat qilayotgan hamnafas talabalaridan biri.