ⓘ Isroil - Yaqin Sharq olkasida, Osiyoning garbiy qismida, Orta dengizning janubisharqiy boyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km 2. Aholisi s ..

Isroil podsholigi

Isroil podsholigi - Shim. Falastinda mil. av. taxminan 928 - 722 y.larda mavjud bolgan davlat. IsroilYahudiya podshoxligi parchalanib ketgach, rivoyatlarga kora, 12 ta isroilyahudiy qabilasidan 10 tasining birlashtirilishi natijasida tashkil topgan. Poytaxtlari: Sixem, 876 y.dan keyin - Samariya. Ossuriya podshosi Sargon II tomonidan bosib olingan.

.il

net.il: Isroil internet provideri org.il: Notijorat tashkilotlari co.il: Tijorat tashkilotlari gov.il: Davlat va davlat sistemasi muni.il: Municipal Government idf.il: Isroil qurolli kuchlari k12.il: Maktab va bogchalari ac.il: Talim institutlari

Quddus yahudiy universiteti

Quddus Yahudiy universiteti – Isroilning ikkinchi eng qadimgi universtiteti bolib, 1918-yilda Isroil davlati tashkil etilishidan 30 yil avval tashkil topgan.

Xamas

Xamas yagona islom davlati barpo etishni maqsad qilgan Falastindagi radikal guruhdir. Bu guruh 1988-yilda Musulmon birodarlar tashkilotining harbiy qanoti sifatida aniqlangan. Terroristik harakatlari tufayli Xamas Isroil hukumati tomonidan 1989-yilda noqonuniy tashkilot sifatida elon qilingan.

Natalie Portman filmografiyasi

Natalie Portman - Amerika Qoshma Shtatlari va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, film produser va rejissor. Portman filmdagi ilk debyutini Luc Bessonning Léon: The Professional filmidagi Mathilda roli bilan boshlagan hisoblanadi.

Fasihiddin Dadamuhamedov

Dadamuhamedov Fasihiddin Gulomovich - zargar, Ozbekiston Respublikasi xalq, ustasi. Toshkent sanat institutini tugatgan. Us t a zargar N. Xolmashovdai xunar organgan. 1985 y.dan "Us to" birlashmasida zargar-usta, 2000 y.dan xususiy ustaxonasida mehnat qiladi. D. ijodida milliy zargarlik uslubini tikladi, ananalarini uygunlashtirdi va rivojlantirdi, shabaka, zigirak, qolipaki, bosma usullarida buyumlar yaratdi: zirak, uzuk, bilaguzukdan iborat "Bozband", "Panjara tumor", "Uch koza" va b. toplamlar, tillaqosh, zebigardon, uzuk, zirak va b. taqinchoqlar; buyumlar bezagida osimliksimon naqshla ...

                                     

ⓘ Isroil

Isroil - Yaqin Sharq olkasida, Osiyoning garbiy qismida, Orta dengizning janubisharqiy boyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km 2. Aholisi soni 2016-yilgi malumotlarga kora 8 522 000 kishi. Poytaxti - Quddus shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi - Tel-Aviv shahri. Rasmiy tillari - ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq

                                     

1. Davlat tuzumi

Isroil - respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoq. Uning ornini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish togrisida 1948 yilgi Qonun va Mamuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish togrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset togrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.

Davlat boshligi - prezident 2000 yildan Moshe Katsav, u knesset bir palatali parlament tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - knesset, uning 120 deputati umumiy togri yashirin ovoz berish yoli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.

                                     

2. Tabiati

Isroilning dengiz boyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500–1000 m li plato bolib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-giga tik tushgan. Xula va Tiveriad kollari, Ulik dengiz, janubda Negev choli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.

