ⓘ Oort buluti yoki Öpik–Oort buluti Quyoshdan 50 000 AB masofada joylashgan gipotetik kometalar bulutidir. Jan Oort sharafiga shunday nomlangan. Oort buluti juda ..

                                     

ⓘ Oort buluti

Oort buluti yoki Öpik–Oort buluti Quyoshdan 50 000 AB masofada joylashgan gipotetik kometalar bulutidir. Jan Oort sharafiga shunday nomlangan. Oort buluti juda uzoqda: u Quyoshga eng yaqin yulduz - Proxima Centaurigacha masofaning chorak qismida yotishi mumkin. Transneptun jismlari yigilgan boshqa ikki soha - Kuiper kamari va tarqoq diskkacha masofa Oort bulutigacha masofadan ming marta kichik. Oort bulutining tashqi tomoni Quyosh tizimining kosmografik chegarasini va Quyoshning gravitatsiyaviy hududini belgilaydi.

Oort buluti ikki mintaqa: tashqi sferik Oort buluti va ichki disksimon Hills bulutidan iborat ekanligi taxmin etiladi. Oort bulutidagi jismlar asosan muzlagan uchuvchan moddalardan suv, ammiak va metan iborat.

Astronomlar Oort bulutini tashkil qiluvchi modda Quyosh tizimi shakllanayotgan paytda Quyosh yaqinida shakllangan va keyinchalik gaz gigantlar gravitatsiyasi tasirida fazoga tortilib ketgan, deb taxmin etishadi. Biroq NASA 2010-yili chiqargan maqolada bunday fikr uchraydi:

Oort buluti kamida qisman Quyosh va unga qardosh yulduzlar orasidagi moddalar ozaro almashinuvi mahsuli ekanligi haqida farazlar bor.