ⓘ Armaniston Respublikasi Hayastani Hanrapetutyun – Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, garb ..

Kavkazorti

Kavkazorti - Kavkazning Katta Kavkaz yoki Bosh tizmasidan janubdagi qismi. Kavkazortiga Katta Kavkaz janubiy yon bagrining kop qismi, Kolxida pasttekisligi va Kura-Arake pasttekisligi, Armaniston togligi, Tolish toglari va Lenkoran pasttekisligi kiradi. Kavkazortida Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston respublikalarining asosiy qismi joylashgan.

Yerevan teleminorasi

Yerevan Teleminorasi - Armaniston poytaxti Yerevanda joylashgan teleminora. Balandligi 311.7 metr bolib Armaniston va Kavkazning eng baland teleminorasi hisoblanadi. Dunyoda balandligi boyicha 32-orinni egallaydi. Minora shakli uchburchaksimon bolib, ogirligi 1900 tonnagacha yetadi.

Am

AM yoki Am atamalari quyidagilarni bildirishi mumkin: Amxar tili. Attometr - 10 -18 metr. Ameritsiy - kimyoviy unsur. Am beadab soz Vagina uchun beadab soz. .am - Armaniston uchun yuqori darajali milliy domen. Amplituda modulatsiyasi. A.M. - Ante Meridiem, yarim tundan peshingacha bolgan vaqt orasi. am - olmoncha orin-joy kelishigi masalan, Frankfurt am Main - "Maindagi Frankfurt" Aston Martin. Amazonas - Braziliya shtatlaridan biri.

Gannibal

Gannibal, Ann i bal Barka - Karfagen sarkardasi. Gamilkar Barkanchnt ogli. 2-Puni urushi davri da Alp toglaridan oshib otib, Titsin, Trebbiya daryolari, Trazimen koli, Kanna yaqinida rimliklar ustidan galaba qozongan. Zama yonidagi jang da G. Rim qoshinidan maglubiyatga uchragan va Rim shartlari asosida sulh bitimi imzolashga majbur bolgan. Urushdan song G. Karfagenni boshkargan. Rimga qarshi yangidan urush ochishga tayyorgarlik korayotganidan Rimdagilar xabardor bolib qolganlaridan xavfsiragan G. Suriya podshosi Antiox III huzuriga qochib borib uning harbiy maslahatchisi bolgan. Antiox II ...

Togli Qorabog Respublikasi

Togli Qorabog Respublikasi yoki Artsax Respublikasi - dengizga chiqish imkoniyati yoq, dunyo davlatlari tan olmagan Kavkazortidagi mamlakat hisoblanadi. Ushbu mamlakat 1991-yil 2-sentabrda oz mustaqilligini elon qilgan. Togli Qorabog Respublikasi Old Osiyoning Kavkazortidagi Arman toglarida joylashgan. Garbda Armaniston biilan, shimolda va sharqda Ozarbayjon bilan, janubda Eron bilan chegaradosh. Bosh Assambleya tomonidan 2008-yilning 14-martida qabul qilingan rezolyutsiya - 62/243. Ozarbayjonning bosib olingan hudularidagi holat … Ozarbayjon Respublikasining Togli Qorabog hududi va uning ...

                                     

ⓘ Armaniston

Armaniston Respublikasi Hayastani Hanrapetutyun – Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, garbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29.8 ming km². Aholisi 3.277 mln 2012. kishi. Poytaxti – Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston – Demokratik respublika. Davlat boshligi – Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi – Millat majlisi 1995-yildan. Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi – Vazirlar Kengashi.

                                     

1. Tabiati

Armaniston – togli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 m Aragats togi, eng past nuqtasi 350 m. Respublikaning Shimolva Shimolsharqida Kichik Kavkaz tizmasi, janubdaArmaniston yassitogligi bor. Tog tizmalari oraligida Pambak va Shiroq vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubiygarbida – toglar oraligida – Ararat tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boyoklari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va tog etaklarida iyulning ortacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki – 5°, yillik yogin miqdori 200 – 400 mm. Plato va tog yon bagirlarida iyulning ortacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki – 4°, yillik yogin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° Araks vodiysida, eng past temperatura – 46° Shimol-garbda. Qor qatlamining qalinligi 10 – 200 sm. Daryolarning kopi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda kol bor. Eng kattasi – Sevan. Unda mashhur gulmohi forel baligi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Ala xilma-xil tuproklar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Tog etaklarida tikanli butalar, archa, tol, namatak osadi. Ormon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-sharqda buk, janubdadub va grab ormonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogi bor.

