ⓘ Dado 1999-yil Toshkentda tashkil etilgan, aka-ukalar Alisher Madumarov hamda Rustam Madumarovlardan iborat pop duet. Guruh Anor guruhining sobiq azolari tomonid ..

                                     

ⓘ Dado

"Dado" 1999-yil Toshkentda tashkil etilgan, aka-ukalar Alisher Madumarov hamda Rustam Madumarovlardan iborat pop duet. Guruh "Anor" guruhining sobiq azolari tomonidan tuzilgan. Duet Ozbekistonda 2000-yillar boshidagi eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan guruhlardan biri boldi. Kop tillarni bilgan guruh azolari ozbek, rus, ingliz, turk, olmon, fransuz, ispan, italyan va boshqa tillarda qoshiq yozdi va ijro etdi.

"Dado" guruhining ilk studiyaviy albomi "Y?" 2000-yil chiqdi. 2004-yilda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi - "Лето" "Yoz" dunyo yuzini kordi. "Dado" Ozbekistonda va boshqa MDH davlatlarida ham shuhrat qozondi, guruhning "Yuragim", "Benom", "Лето" "Yoz" va "Chat-Pat" "Discotheque" kabi qoshiqlari hitga aylandi. Guruhning ayrim kliplari rus MTV kanalida korsatildi.

Guruh 2008-yili oz faoliyatini toxtatdi. Bunga qaramasdan, 2012-yil "Космонавты" "Fazogirlar" singli eski qoshiqlar remikslari bilan elon qilindi. "Dado" azolaridan biri Rustam Madumarov sobiq prezident Islom Karimovning tongich qizi Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri bolgan. 2014-yilda ozbek sudi uni soliq tolashdan boyin tovlashda hamda millionlab dollar qiymatga ega mulkni ogirlashda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Panama hujjatlari Madumarov xorijda kop sonli shirkatga ega ekanligini oshkor qildi. Shirkatlar aslida Karimovaga tegishli ekanligi aytildi.

                                     
  • diez de esta noche, que una de las muestras enviadas desde La Gomera ha dado positivo en coronaviruspic.twitter.com B21LojPzZD. sanidadgob es Spanish
  • Xayduk Split 20 Antoni Shyerich 15.01.1979 Греция Panatinaikos Hujumchilar 9 Dado Prsho 05.11.1974 Andoza: Флаг Шотландии Ryeyndjers 17 Ivan Klasnich 29.01