Iqlimi subtropik, janubda va soyliklarda chala chol va chol iqlimi. Yozi issiq 24 - 36°, qishi iliq 6 - 18°. Yillik yogin 100–800 mm. Shimoli-shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi otadi. Daryo suvidan sugorishda foydalaniladi. Tuprogi qongir, tog boz-qongir, boz, janubdagi chollarda boz-qongir. Toglarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragay va b. usadi. Sirtlon, chiyabori, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar kop. Qushlarning chol va dashtga xos turlari uchraydi.

Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yaxudiylarining yarmidan koprogi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til - ivrit va arab tillari. Kopchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus garbiy qismi, Ramat-Gan.

                                     

3. Tarixi

Isroil davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan 1948 yil 14 may. Qarorga kora, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb elon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga bolindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega bolishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14.1 ming km 2, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab shundan 90 mingi badaviy deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil mamuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi 1948 - 49 davrida Isroil Falastin arab davlati uchun 1 Falastin qududi. 1967 yil 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk Isroil" davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi ozining 1967 yil 5 - 9 iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toxtatishni talab qildi, ammo Isroil agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq 1967 yil 10 iyulda Isroil oq otishni toxtashishga majbur boldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 yil 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yol bilan bartaraf etish togrisida qaror qabul qildi. Ammo Isroil bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 yil kuzidagi arab-isroil urushida Isroil armiyasi va texnikasi katta talafot korish evaziga kopgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 yillarda Isroil Misr bilan, 1974 yilda Suriya bilan tuzgan bitimlarga binoan qoshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular ortasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoshinlari joylashtirildi. 1979 yilgi Isroil -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, Isroil oz qoshinlarini Sinay yarim oroldan olib ketdi va 1982 yilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 yilda Isroil bilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati togrisida bitim tuzdilar. 1998 yil oktyabrdagi Isroil - Falastin shartnomasida Isroil arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi kozda tutilgan. Ammo Isroil - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.

Isroil - 1949 yildan BMT azosi. OzR su-verenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan oldi va 1992 yilda diplomatiya munosabatlari ornatdi. Milliy bayrami - Mustaqillik kuni 1948 - Yahudiylar taqvimiga kora, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin 2001 yilda 26 aprelga togri keldi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" "Mehnat" sotsialistik partiyasi, 1968 yilda tuzilgan; "Likud" "Ittifoq" partiyasi, 1973 yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 yilda tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" "Isroil yuksalishda" partiyasi, 1996 yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 yilda tashkil etilgan.



                                     

4.1. Iqtisodiyoti Sanoati

IIsroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy orinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar - tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik, elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toqimachilik, tikuvchilik, konchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz miqdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari - Tel-Aviv, Xayfo.

                                     

4.2. Iqtisodiyoti Xojaligi

Isroil - rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, qishloq xojaligi ulushi 3%ni tashkil etadi.

                                     

4.3. Iqtisodiyoti Qishloq xojaligi

Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgarmasiga qarashli bolib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan qishloq xojaligi shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koprogi ishlanadi, uning 40% dan or-tigi sugoriladi. Qishloq xojaligining asosiy tar-mogi - dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi yiliga 1.5 mln. tonna, bular boshqa mevalar bilan birga qishloq xojaligi mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogdorchilik, tokchilik, gulchilik bilan ham shugullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Qishloq xojaligi mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.



                                     

5. Transporti

Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yollarining uz. - 13 mingkm. Temir yol uzunligi - 890 km. Dengiz savdo floti muhim orin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari bolib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Orta dengiz portlariga neft oqiziladi.

Isroil chetga qishloq xojaligi va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, madanli ogit, kimyoviy moddalar, qurolyarog chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi - shekel.

                                     

6. Tibbiy xizmati

Aholi sogligini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oquv yurtining tibbiyot fakultetlarida tay-yorlanadi.