                                     

2. Aholisi

Armanistonning asosiy aholisi – armanlar 3 mln.dan ortiq. Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69.5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari – Yerevan, Gyumri, Vanadzor.

                                     

3. Tarixi

Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi. Armaniston tog etaklarida tortlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xojalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan kolining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari otkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati miloddan avvalgi 9-asr temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo bolgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy – garbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi maglubiyati miloddan avvalgi 190 yildan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes miloddan avvalgi 1-asr davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati ortasida kurash maydoni bolib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya ortasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor qozgolon kotardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va memorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri 886 – 891da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II 914 – 928 Sevan koli atro-fida arab qoshinini maglubiyatga uchratdi 921 va ozini Armaniston knyazlarining knyazi deb elon qildi. Ashot III 953 – 977 mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda mogullar, 14-asrda Amir Temur bosib oldi. 16 – 18-asrlarda Turkiya bilan Eron ortasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron ortasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Garbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va "Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoshildi. 1877 – 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Garbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoliga otdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning ornini ingliz qoshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati ornatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936 yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash togrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb elon qilindi. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda ornatgan.



                                     

4. Siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari

Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat korsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gonish partiyasi, Milliy ozligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman "Ayastan" jamgarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar.

                                     

5. Iqtisodiyoti

Armaniston sanoatlashgan va kop tarmoqli qishloq xojalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48.3 %, qishloq xojalikning ulushi 25.7 % ni tashkil etadi.

                                     

5.1. Iqtisodiyoti Sanoati

Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari, molibden konsentrati, mis kuporosi, kochma elektr stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar, tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar, gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy orin tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9.5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va boshqalar



                                     

5.2. Iqtisodiyoti Qishloq xojaligi

Qishloq xojaligiga yaroqli yerlar kam bolishiga qaramay, qishloq xojalik kop tarmokli. Sugorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega. Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t, uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu jumladan gallazorlar 32 % bug-doy, arpa, yem-xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0.2 mln. tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-gosht, jun yetishtirishga ixtisoslashgan.

                                     

5.3. Iqtisodiyoti Transporti

Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 % dan koprogi temir yol ga togri keladi. Temir yollar uzunligi – 640 km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yollari – 7.7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayonalishlar Armanistonni MDH davlatlarining kopgina shaharlari bilan boglaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.

                                     

6. Xalq maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

Armanistonda barcha turdagi maktablar, orta maxsus oquv yurtlari keng tarmogi mavjud. Armanistonda 65 orta maxsus oquv yurti, 13 oliy oquv yurti, jumladan Yerevan universiteti, Politexnika, Tibbiyot, Xalq xojaligi, Ped. va boshqalar institutlar bor. Armaniston Fanlar akademiyasi, onlab ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. Armanistonda 1.3 ming ommaviy kutubxona, 14 teatr, mingdan ortiq klub muassasasi, 800 dan koproq kino qurilma, 37 muzey mavjud. Bir nechta gazeta va jurnal nashr etiladi; kitob nashri yaxshi yolga qoyilgan. 1926 yildan Yerevandan radio eshittirish, 1956 yildan telekorsatuv boshlangan.

                                     

7. Adabiyoti

Arman xalq ogzaki ijodidan kopgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri "Sosunlik Dovud" dostonidir. Unda armanlarning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti 4-asrda yoq bolib ketgan. Marifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yol ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo bola boshladi. 10 – 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygonish davri goyalari seziladi. 14 – 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot ananalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. G. Sundukyanning pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, O. Tumanyan, A. Isaakyan, A. Akopyan, Shirvonzoda arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. 1932-yilda Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning "Tehron", L. Gurunsning "Oltin tong", R. Kocharning "Katta uy bolalari", Armaniston Sanyanning "Tashnalik" romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, S. Kaputikyanlarning sheriy toplamlari bosilib chiqdi. Ozbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham ozbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.



