ⓘ Gdańsk. Gdansk - Polsha shimoliy qismining Boltiq dengizi sohilida joylashgan mamlakatning tortinchi eng katta shahridir. Boltiq dengizi boyida, Visla daryosi s ..

                                     

ⓘ Gdańsk

Gdansk - Polsha shimoliy qismining Boltiq dengizi sohilida joylashgan mamlakatning tortinchi eng katta shahridir. Boltiq dengizi boyida, Visla daryosi sohilidagi yirik port. Xalqaro aeroport bor. Sopot va Gdinya sh.lari bilan Truymyasto sh. aglomeratsiyasini tashkil etadi. Gdansk voyevodaligining mamuriy markazi. Aholisi 465 ming kishi.

Shahar ilk bor 997 yilda tilga olingan. 10 - 13-asrlarda Sharqiy Pomor knyazligining markazi. 1793 - 1918 yillarda Prussiya qol ostida, songra Germaniya hukmronligida boldi. 1919 yilda "Erkin shahar" deb elon qilindi. 1939 yilda nemis-fashist qoshinlari tomonidan bosib olingan. 1945 yilda shaharni ozod qilishda ozbek generali Sobir Rahimov qatnashgan.

Gdansk portida yillik yuk ortib-tushirish qariyb 20 mln. t. Gdansk orqali chetga kumir, yogoch-taxta va boshqa chiqariladi; chetdan ruda, fosfatlar va boshqa keltiriladi. Sanoatida mashinasozlik, ayniqsa kemasozlik, elektrotexnika yetakchi urinda. Kime lak, boeq, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, tikuvchilik sanoati ham rivojlangan. Gdansk - muhim madaniyat markazi. Universitet, politexnika, ped., med., dengizchilik intlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar, opera va drama teatrlari bor. Memoriy yodgorliklaridan ratusha 14 - 15-asrlar, Bibi Maryam kostyoli 14 - 16-asrlar, Katta arsenal 17-asr boshlari va boshqa saqlangan. Shahar Ikkinchi jahon urushi vaqtida katta zarar kordi. Urushdan keyin qayta qurilib, yangi turar joy va jamoat binolari bunyod etildi.