ⓘ Enigma, musiqiy loyiha. Enigma - 1990-yilda, Mishel Kretu yaratgan, german pop guruhi. Mishel Kretu Enigma guruhining bastakori va prodyuseri, uning rafiqasi Sa ..

                                     

ⓘ Enigma (musiqiy loyiha)

Enigma - 1990-yilda, Mishel Kretu yaratgan, german pop guruhi. Mishel Kretu "Enigma" guruhining bastakori va prodyuseri, uning rafiqasi Sandra loyiha uchun tez-tez vokal partiyalarini ijro etadi. Loyiha doirasida 7 ta albom, 19 ta singl va bir nechta toplamlar chiqarilgan.

                                     

1. Tarixi

Akademik talim olgan Mishel Kretu, 1970-yillarning songidan boshlab musiqa dunyosida tanila boshladi: u yakkaxon albomlar yozar, session musiqachi sifatida Boney M, Arabesque guruhlarining albomlarini yozilish jarayonida ishtirok etar, prodyuser sifatida Michael Oldfield bilan ishlagan edi. Shuningdek sobiq rafiqasi Sandra albomlarining asosiy muallifi va prodyuseri sifatida ishladi.

Eski qoidalarni bir chetda qoldirib Mishel, 1990-yilda Enigma loyihasini yaratadi grekchadan - "jumboq", "sir", va dekabrda birinchi, MCMXC a.D. albomini, bunga qadar 25 millionga yaqin nusxa sotilgan va "Sadeness Part I" singlini chiqaradi. Gregorian xorallarining sintezi, Sandraning ajoyib ovozi, sempllarning mohirona ishlatilishi va esda qolarli klip tufayli loyiha tezda etibor markaziga aylandi, singl va albom esa chartlarning yuqori pogonalariga chiqib ketishdi. Kretu, loyihani mavhum bolishini, ijrochilarning kimligini tinglovchilar bilishini istamas edi. Jurnalistlar kopgina ijrochilarning ismlarini aytishib tahmin qilishar edi, lekin mualliflar Mishel Kretu va Frenk Petersonning kimligi, gregorian xorallarining sempl sifatida ishlatilishi tufayli sodir bolgan sud jarayonidagina malum boldi.

1993-yilda Kretu, Sliver filmninig prodyuserlaridan, filmga tola soundtrek yozish taklifini rad etadi. Buning orniga u, filmda ishlatilgan "Carly’s Song" va "Carly’s Loneliness" qoshiqlarini yozadi. 1993-yilning dekabrida - "The Cross of Changes" nomli yangi albom chiqadi. Bu albomda, oldindagisidek gregorian xorallari va nayning ovozi ishlatilmagani uchun, albom, muhlislarinig bir qismidan ajraganiga qaramay ajoyib natijalarga erishdi. U kopgina davlatlarda platina yoki oltin statusini oldi. Omad zaxirasiga "Return to Innocence" singli katta hissa qoshadi.

1996-yilda, "Le Roi Est Mort, Vive Le Roi!" fr. "Qirol oldi, Yashasin qirol!" albomi chiqdi. Kretuning goyasi shunday edi: uchinchi albom, oldingi ikki albomning muzikal davomchisi bolishi kerak edi. Albomdan 3 ta singl chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo ohirgisi "The Roundabout" 1998 yilda, nomalum sabablarga kora qoldirildi.

                                     

2.1. Loyiha qatnashchilari Musiqa

Mishel Kretu loyiha asoschisi. Musiqa yozadi va prodyuserlik bilan shugullanadi. Remikslarning asosiy qismini yaratadi va taklif etilgan vokalchilar uchun aranjirovkalar yozadi.

Frenk Peterson Frank Peterson - birinchi albom yozilishida yordam bergan Loyiha musiqasida gregorian xorallarni ishlatishni goyasi muallifi. Enigmadan ketganidan keyin ozining mashxur Gregorian loyihasini yaratadi.

Devid Feyrsteyn David Fairstein - birinchi ikkita albom yozilishida ishtirok etgan.

Piter Kornelius Peter Cornelius, avstriyalik honanda va bastakor. Ikkinchi va uchinchi albom uchun bir nechta gitara solosini yaratdi. Yens Gad Jens Gad, honanda, prodyuser, gitarist, Kretuga tehnik muammolarni yechishda yordam bergan. "The Cross of Changes" va kelasi albomlarda asosiy gitara partiyalarini ijro etdi, singllardagi aksariyat klub remikslarining muallifi. "A Posteriori" albomi ustida ishlash jarayonida loyihani tark etdi.

Oz intervyularida, Kretu, Yens Gadning prodyuserlik rolini rad etadi.

                                     

2.2. Loyiha qatnashchilari Vokal partiyalar

Mishel Kretu - asosiy vokal partiyalarni ijro etadi.

Sandra Kretu - loyihaning birinchi beshta albomida ovozi uchraydi.

Andreas Xarde) - "Return to Innocence" ni ijro etadi.

Rut-Enn Boyl Ruth-Ann Boyle - "Olive" guruhining yetakchi vokalchisi. "Gravity of Love" va tortinchi va beshinchi albomlarning bir qator ashulalarini ijro etadi.