                                     

8. Memorligi

Armaniston hududida eng qadimgi memoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan miloddan avvalgi 9 – 6-asrlar Teyshebaini va Erebuni Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan, antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, Garni qalasi mil. 1-asr saqlanib qolgan. Ksenofont tasvirlagan toifadagi turar joy – glxatun rejada togri burchakli, zinali yogoch gumbazli uy 20-asrgacha anana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach 301 yil, cherkovlar Echmiadzindagi katta butxona, 5-asr, istehkom qasrlar, hashamatli saroylar qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, memoriy shakllari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar barpo etildi. 9–12-asrlarda Armaniston memorligi yuksak darajaga kotarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari 989, Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar 989–1010;memor Trdat, Axtamar o.da saroy va cherkov 915–921; memor Manuel barpo etildi. 12–14-asrlarda jamoat memorligi rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oyib hosil qilingan Gegard monastiri Ayrivank saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston memorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda ozga mamlakatlarga borib ornashib qolgan armanlar yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi. Hozirgi zamon Armaniston memorligi ananaviy milliy memorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda.



                                     

9. Tasviriy sanati

Armaniston toglarida yashagan qabilalar va xalqlar ibtidoiy jamoa madaniyatining ham na bosqichlaridan otishgan. Neolit davriga mansub qoya toshlariga ishlangan suratlar saqlanib qolgan. 4 – 6-asrlarga oad tasviriy sanat namunalari ham uchraidi naqshli xotira lavhalar, saganalarga oyilgan yozuvlar va boshqalar. Armaniston xaykaltaroshligi memorlik bilan birga rivojlandi. Axtamar qasri 10-asr bezaklari, Tate", Ani, Axtaldagi devoriy naqshlar bunga misol bola oladi. Miniatyura ham bir-muncha rivojlandi. 18-asrdan rassomlij ravnaq topdi. 19-asrning 20-yillarida Armaniston Rossiyaga qoshilishi tufayli rus sanatkorlarining tasiri kuchaydi. Rassom Akop Ovnatanyan 1806 – 81 millim rassomlikka asos soldi. 80-yillardan I. Ayvazovskiy, G. Bashinjagyan, Ye. Tatevosyan, V. Surenyans, A. Shamshinyan.V sanatining rivojiga hissa qoshdlar. 20-asrda istedodli rassom va haykaltaroshlar avlodi kamol topdi. M. Saryan, S. Agajanyan, Armaniston Kojoyan, Armaniston Urartu, S. Arakelyan, Ye. Kochar, T. Chubaryan kabi sanatkorlar yetishib chiqdi.



                                     

10. Musiqasi

Necha ming yillik ananalarga ega bolgan qadimgi ozeri musiqasi asosan bir ovozli bolsa ham, ammo kop ovozlilik elementlari uchrab turgan. Otmish musiqiy madaniyatining atoqli namoyandalari Komitas 6–7-asrlar" va Nerses Shnorali 12-asr diniy malhiyalar va sharakanlar yozishgan. 17-asr oxirlaridan ashug baxshilar sanati rivoj topdi 18-asrdagi mashhur baxshi – Sayat Nova. 19-asr 2-yarmida yangi kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1868 yildaT. Chuxajyan "Arshak II" nomln birinchi arman operasini yaratdi. Xal taronalarini yevropacha kompozitsii vositalari bilan birga qoshish orqali oziga xos milliy uslub shakllana bordi. Ozeri xalq cholgu asboblari: puf-lab chalinadigan, kamonli, chertma, urma asboblardir. Chem-chem yakka raqs, choror duet, ver-ver, kochari tuda raqslar keng tarqalgan. 19-asr boshlaridan yangi arman nota yozuvi Armaniston Limonjyan ixtirosi boshlandi. 19-asrning oxirgi choragidan xor qoshiklari rivojlandi, xalq taronalari, qoshiqlari qayta ishlandi. 20-asr boshlarida yangi musiqiy janrlar: simfoniya, balet, simfonik doston, kamer-cholgu musiqasi, ommaviy qushiq, spektakl va kinofilmlarga musiqa yozish rivojlandi. A. Xachaturyan, K. Zakaryan, V. Talyan, A. Ayvazyan va boshqalarlar turli janrlarda ijod qildilar. Yerevanda opera va balet teatri 1933, Musiqali komediya teatri 1942 barpo etildi. Armaniston filarmoniyasi tarkibida simfonik orkestr, torli kvartet, ashula va raqs dastasi, xor kapellasi, gusan ashula dastasi kabi ijodiy jamoalar bor. Davlat konservatoriyasi xamda Sanat institutining musiqa va xalq musiqa ijodiyoti bolimi malakali kadrlar tayyorlaydi. 1933 yilda Armaniston Kompozitorlar uyushmasiga asos solingan. Arman musiqasi Ozbekistonda keng yoyilgan. Ozbek davlat filarmoniyasining simfonik orkestri A. Babajanyanning "Qahramonlik balladasi" ni, E. Mirzoyanning simfoniyasini, A. Doluxanyan, A. Arutyunyan va boshqalarlarning asarlarini ijro etgan. Alisher Navoiy nomidagi Ozbek Davlat akademik katta opera va balet teatri Armaniston Xachaturyanning "Spartak" baletini sahnalashtirgan.