                                     

7. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oquv yurtlari ham bolib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagi hisobiga ishlaydi. 1969 yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalar uchun 10 yillik majburiy talim joriy etilgan. Boshlangich maktabda oqish muddati - 6 yil Orta maktab - 6 yillik 3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab. Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti 1918, Tel-Aviv universiteti 1953, Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti "Texnikoy", 1912. Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi 1961 ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi 1965, Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanat muzeyi va hokazo

                                     

8. Matbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi

Isroilda 400 dan ortiq gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Gaa-rets", "Gamodiya", "Gatsofe", "Yediot axronot", "Ma-ariv". Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik "Djeruzalem post" "Quddus pochtasi", 1932 yildan va arab tilida "Al-Ittihod" "Ittifoq", 1944 yildan gaz.lari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati bolib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948 yilda tuzilgan.

Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida orin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta tasir korsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar Isroil tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga kochib kelgan va 1948 yildan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati 1966 Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi bilan etiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda osib voyaga yetgan adiblar guruhi - Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oz asarlarida ijtimoiy muam-molarni ortaga qoydilar. 60-yillarda Garbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi tasiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi kopgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. Isroil Zrubavel, M. Man, I. Papernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar - Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar - Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.



                                     

9. Memorligi va tasviriy sanati

Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub kopgina memorlik va sanat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10 - 8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertolalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid kohna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan otkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari mil. av. 11-asr oxiri - 6-asr boshlari davridan qolgan ogilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanati namunalari - uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri mil. av. 1-asr - mil. 4-asr Rim badiiy madaniyatiga xos bolgan kopgina yodgorliklarni qoldirgan. Qabr ustiga qoyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika, monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qala, qorgonlar, istehkomlar qolgan. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida yahudiylarning Falastinga kochib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy memorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan kochib kelgan yahudiylar har xil badiiy va memoriy maktab hamda yonalish ananalarini olib keldi.

20-asrning 50-yillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan mamuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali, Beylinson shifoxonasi, Gaarets-muzey, 36 qavatli "Shalom" mamuriy va savdo binosi 70-yillar, Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui 1968 - 69, Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy san-atda turli modern yonalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. "Be-salel" sanat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta etibor beriladi.

Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati, shuningdek kochib kelgan yahudiylarning ananalari asosida rivojlangan. 1948 yildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va "Inbal" musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 yillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi.



                                     

10. Teatri

1926 yilda birinchi professional teatr - "Ogel" "Chodir" teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi "Pedagogik poema", Kishonning "Nikoh shartnomasi" pyesalarini korsatish orqali tomoshabinlar etiborini qozondi. "Matete" "Supurgi" deb atalgan hajviy teatr 1928 yilda bolgar rejissyor I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* yilda bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-yillarda "Batsal yarok" "Kok piyoz" va "Hamem" "Ili-miliq" satirik teatrlari yuzaga keldi. Isroilning yetakchi teatri "Gabi-ma" "Saxna" 1928 yildan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari korsatildi. 20-asrning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr 1958 yilda asos solingan va Kamer teatri 1944, Xayfoda Shahar teatri 1963, Tel-Aviv universitetida musiqa fakulteti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.



                                     

11. Kinosi

Isroilda kino ishlab chiqarish 1950 yilda boshlandi. Shu yili rejissyor A. Amar "Sulh" badiiy filmini yaratdi. 1954 yilda milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta I. filmlarini korsatish joriy etildi. "Yodingda tut" rej. F. Artvis badiiy filmi va "Salax Shabati" hajviy komediyasi ikkalasi 1964 yilda yaratilgan ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va "jangari" filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.

                                     

12. Ozbekiston - Isroil munosabatlari

BMT qaroriga kora ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Yaqin Sharqdagi davlat. Poytaxti yerusalim-quddus emas shahri. Aholisi asosan yahudiy millatiga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.

                                     

Futbol boyicha 1964-yilgi Osiyo kubogiga saralash

Osiyo kubogi 1964 uchun saralash bir qancha jamoalar jalb qilinib 4 ta guruhga ajratildi. Har bir guruh goliblari mezbon Isroil bilan final bosqichiga yollanma oladilar.