ⓘ Roza - islomdagi 5 ta rukn dan biri. R. tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, jinsiy yaqinl ..

                                     

ⓘ Roza

Roza - islomdagi 5 ta rukn dan biri. R. tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, jinsiy yaqinlik qilish, nomaqul ishlardan tiyilish zarur. Quronda Alloh Muhammad ga Quronni ramazon oyida vahiy qilib yuborgani, har yili shu oyda R. tutish farzligi qayd etilgan. Islomga kora, ramazon oyida R. tutish balogat yoshiga yetgan, soglom musulmonlarga farz qilingan. Homilador, emizikli ayollar, safarda yurganlar, ogir bemorlar, qiyin sharoitlarda ishlovchilar R. tutishdan ozod etilgan, uni imkoniyat tugilganda ado etishlariga ruxsat berilgan. R.ga toqati yetmaydigan keksalar, surunkali bemorlar R. orniga fidya sadaqasi berishi mumkin. Agar bunga qodir bolmasa, Allohga istigfor aytadi va duo qiladi. Har bir R.dor kishiga ramazon oyi davomida faqiru miskinlarga xayru ehson qilish, barcha yomon xulq va felu atvorlardan, sokinish, qargash kabi odatlardan saqlanib yurish shart hisoblanadi. R. hijraning 2yili farz kilingan, deb sanaladi. Musulmonlar Oy taqvimiga rioya etganlari uchun R. yilning turli vaqtlariga togri keladi. Shuningdek, boshqa vaqtlarda ham, chunonchi, rajab, shabon va muharram oylarida R. tutish maqul hisoblanadi. Ular turli xil muddat davom etadi. R. tutish odati qad. dinlar va xalqlarda ham turli shakllarda mavjud bolgan.

                                     

1. Roza haqida

Islom dinida farz bolgan ulug ibodatlarning uchinchisi nima? - Ramazon oyida har kuni roza tutish. - Roza tutish qay tariqa boladi? - Tongdan to quyosh botguncha ogzini yopishga niyat qilib, yeyish, ichish va jinsiy aloqa qilishdan saqlaniladi.