                                     

11. Teatri

Arman teatr sanati miloddan avvalgi 1-asrda vujudga kelgan miloddan avvalgi 69 yilda Tigranakertda teatr binosi qurilgan. Arman va yunon mualliflarining asarlari sahnalashtirilgan. 4 – 11-asrlarda folklorxor va qorishma janrlarda ishlovchi teatr mavjud bolgan. 12-asrda cherkov va maktab teatrlari paydo boldi. 14-asrdan qadimgi arman teatri sekin-asta yoqolib bordi. 18-asrda sayyor truppalar tashkil etildi. 17 – 18-asrlarda ozga yurtlardagi arman muhojirlari yangi arman teatrlarini yaratdilar. 19-asrda Armaniston teatr sanatida yuksalish davri boshlandi. Konstantinopol 1861, Tiflis 1863 va boshqalar shaharlarda dastlabki arman doimiy professional teatrlari vujudga keldi. Milliy dramaturglardan M. Peshiktashyan, S. Ekimyan, M. Patkanyan, G. Sundukyan ijodida realistik yonalish qaror topdi. 20-asr boshlarida Yerevan drama teatri 1921; 1937 yildan Sundukyan nomidagi, Gyumrida A. Mravyan nomidagi teatr 1928, Yerevan Yosh tomoshabinlar teatri 1929, Vanadzor teatri 1931, Nor-Bayazet teatri 1935 tashkil topdi.

                                     

12. Kinosi

Armanistonda dastlabki xronika kinolari 1907 yilda suratga olina boshlangan. 1923 yilda tashkil etilgan Armaniston "Davkino" si hozirgi A. Beknazarov nomidagi "Armenfilm" deb ataladi. Badiiy filmlar 1925 yildan chiqarila boshlagan. Ular orasida "Namus" 1925, "Xas-Push" 1928 va birinchi tovushli film "Pepo" 1935, barchasining rejissor A. Beknazarov, "Shaxsan malum" 1958 va "Favqulodda topshiriq" 1965, ikkala film rejissorlari – S. Kevorkov va E. Karamyan, "Salom, bu men!" 1966, rejissor F. Davlatyan, "Quyosh ostidagi joy" 1976, rejissor A. Babayan va boshqalar Mashhur arman aktyorlari – A. Jigarxanyan, G. Tonuns, M. Simonyan, M. Mkrtchyan. 1958 yilda Armaniston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan.

                                     

Razdan stadioni

Razdan Stadioni - Armaniston poytaxti Yerevanda joylashgan kop maqsadli stadion. Armanistonning eng yirik va ikki yarusli stadioni hisoblanadi. Stadion 1971-yilda qurib bitkazilgan. Sigimi 53.800 tomoshabinni sigdira oladi. "Razdan Stadioni" da "Ararat Yerevan" va "Uliss Yerevan" futbol klublari oz uy oyinlarini otkazishadi.

                                     

Vasiliy II Bolgaroboysa

Vasiliy II Bolgaroboysa - Vizantiya imperatori, makedonlar sulolasidan. Kichik Osiyoda Varda Sklir raqbarligidagi aslzodalar qozgolonlari va ni bostirgan. Fotimiylarga qarshi Suriyaga muvaffaqiyatli yurish qilgan ; Gruziya va Armaniston yerlarini bir qismini bosib olgan. Bolgariyani boysundirgan. Singlisi Annani Kiyev knyazi Vladimir 1 ga uzatgan.