Endryu Donalds Andru Donalds - Kretu prodyuserlik qilgan yamaykalik reggi-ijrochi. "Modern Crusaders" va tortinchidan yettinchi albomgacha bir nechta qoshiqlarni ijro etgan.

Luiza Stenli Louisa Stanley - "Virgin Records" uchun promoushn sohasida ishlaydi. Uning ovozi "The Voice of Enigma" va birinchi uchta albomning ashulalarida ishlatilgan.

Elizabet Xokton Elisabeth Houghton - "Virgin Records" fotosuratchisi. Stanley rolini tortinchi albomda ijro etadi.

Margarita Royg Margarita Roig - Seven Lives Many Faces albomidagi vokal ijrochisi, ispan folklori ijrochisi Ivisa oroli.



                                     

2.3. Loyiha qatnashchilari Qoshiq matnlari

  • Nikolas Marten - "Remember the Future DVD" uchun diktor ovoz egasi.
  • David Fairstein - Kretu bilan birinchi uchta albom matnlari ustida ishlagan.
  • Mishel Kretu - matnlarning asosiy qismini yozadi.
                                     

3. Tasir

Kretuning birinchi ikkita albomining shuhrati, Enigma uslubiga oxshash qilib musiqa yozadigan guruhlarning paydo bolishiga olib keldi. Era, Gregorian Enigmaning eks-qatnashchisi - Frenk Peterson boshchiligida va boshqa bir necha mashxur guruhlar o qoshiqlarida gregorian xorallarini ishlatishdi.

Muhlislar va tanqidchilar Enigma tasirini boshqa mahxur musiqachilarning ishlarida topishdi. Masalan, Delerium va uning "Semantic Spaces" albomi, Mayka Oldfildning "The Songs of Distant Earth" va "Tubular Bells III", albomlari, B-Tribesning "Fiesta Fatal!" albomi, hamda Sara Braytmanning "Eden" qoshigi.

Loyihaning bazi tanilgan ashulalari mashhur teleshou va filmlarda ishlatilgan, masalan: "Beyond the Invisible" va "Modern Crusaders" "La femme Nikita" teleserialida. "Return to Innocence" "The Outer Limits" serialining epizodida. "Return to Innocence" "Man of the House" filmining titrlarida. "Return to Innocence" va "Sadeness Part I" "Exit to Eden" filmida. "Return to Innocence" "My So-Called Life" teleserialining epizodida. "Return to Innocence" "Cold Case" teleserialining epizodida. "Sadeness Part I" "Boxing Helena" filmida. "Sadeness Part I" "Angeli Charli" filmida. "Sadeness Part I" "1492: Conquest of Paradise" filmining treulerida. "Sadeness Part I" "Tropic Thunder" filmida. "Principles of Lust" "Single White Female" filmida. "Carly’s Song", "Carly’s Loneliness" i "Principles of Lust" "Sliver" filmida.

"Return to Innocence" ashulasi ham kopchilik reklama roliklarida ishlatilgan, masalan, "Virgin Atlantic" aviakompaniyasining reklamasida. 2009-yilda "Seven Lives" Samsung LED TV reklamasida ishlatilgan.

                                     

4. Videografiya

DVD

2001: Remember The Future 2003: MCMXC a.D.: The Complete Video Album 2006: A Posteriori DVD Album 2008: Seven Lives Many Faces DVD Album

Rasmiy klip toplamlariga kirmagan videokliplar

1993: "Carly’s Song" 1994: "Out From The Deep" 2000: "Push The Limits ATB Mix" 2003: "Voyageur" 2004: "Boum-Boum" Angliyada chiqarilgan singlda bor. 2005: "Hello and Welcome" singlda bor.



                                     

5. Butleglar

Izoh: Ushbu albomlar, Enigma loyihasiga aloqador bolmagan, boshqa ijrochilar ashulalarining toplami yoki nusxalaridir.

  • Erotic Dreams - "Erotic Dreams" loyihasining "Temple of Love" albomi, Gollandiyada 1998-yilda chiqqan.
  • Metamorphosis - Enigmaning eng mashxur va keng tarqalgan butlegi, The Screen Behind The Mirror albomi kutilgan paytda chiqarilgan.
  • Dream On - Enigma kompozitsiyalariga remikslar bilan Endryu Donaldsning "Snowin Under My Skin" 1999 albomi ashulalari toplami.

Sleep - "Conjure One" "Delerium" asoschilaridan birining yangi loyihasi debyut albomi.

  • Enigma & D-Emotion Project - diskdagi ashulalarning yarmidan kopi "Mythos" loyihasiga tegishli.
  • Eligh - butleg honanda, Eligh ashulalaridan iborat.
                                     

6. Havolalar

  • Slushaem.com, sobiq "Mir Enigma" - ruscha fan-sayt. ingl.
  • EnigmaMusic.com - xalqaro rasmiy fan-sayt va forum. ingl.
  • Andru Donalds - Andru Donaldsning rasmiy sayti. ingl.
  • EnigmaSpace.com - songgi yangiliklar. ingl.